Agrokimyo va tuproqshunoslik



Download 6,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/277
Sana06.07.2022
Hajmi6,14 Mb.
#747173
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   277
Bog'liq
Мажмуа Тупроқшунослик ва геология 2021. А.Хфйриддинов (1)

Hasharotlar.
Qir chumoli, tukli ari va ularning lichinkalari ham tuproq paydo 
bo‘lishiga ta’sir etadi, tuproqni organik va mineral moddalar bilan boyitish manbai 
hisoblanadi. Chumolilar o‘zi yashab turgan butun tuproq qatlamini 8-10 yil davomida 
aralashtirib, joydan-joyga ko‘chirishga qodir. Natijada tuproqni yumshatib, fizik va 
suv xossalarini yaxshilash bilan birga, uning kimyoviy tarkibiga ham ta’sir etadi.
Umurtqali hayvonlar
.
Tuproqda yashovchi kaltakesak, ilon, suђur va ko‘rsichqon 
kabi umurtqali hayvonlar ham o‘simlik qoldiqlarini qayta ishlash, ularni organik 
moddalar bilan aralashtirish va yumshatish kabi ishlarni amalga oshiradi. 


124 
Demak, turli hayvonot olamining tuproq hayotidagi roli turli-tuman, chuqur va 
doimiydir. Biologik omillar tuproq paydo bo‘lishining asosini tashkil etadi.
Talabaning bilimini sinash uchun savollar 
1. Tuproqshunoslik nuqtai nazaridan o‘simliklar formatsiyasi deb nimaga aytiladi va 
ularning gruppalarini tavsiflang? 
2. Tuproq paydo qiluvchi omil sifatida o‘simliklar qanday ko‘rsatkichlari bilan 
xarakterlanadi? 
3. Tuproq hosil bo‘lishi va tuproq unumdorligining shakllanishida 
mikroorganizmlarning asosiy funksiyalarini ta’riflang? 
4. Nima uchun biologik omil – tabiiy tuproq paydo qiluvchi jarayonning 
rivojlanishida yetakchi hisoblanadi? 
5. Tuproq paydo bo‘lishida ishtirok etadigan jonivorlarning asosiy gruppalarini sanab 
o‘ting va uning rivojlanishidagi ularning roli nimadan iborat? 
14-MAVZU. TUPROQ ORGANGIK QISMINING KELIB CHIQISHI, 
TARKIBI, XOSSALARI, AHAMIYATI. 
REJA 
1.Тuproq organgik qismi. 
2.Тuproq organgik qismi tarkibi. 
3.Тuproq organgik qismi xossalari, ahamiyati. 
1.Tuproqdagi organik moddalar tirik organizmlar, mikroorganizmlar, o‘simlik 
qoldiqlarining chirishidan hosil bo‘lgan spetsifik moddalar yig‘indisidan iboratdir. 
Tuproqdagi organik moddalar, o‘simlik va hayvonot qoldiqlarining chirishidan 
hosil bo‘ladi. Birinchi o‘rinda o‘simlik mahsulotlari, ildizlar va qolgan qismini esa tirik 
jonivorlar qoldiqlari massasi tashkil etadi. Hayvon va mikroorganizmlar qoldiqlari 
tuproqni oqsil va uning tarkibidagi azot bilan boyitadi. O‘simlik fitomassaning miqdori 
tundra mintaqasida 150 dan 2500 g/m2, o‘simlik ildizlari esa undan 3-4 marta ko‘p. 
Mikroorganizmlar biomassasi 10-15 g/m2, umurtqasiz hayvonlar qoldig‘i 1-3, yer usti 
umurtqali hayvonlar qoldig‘i esa 0,01 g/m2 ni tashkil qiladi. 
O‘rmon mintaqalarida fitomassa 25-40 ming g/m2, ildizlar esa yer usti 
fitomassasadan 3-5 marta kamroq bo‘ladi. 
Cho‘l mintaqalarida esa o‘t o‘simliklar fitomassasi 1200 dan 25000 g/m2, ildizlar 
miqdori esa yer yuzasidagi fitomassadan 3-6 marta ko‘proq. Cho‘l mintaqasida
mikrooorgnizmlardan sporali bakteriyalar, aktinomitsetlar miqdori oshib, zambrug‘lar 
ham ko‘payadi. Bulardan tashqari, bu mintaqa tuproqlarida chuvalchanglar 12-16 g/m2 
ni tashkil qiladi. 
Sahro mintaqalarida esa fitomassa keskin kamayib, yer yuzi massasi bilan va 
ildizlar o‘rtasidagi nisbat 1:8 va 1:9 doirasida o‘zgaradi. Demak, turli mintaqalardagi 


125 
fitomassaning miqdori tuproq tarkibidagi oqsil, uglevod, lipid va aromatik moddalar 
miqdorini belgilaydi. 
Tuproq tarkibida gumusning hosil bo‘lishi to‘g‘risida birqancha nazariy va amaliy 
tushunchalar mavjud. Rus olimi M.V.Lomonosov ...”vaqt o‘tishi bilan hayvon va 
o‘simliklar qoldig‘i chirish natijasida gumus hosil bo‘ladi” deb yozib ketgan. 
I.G.Valerius gumus g‘ovak, qoramtir rangda bo‘lib, sernamlanganda ko‘pincha 
bulutsimon holga, quriganda changsimon holatga o‘tadi. Xullasi gumusning kelib 
chiqishi o‘simlik qoldiqlarining chirishidan, ya’ni parchalanishidan kelib chiqqan deb 
tushuntiradi. 
Keyinchalik PAKostichev, S.P.Kravkov, A.G.Trusov tuproq organik qismini turli 
jonivorlar va mikroorganizimlar yashash sharoitining maxsuli sifatida tushuntiradi. 
L.S.Mayard laboratoriya sharoitida aminokislotalar va uglevodlar aralashmasidagi 
gumusga o‘xshash qoramtir moddalar ajratib oldi. 
V.R.Vilyams gumus hosil bo‘lishini oliy organizmdagi organik moddalar sintezi, 
ular nobud bo‘lgach, mikroorganizmlar tomonidan parchalanishdagi galma-gal sodir 
bo‘ladigan jarayonlar mahsulidir degan xulosaga keladi. Uning ta’biricha daraxtzor 
o‘simliklar va ular bilan bog‘liq bo‘lgan zamburug‘lar, aktinomitsetlar va anaerob 
bakteriyalar ta’sirida suvda eriydigan kren kislotasi (fulvokislotalar) sintezlanadi. 
O‘tsimon o‘simliklar va ular bog‘liq holda yashaydigan aerob va anaerob 
mikroorganizmlar ta’sirida gumin kislotasi (qo‘ng‘ir guminlar), dasht o‘tsimon 
o‘simliklari farmatsiyasi aerob mikroor-ganizmlari ishtirokida gumin kislotasini hosil 
qiladi. 
2.Tuproq tarkibida gumus moddalarining hosil bo‘lishi ximizmida uch xil 
yo‘nalish mavjud. 

Download 6,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish