jismlar sinfiga, bu sinfdagilaming istalgan jismiga tegishli bo’lgan tushunchaga
aytiladi. Masalan, samolyot, davlat, korxona, institut va h.k.
Tushunchalarning tasavvurdan farq qiluvchi o ’ziga xos xususiyatlariga,
tasavvurlaming doiraiy obrazga ega ekanligi, tushuncha esa - bu so’zda o’z
ifodasini topgan fikr
ekanligidan iboratligi kiradi; tasavvur ahamiyatli va
ahamiyatga ega bo’lmagan belgilami o’z ichiga oladi, tushunchalarda esa
faqatgina ahamiyatli belgilar saqlanib qoladi. Tushuncha tasavvurdan ko’ra
ko’proq umumlashtirilgan aks ettirish hisoblanadi.
Hukm -
jismlar va hodisalar o’rtasidagi aloqani
aks ettiruvchi tafakkur
shakli; biror narsani tasdiqlash yoki inkor etish. Tasdiqlovchi hukmga misol
sifatida: «Psixika miyaning vazifasi», «Barcha metallar elektr tokini o’tkazadi»,
inkor etishga - «Suvda hech qanday yog’ erimaydi» kabi hukmlami keltirish
mumkin.
Biz tasdiqlayotgan yoki inkor etayotgan hukmning ma’lum sinfhing
jislaridan
birortasi, ba’zilari yoki har qaysi jismga taalluqli bo’lishiga bog’liq
ravishda hukmlar ayrim, xususiy yoki umumiy bo’lishi mumkin.
Ayrim hukm
:
«Bu odam hech qachon aldov yo’liga kirmaydi».
Xususiy hukm:
«Ba’zi
metallar suvdan og’irroq».
Umumiy hukm:
«Suyuqlikdagi har bir jismga u siqib
chiqargan suyuqlikka teng bo’lgan bosim ta’sir ko’rsatadi».
Hukmlaming ob’ektiv voqelikni aks ettirishiga ko’ra ular chin va soxta
bo’lishi mumkin.
Chin hukm
jismlar va ulaming xossalari o’rtasidagi voqelikda
mavjud bo’lgan aloqalami ifodalaydi. «Massa - inertlik o’lchovi» chin hukmdir.
Xato hukm
ob’ektiv hodisalar o ’rtasidagi voqelikda mavjud bo’lmagan aloqani
ifodalaydi, masalan: «Barcha odamlar uchun o’lim muqarrar emas».
Bir yoki bir necha hukmlardan yangi hukm
yuzaga keladigan tafakkur
shakli
xulosa
deb ataladi. Boshqa hukmlar keltirib chiqariladigan boshlang’ich
hukmlar
xulosa daUUari
deb ataladi. Masalan, barcha slanetslaming
yonuvchanligi ma’lum, va ushbu modda slanets bo’lsa, u holda «ushbu
moddaning yonuvchanligi» haqida xulosa yasash mumkin.
Xulosa chiqarishning sodda va tipik shakli
sillogizm
hisoblanadi. Masalan:
«Barcha metallar - elektr o’tkazuvchi. Qalay - metall bo’lgani uchun, qalay -
elektr tokini o’tkazadi».
Inson asosan
xulosalaming ikki turi -
induktsiya va deduktsiyadan
foydalanadi.
Induktsiya -
bu xususiy xulosalardan umumiy xulosalami keltirib
chiqarish, ayrim dalillar va hodisalami o’rganish asosida umumiy qoidalar va
qonunlar o’matish usuli.
Deduktsiya
- bu umumiy mulohazalardan xususiy mulohazalar keltirib
chiqarish, umumiy qonunlar va qoidalar asosida ayrim
dalillar va hodisalami
bilish.
259
13.3. Fikrlash operatsiyalari
Fikrlash jarayonida inson atrof-olamni
Fikrlash qonuniyatlari
o’ziga xos aqliy opertsiyalar vositasida
o’rganadi. Asosiy fikrlash operatsiyalariga
analiz va sintez,
taqqoslash, abstraktsiya va umumlashtirish, aniqlashtirish,
tasniflash va tizimlashtirish kiradi.
Analiz -
bu yaxlitlikni fikran qismlarga yoki yaxlitlikni tomonlar,
harakatlar, munosabatlarga ajratish.
Stolni, masalan, qopqog’i, tirgaklari,
g’aladonlari va boshqalarga bo’lish mumkin. Fikrlash jarayoni
bevosita nutqiy
faoliyatga kiritilganida analiz
Do'stlaringiz bilan baham: