Agrokimyo va tuproqshunoslik



Download 6,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/277
Sana06.07.2022
Hajmi6,14 Mb.
#747173
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   277
Bog'liq
Мажмуа Тупроқшунослик ва геология 2021. А.Хфйриддинов (1)

Alyuminiy.
Dala shpati, loy minerallari, slyuda, epidot, granat, korund 
tarkibida uchraydi. Diaspor, bemit, gidrargillit birikmalari sifatida tuproqda 
to‘planadi. Yalpi alyuminiy tuproqda 15-20 % bo‘lishi mumkin, tropik tuproqlarida 
esa 40 % va undan ham oshishi mumkin. 
Temir.
Tuproqda birlamchi va ikkilamchi minerallar, magnetit, gematit, 
glaukonit, rogovaya obmanka, piroksen, biotit, xlorit, loyli minerallar tarkibiga 
kiradi. Temir oksidlari tuproqda kristall va amorf holatda (getit, gidrogetit) sifatida 
ham uchraydi. Temir elementi (Fe2O3) kvarsga boy qumli tuproqlarda 0,5-1,0 %, 
lyoss yotqiziqlardagi tuproqlarda 8-10 %, ferrallit va laterit, ferromagnezial tropik va 
subtropik tuproqlarda 20-50 % tashkil qilishi mumkin. Tuproq tarkibida temir 
S.V.Zonn bo‘yicha ikki xil silikatli va nosilikat holatida bo‘ladi. Silikatli temir 
birlamchi va ikkilamchi minerallar kristallik panjarasida bevosita ishtirok etadi. 
Nosilikatli temir yoki erkin holatdagisi, ya’ni a) kristallik holatdagi oksidlar va 
gidrooksidlar, b) amorf temir yoki gumus-temir birikmalar va harakatchan 
almashinuvchi yoki suvda eriydigan temir birikmalari. 
Kalsiy.
Tuproq tarkibida kalsiy karbonatlar sifatida, tog‘ jinslarining kimyoviy 
yemirilishidan hosil bo‘lib, ularning miqdori 1-3 %, cho‘l va sahro tuproqlarida esa 
10-15 % bo‘lishi mumkin. Tuproqning yuza qismida biogen jarayonlar natijasida 
to‘planadi. U tuproqning singdirish sig‘imida almashinuvchi kation, kalsit, gips, 
plagioklaz minerallari sifatida uchraydi. 
Magniy.
Tuproq tarkibida magniy deyarlik kadmiy elementi bilan barovar 
miqdorda bo‘lib, u smektit, vermikulit, xlorit, dolomit, olivin, piroksen minerallari va 
sho‘rlangan yerlarda xlorid va sulfat birikmalari sifatida uchraydi. Magniy tuproqning 
singdirish sig‘imida kalsiydan keyingi o‘rinni egallaydi. Tuproq tarkibida magniy 
tuzlarining ko‘payishi sho‘rtoblanish jarayon bilan bog‘liqdir. 
Kaliy.
Umumiy K
2
O miqdori tuproqda 2-3 % tashkil qiladi. Kaliy loyli mineral 
gidroslyudalarda (illitlar) va yirik zarrachalar tarkibidagi biotit, muskovit va kaliyli 
dala shpatlarda uchraydi. Kaliy o‘simlik tanasi va boshqa organlarning shakllanishida 
ishtirok etadi.
Kaliy fotosintez jarayonida vitaminlar sintezida, fermentlar faolligini 
oshirishda qatnashadi. Tuproq tarkibida kaliy yalpi, harakatchan, almashinuvchi va 
almashmaydigan, suvda eriydigan holatda bo‘lishi mumkin. 
Натрий
. Tuproq tarkibida Na
2
O 2-3 % tashkil qilib, natriyli dala shpatlari 
tarkibiga kiradi, yirik zarrachalarda 5-6 %, loy zarrachalarida esa 0,5-1,0 % gacha 
tushib ketadi. Natriy sahro va cho‘l tuproqlarining singdirish sig‘imida xloridlar va 
sulfat birikmalari sifatida sho‘rxok va sho‘rtob tuproqlarida to‘planib sho‘rlantiradi. 
Uglerod
tuproqning gumusida, organik moddalar va karbonatlar tarkibini 
tashkil qiladi. Uglerod tuproq tarkibida 2 %, qora tuproqlarda 10 %, torfli tuproqlarda 


130 
bundan ham ko‘p bo‘ladi. Uglerod muhim biogen element bo‘lib, yerdagi hayotning 
asosini tashkil etadi. O‘simlik quruq, qismining 45 % ini uglerod tashkil etib, 
atmosfera va tuproq havosidan, barglar va ildiz orqali SO2 sifatida olib uglevodlar, 
uglevodorodlar, organik kislotalar (yog‘lar, efirlar, spirtlar), aminokislotalar, gumus 
kislotalar tarkibida ishtirok etadi. Tuproq tarkibida gumusning kamayib ketishi bilan 
uglerod ham ozayib ketadi. Shuning uchun tuproq tarkibida uglerodni кўпайтириш 
учун ерга органик ўғитлар солиш ва алмашлаб экишни жорий этиш лозимдир. 
Azot
. Tuproq tarkibida azot gumusda, ammoniyli – (NH
4
+
) va nitrat (NO
3
-

tuzlarida, oksidlardagi organik azot va ularning parchalanishidagi mahsulotlarida 
aminokislotalar, pentidlar, amidlar va aminlar holida bo‘ladi. Tuproqdagi azotning 
asosiy qismi organik moddalar tarkibida saqlanishida, uning miqdori gumus (gumus) 
zahirasi bilan bog‘liqdir. Tuproqda azot gumusning 1/40 va 1/20 qismini tashkil 
qiladi. Azot atmosferadan mikroorganizmlar yorda-mida tuproqda to‘planishi 
mumkin. Azot tuproqda 0,1-0,4 % gacha miqdorda bo‘ladi. O‘simlik talabiga binoan 
tuproqqa ma’lum darajada mineral o‘g‘it solinadi. Masalan, bir gektar yerdan 30 s/ga 
g‘o‘za hosilini olish uchun 250-300 kg/ga azot o‘g‘itlar tuproqqa solish tavsiya 
etiladi. Azot o‘simliklar rivojlanishida oqsil, xlorofil, nuklein va fosfotidlar organik 
moddalar tarkibiga kiradi. Ammoniy va nitrat ionlari sifatida tuproq eritmasidan 
o‘simlik ildizlari orqali sintez qilinadi. 
Fosfor
. Tuproqda fosfor juda kam bo‘lib, R2O5 yalpi miqdori 0,1-0,2 % dan 
oshmaydi. O‘simlik tarkibida fosfor 1 % dan oshmaydi. Tuproqda fosfor organik va 
mineral holatda bo‘ladi. Organik fosfor fitin, nuklein kislotasi, nukleproteidlar, 
fosfatidlar va fosfatlar shaklida bo‘ladi. Gumus tarkibida organik fosfor barcha 
tuproq fosforining 14-44 % ni tashkil etadi. 
Mineral fosfor ortofosfat kislotasining Ca, Mg, Fe va Al tuzlaridan iborat. 
Tuproqdagi mineral fosfor apatit, fosforit, vivianit minerallari tarkibiga kiradi. Yer 
po‘stlog‘i tarkibida fosfor magmatik tog‘ jinsi apatitda saqlangan bo‘ladi. Fosfor 
muhim biologik element sifatida protoplazma, fermentlar va vitaminlar tarkibiga 
kiradi. O‘simlik tomonidan tuproqdan fosforning singdirilishi muhit (рН) bilan 
bog‘liq. Tuproq eritmasida erish darajasiga muvofiq fosfatlar gidrooksil apatit 
(Са
10
(ОН)
2
(РО
4
)
6
eng barqaror va kam eriydigan shakli hisoblanadi. So‘ngra erish 
darajasiga ko‘ra uch kalsiyli fosfat (Са
4
(РО
4
)
2
, ortokalsiy fosfaт (Са
8
Н
2
(РО
4
)
6
·5 
Н
2
О), monetit (СаНРО
4
), brushit (СаНРО
4
·5 Н
2
О) turadi. 

Download 6,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish