Mashina traktor agregatlarini diagnostikalash va texnik servisi


-rasm. O„lchov asboblar paneli



Download 5,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/89
Sana06.07.2022
Hajmi5,25 Mb.
#748879
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   89
Bog'liq
B4vDXR1C7pcfpjfjpB4031eaVnEK19yfGv3mI1x7

31-rasm. O„lchov asboblar paneli 
Zamonaviy transport vositasida ichiga o‗rnatilgan diagnostiaalash tizimining 
markazi - bort kompyuteri (elektron boshqaruv bloki) hisoblanadi. U diagnostik 
axborotni dasturlar bo‗yicha taqsimlaydi, ular esa, o‗z navbatida, nosozlik tavsiflari 
va turlarini aniqlaydi, detal va agregatlar resurslari sarfini hisoblaydi, keyinroq 
texnik diagnostiaalash tashqi vositalari tomonidan foydalanish uchun saqlaydi va 
texnik ta‘sirlarni rejalashtirish uchun ishlov beradi. 
Detal va uzellar resursini hisoblash transport vositasini buzilishlarsiz 
ekspluatatsiya qilish imkonini beradi. Yetilib kelayotgan buzilishlar oldindan 
aniqlansa, ekspluatatsiyani to‗xtatish, u yoki bu texnik ta‘sirlarni o‗tkazish 
to‗g‗risida qaror qabul qilish imkoni yaratiladi. 


108
Ichiga o‗rnatilgan vositalar bilan diagnostikalash insonni nafaqat diagnoz olish 
jarayonidan, balki undan keyin foydalanish uchun tavsiyanomalar ishlab chiqishdan 
ham ozod etishi mumkin, chunki mikroprotsessor texnikasi vositalari yordamida 
diagnostiaalash natijalariga ishlov berish, mazkur transport vositasining keyingi 
ekspluatatsiyasi bo‗yicha tavsiyanoma ishlab chiqish va profilaktia texnik xizmat 
o‗tkazishning ma‘qul muddatlarini aniqlash imkoni bor. 
Zamonaviy kommunikatsiya aloqalari vositalari holati nafaqat haydovchiga, 
balki transport korxona menejeriga ham xizmat ko‗rsatish yoki ta‘mirlashni 
rejalashtirish va tashkil etish bo‗yicha real vaqt tartibotida qaror qabul qilish uchun 
transport vositasi texnik holati to‗g‗risida axborot uzatish imkonini beradi. 
Doimiy o‗rnatilgan diagnostika vositalariga moslashganliani ta‘minlash 
bo‗yicha transport vositalariga ma‘lum talablar qo‗yiladi. Transport vositasi 
konstruktsiyasiga o‗rnatilgan diagnostiaa vositalari uning korxonaga kelmasdan 
avval texnik holati to‗g‗risidagi axborotni yig‗ish imkonini beradi, ya‘ni transport 
vositalarini soz, texnik xizmat ko‗rsatish va joriy ta‘mirlash talab qiluvchi guruhlarga 
bo‗linishini ta‘minlaydi. Transport vositasining nazoratga qulay bo‗lishini ta‘minlash 
maqsadida uning agregat va mexanizmlariga quyidagilar o‗rnatiladi: 
1)
datchiklar; 
2)
axborotni markazlashtirgan holda olish moslamalari; 
3)
nosozlik indiaatorlari; 
4)
kompyuter (texnik holat to‗g‗risidagi axborotga ishlov berish uchun). 
Konstruktiyaga o‗rnatilgan murakkab diagnostika vositalari haydovchiga 
tormoz tizimining holati, yonilg‗i sarfi, ishlatilgan gazlarning zaharliligi ustidan 
doimiy nazorat qilish imkonini beradi. 
B. Doimiy o‗rnatilgan TDV yordamida haydovchi tormoz tizimi, uzatma va 
mexanizm elementlarining ishlashi, yonilg‗i sarfi, zaharli chiqindi gazlar miqdorini 
nazorat 
qilib 
borishi 
mumkin. 
Lekin 
bu 
qurilmalarning 
ishonchliligi 
chegaralanganligi sababli, ko‗proq 
transport vositasiga vaqti-vaqti bilan 
o‘rnatiladigan
TDV hozirgi vaqtda keng qo‗llanilmoqda. 
Bu moslamalar blok shaklida elektron elementlar bazasi asosida quriladi. Ular 


109
transport vositasiga vaqti-vaqti bilan ishga chiqish oldidan qo‗yilib, ishdan qaytib 
kelganda yechiladi, olingan axborotga ishlov berishda EHM samarali ishlatiladi. 
Doimiy 
o‗rnatilgan 
diagnostiklash 
vositasining 
vaqti-vaqti 
bilan 
o‗rnatiladiganidan farqi shuki, unda axborotga ishlov berish, saqlash va uzatish 
ishlarini 
bajarishda 
transport 
vositasi 
konstruksiyasidagi 
axborot 
uzatish 
elementlaridan foydalaniladi. O‗rnatiladigan texnik diagnostika vositasi blok shaklida 
tayyorlangan bo‗lib, transport vositasiga ishga chiqish oldidan qo‗yiladi va ishdan 
qaytgandan keyin yechiladi. Blokda kun davomida yig‗ilgan axborotga ishlov 
beriladi va tahlil qilinadi. Masalan, transport vositasiga o‗rnatiladigan texnik 
diagnostika vositasi marshrut davomida quyilgan yonilg‗ining hajmi va miqdori 
haqidagi axborotni esda saqlash qobiliyatiga ega. 
"Axborot-maslahat beruvchi tizim".
Oxirgi vaqtda o‗rnatiladigan texnik 
diagnostika-nazorat vositasining konstruktiv bazasi asosida - ―axborot-maslahat 
beruvchi tizim‖ keng tarqalmoqda. U haydovchiga eng tejamkor harakat rejimini, eng 
qulay marshrutni va servis xizmatini tanlashga imkon yaratadi hamda yuqorida 
keltirilgan har xil texnik-iqtisodiy omillarning optimal o‗zgarishini ta‘minlaydi. 
Texnik xizmat ko‗rsatish stansiyasining joylashishidan va ulardan kerakli ehtiyot 
qismlar olishdan tortib, to valuta kursining o‗zgarishi va har xil yonilg‗i quyish 
shoxobchalaridagi yonilg‗ining narxi bo‗yicha ma‘lumot olish imkonini beradi. 
Bunda ko‗p ma‘lumotlar 
elektron pochta
va 
internet
orqali olinadi. 
Texnik diagnostikalash vositalariga quyidagi talablar qo‗yiladi: 
-
ularning universal bo‗lishi, har turdagi transport vositasiga qo‗llash 
mumkinligi; 
-
ayrim nazorat jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish 
mumkinligi; 
-
olingan axborotlarning ishonchliligi va barqarorligi, diagnostik asboblarning 
aniqliligi, sezuvchanligi, soddaligi va o‗rta malakali ishchi kuchidan foydalanish 
mumkinligi; 
-
texnik diagnostikalash ishini olib borishning qulayligi va xavfsizligi; 
-
transport vositasi ishlayotganda, ishlamay turganda yoki ishlash rejimi 


110
o‗zgarganda agregatlar texnik holatini diagnostikalashni ta‘minlashi. 

Download 5,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish