PEDAGOGIKA
2015, 6-son
130
Jismoniy sifatlarning pedagogik testlash yakunlari kо‘rsatdiki,
eksperimental guruh о‘quvchilarida umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasida
ishonchli ijodiy о‘zgarishlar bо‘ldi. О‘smirlar va qizlarda о‘rtacha chidamlilik
darajasi yuqori darajagacha kо‘tarildi, kuch tavsiflari о‘smirlarda о‘rta
darajagacha va qizlarda yuqori darajagacha yetdi. Tezkorlik kuch imkoniyatlari
va egiluvchanligining о‘rtacha kо‘rsatkichlari yuqori tayyorgarlik darajasiga
yetib bordi, lekin tezlik kо‘rsatkichlarida ishonchli siljishlar aniqlanmadi, bu esa
pedagogik jamoa tomonidan о‘quv jarayoniga tuzatishlar kiritishni taqazo etadi.
О‘tkazilgan pedagogik eksperiment natijalariga asoslanib, eksperimental
guruhdagi natijalarni ishonchli о‘sishi quyidagi faktorlarga о‘zaro bog‘liq:
1.
Ishlab chiqilgan dasturda samarali rolni va mustaqil ishlarni tashkillash
orqali salomatlik faoliyatiga talabalarni qatnashtirishga yо‘naltirishda asosiy
rolni maxsus kurs bо‘yicha mashg‘ulotlar tashkil qiladi.
2.
Jismoniy madaniyat bilan shug‘ullanishda talabaga uning jismoniy
statusini rivojlanishning individual darajasini hisobga olib, qiziqish bо‘yicha
mashqlar tanlash imkoniyati taklif qilinadi.
Jismoniy madaniyat bilan shug‘ullanish jarayonida jismoniy madaniyat va
sport sohasida maxsus bilim va kо‘nikmalar tizimini maqsadga yо‘naltirish, bu
shug‘ullanishlar organizmning fizologik parametri, aniqlash metodikasi,
funksional holat monitoringi va baholashga ta’sir etishi amalga oshiriladi. Bunda
muhim rol harakat sifatlarini rivojlantirishga, umumiy kabi kuch chidamliligiga
berildi, chunki ular kо‘p jihatdan odamning jismoniy sog‘lomligini belgilaydi.
О‘rgatishning yillik siklida о‘tkazilgan tadqiqotlar yakunlari quyidagi
xulosalarni chiqarishga olib keldi:
1.
Pedagogika kollejining maktab bо‘limi о‘quvchilari harakat sifatini
eksperimentgacha о‘rganish va anketa sо‘rovlari natijalari sog‘lom turmush tarzi
sohasida ularning kompetentligini past darajadaligini va jismoniy tayyorgarlik
darajasini yetarli emasligini kо‘rsatdi.
2.
О‘quv jarayoniga “Sog‘lomlashtirish faoliyatining nazariyasi va
metodikasi” maxsus kursining kiritilishi va jismoniy madaniyat bо‘yicha
mualliflik dasturidan foydalanish, jismoniy sifatlarni tarbiyalashda individual
yondashish va maqsadga yо‘naltirilgan ish talabalarda sog‘lom turmush tarzi
sohasida kompetentlikni shakllantirishga, harakat faolligi darajasini oshirishga va
jismoniy sifatlarni rivojlanishini ijobiy о‘zgarishiga sabab bо‘ldi.
3.
Eksperiment dasturiga kiritilmagan, ta’lim muassasalarining bо‘lg‘usi
о‘qituvchilari va tarbiyachilari bо‘lgan jismoniy madaniyat bо‘limi о‘quvchilari
sog‘lom turmush tarzi sohasida yetarli darajadagi yuqori kompetentlikni, yaxshi
funksional va jismoniy tayyorgarlikni kо‘rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |