yuzlab
noto’g’ri
yechimlar
orasida
yashiringan
bo’ladi,
chunki
takomillashtirilayotgan ob’ekt jiddiy
o’zgartirilishi
zarur.
Bu
daraja
masalalarning yechish usullarini o’xshash soha bilimlarida izlashga to’g’ri
keladi.
To’rtinchi daraja masalalarim
yechishda takomillashtirilayotgan ob’ekt
to’laligicha o’zgartiriladi. Odatda, bunday masalalarning
yechimi fan sohasining
kam uchraydigan ta’sir va hodisalar orasidan izlanadi.
Beshinchi daraja
masalalarim
hal etishga takomillashtirilayotgan ob’ekt tuzilishini o’zgartirish
bilan erishiladi. Bunda tadqiqotlar va xatoliklar soni ko’p karra oshadi, vositalar
esa hozirgi zamon fani imkoniyatlari doirasidan tashqarida bo’lishi mumkin.
SHuning uchun, awalo, kashfiyotni amalga oshirib, so’ngra yangi ilmiy
ma’lumotlarga tayangan holda ijodiy masalaning yechimini topish zarur.
Altshuller fikriga ko’ra, ijodiy masalalami hal etishning muhim usullaridan
biri ulami yuqori darajalardairquyilariga ko’chirishdir.
Shunday qilib, yuzaga kelgan obrazlaming tuyulayotgan yengilligi,
ixtiyoriyligiga qaramasdan, xayolda voqelikni ijodiy o’zgartirish o’z
qonunlariga bo’ysunadi va ma’lum usullar bilan amalga oshiriladi. Yangi
tasavvurlar ongda mavjud bo’lganlar asosida
tahlil va umumlashtirish
operatsiyalari
yordamida yuzaga keladi.
Oqibatda, xayol jarayonlari
boshlang’ich tasavvurlarning fikran tarkibiy qismlarga ajratish va ulami yangi
uyg’unlikda birlashishidan iborat bo’ladi. Bundan kelib chiqadiki, ijodiy jarayon
xayol oddiy obrazlarining shakllanishida ishtirok etadigan xuddi o’sha
mexanizmlarga tayanadi.
12.4. Xayolning individual
Xayolning
individual
xususiyatlari
xususiyatlari va rivojlanishi
odam xayolining rivojlanish darajasi va
ko’proq foydalanadigan obrazlar tipiga ko’ra
tafovutlanishida ifodalanadi.
Xayolning rivojlanganlik darajasi o’tmishdagi tajriba ma’lumotlarining
obrazlar yorqinligi va chuqurligi bilan qayta ishlash,
shuningdek, bu qayta
ishlash natijalarining yangiligi va anglanganligi bilan xarakterlanadi. Xayolning
kuchli va to’laqonliligi xayol mahsulotining haqiqatga to’g’ri kelmaydigan va
mo”jizaviy obrazlar, masalan, sehrli ertaklar mualliflarida oson baholanadi.
Xayol rivojlanganligining zaifligi tasavvurlami quyi darajada qayta ishlanishi
bilan ifodalanadi. Xayol rivojlanishining zaifligi ma’lum vaziyatni ko’rgazmali
tasavvur etish malakasini talab etuvchi mantiqiy
masalalami yechishda
qiyinchiliklarga sabab bo’ladi. Xayolning yetarli darajada rivojlanmaganligida
emotsional jihatdan boy va har tomonlama hayot kechirish mumkin emas.
Odamiar xayol obrazlarining yorqinligi darajasiga ko’ra, aniqroq
farqlanadi. Bir xil odamiar xayol obrazlarining o’ta yorqinligi, boshqalar - o’ta
rangsiz tasavvurlar bilan farqlanadilar. Xayol rivojlanganligining yuqori
250
darajasini ijodiy mehnat bilan shug’ullanuvchilar,- yozuvchi, rassom, musiqachi,
olimlarda ko’rishimiz mumkin.
Odamlar o’rtasidagi farqlar ustun bo’lgan xayol xususiyatlariga nisbatan
aniqlanadi. Xayol tomonidan hosil qilingan obrazlar asosidagi sezgilar turiga
bog’liq
ravishda odatda, obrazlaming ko’rish, eshitish, motorli va ko’rish-
eshitish-harakat tiplari ajratiladi. Xayolning sof tiplari juda karn uchraydi,
odamlar ko’proq xayolning aralash tipiga ega bo’ladilar, chunki hayotda bir
vaqtning o’zida ko’rish, eshitish va motorli sezgilarga tayanamiz. Bunda xayol
tiplaridan birining ustunligi kuzatiladi.
Turli odamlarda xayol ulaming kasbiy faoliyati va ustun bo’lgan ehtiyojlar
sohasi bilan belgilanadi.
Inson rivojlangan xayol bilan tug’ilmaydi. lining rivojlanishi ontogenezda
sodir bo’ladi va keyinchalik xayol obrazlarining yaratilishi uchun material bo’lib
xizmat qiladigan tasavvur zahirasining to’planishini talab etadi. Xayol ta’lim-
tarbiya jarayonida, shuningdek,
tafakkur, xotira, iroda va sezgilar bilan birlikda
shaxs rivojlanishi bilan uzviy aloqada rivojlanadi.
Xayolning birinchi ifodalanishi idrok jarayoni bilan uzviy bog’langan.
Idrok qilish va xayol o ’rtasidagi uzviy aloqa bola o’z o’yinlarida olgan
taassurotlarini aw al idrok qilingan jismlami xayolda o’zgartirigan holda qayta
ishlay boshlaganida namoyon bo’ladi. Stul samolyotga, quticha - avtoulovga
aylanadi.
Xayol rivojlanishining muhim bosqichi bolaning nutqni egallaydigan yoshi
bilan bog’liq. Nutq bolaga xayolga faqat aniq obrazlami emas,
balki mavhum
tasavvur va tushunchalami ham kiritish imkonini beradi. nutqni egallash
bosqichi bolaga jismning alohida qismlarini oson ajratish va xayolda ulardan
foydalanish imkonini beruvchi amaliy tajribaning oshishi va diqqatning
rivojlanishi bilan birgalikda kechadi. Ushbu bosqichning asosiy xususiyati xayol
obrazlari paydo bo’lishining ixtiyorsizligidir. Xayol rivojlanishining keyingi
bosqichi uning faol shakllarining yuzaga kelishi va xayolning ixtiyoriyligi bilan
bog’liq. Maktab yoshida xayolda muhim o’zgarishlar sodir bo’ladi. O’qitish
jarayonida reproduktiv va ijodiy xayol faol rivojlanadi.
SHunday qilib, insonda
xayolning rivojlanishi qator omillarga bog’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: