Al, Ba, Ca, H, Mg, Pb, Cs, K, NH
4
, Na, Li.
Tuproqdagi barqaror va ohirigacha kolloidlar koagulyatsiyasi uch valentli
alyuminiy kationlar bo‘lgandagina amalga oshirilishi aniqlangan. Bariy bilan kaliy
kationlari ham kuchli koagulyator hisoblanadi. Natriy, kaliy va litiy kolloidlarni tezlik
bilan dispergatsiya va peptizatsiya bo‘lishi jarayonini jadallashtirish imkoniyatiga ega.
Almashinuvchi ammoniy, temir, marganets oksidlari manfiy zaryadlangan gumus va
kremniy kolloidlari birikib to‘liq koagulyatsiya jarayoni amalga oshiriladi. Organik-
mineral kolloidlar ancha turg‘un bo‘lib, koagel alyumosilikatlar hosil qiladi.
Kolloidlarning tuproq hosil qilish jarayonida roli katta ahamiyatga ega bo‘lib,
ularni peptizatsiya bo‘lishi, ishqoriy kationlar bilan to‘yinishi va yuqori dispers holatga
aylanishi tuproqda suv o‘tkazmaydigan qatlam, sernamlikda qovushqoq, quriganda
qatqaloqlarni hosil qiladi. Kolloidlarning tabiati va holatiga binoan tuproq donadorligi
hamda unumdorligi o‘zgaradi. Tuproqdagi kaliy, kalsiy, fosfor o‘simlik ildizlariga
kolloidlar orqali o‘tadi. Kolloidlar suv harakatini va tuproqning issiqlik rejimini belgilab
beradi.
3.Tuproq suyuq, gaz, qattiq va biologik fazadan iborat
bo‘lib, ular turli
o‘lchamdagi mineral va organik zarrachalardan tashkil topgan. Tuproq suyuq, gaz va
qattiq holatdagi moddalarni yutish (adsorbsiya) xususiyatiga ega. Tuproq qolloidlari
tomonidan gaz va suyuq holatdagi moddalarni o‘z yo’zasiga turg‘un yoki almashinuvchi
holatda yutishiga uning
singdirish qobiliyati
deyiladi. Tuproqning singdirish qobiliyatini
K.K.Gedroys, G. Vigner, S. Mattson, YE.N.Gapon, B.P.Nikolskiy, N.P.Remezov,
I.N.Antipov-Karatayev, A.N.Sokolovskiy, A.F.Tyulin, S.N.Alyoshin, N.I.Gorbunov,
D.D.Gleriya, F.Kelli kabi olimlar tomonidan har tomonlama chuqur o‘rganilgan.
K.K.Gedroys ta’limotiga binoan, tuproqning singdirish qobiliyati deganda tuproq
tomonidan moddalarni erigan holatda yoki organik va mineral zarrachalar holida,
kolloidlar, mikroorganizmlar va yirik suspenziyalarni ushlab turishi imkoniyati nazarda
tutiladi.
139
Tuproqning singdirish (yutilish) qobiliyatini 5 guruhga bo‘lib o‘rganiladi:
mexanik, fizik, fizik-kimyoviy yoki almashinuvchi kimyoviy, kimyoviy va biologik
qismlar. Tuproq tarkibiy qismining singdirish yoki yutish jarayonida ishtirok etishini
uning
singdirish
kompleksi
(majmuasi)
deyiladi
va
qisqacha
TSK
deb
ifodalanadi.Tuproq singdirish kompleksining asosiy qismini tuproq kolloidlari tashkil
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |