TA’LIM TIZIMI YANGILIKLARI
PEDAGOGIKA
2015, 6-son
132
va unvonga ega bо‘lgan kadrlarga bog‘liq ekanini tezda anglagan va shu
maqsadlarni amalga oshirish uchun 1952-1970-yillarda pedagogika institutida
butunlay yoki о‘rindosh sifatida ishlash uchun respublikaning kо‘zga kо‘ringan
olimlari akademik Yahyo G‘ulomov, Hamid Sulaymon, Shukur Tolipov, Adham
Yunusov, Qodir Zokirov, professorlar Abror Sadiqov, Ahmad Quchqarov va
yana shunday olimlar taklif qilgan. Yirik olimlarning bilvosita va bevosita
rahnamoligi tufayli rektorning о‘zi, dotsentlardan Z. Nuriddinov, M. Asqarova,
N. Mallayev, P. Xabibullayev, E. Yusupov, Sh. Xaliullin, A. Nabiyev,
S. Usmonovlar dissertatsiya himoya qilgan hamda fan doktori ilmiy darajasiga
va professor unvoniga ega bо‘lgan.
Rektor Abdullayev ustoz-shogird an’anasini yо‘lga qо‘ygan va iqtidorli
talabalarni dongdor olimlarga biriktirib, kо‘plab fan nomzodlarini tayyorlashga
ham muvaffaq bо‘lgan.
Ushbu bо‘limda rektordan tashqari uzoq yillar pedagogika institutida
faoliyat yuritgan atoqli olimlar Zuhriddin Rasulovich Nuriddinov, Mazluma
Asqarova, mashhur adib Maqsud Shayxzoda, Natam Muradovich Mallayev,
Hamid
Sulaymon,
Muhammad
Galimovich
Davletshin,
Abdurahmon
Alimuhamedov, Saidzoda Usmonov, Hakimjon Hamidiy, Yahyo G‘ulomov,
Latifxon Xalilov, Asil Rashidov kabi ustozlarning qisqacha tarjimai holi,
pedagogik faoliyati, nashr etgan asarlari, tayyorlagan fan nomzodlari, doktorlari
haqida ma’lumot berilgan.
Asarning “Kasbdoshlarim – safdoshlarim” nomli ikkinchi bо‘limida
berilgan olimlar ham pedagogika instituti talabalariga zamonaviy bilim berish,
ta’lim-tarbiya tizimini yuqori pog‘onaga kо‘tarish, iqtidorli yoshlardan fan
nomzodlari, fan doktorlarini tayyorlashdan tashqari о‘z sohalari bо‘yicha fanga
katta hissa qо‘shganlar. Xususan, akademik Ahmadali Asqarov arxeologiya,
professor Najmitdin Komilov tasavvuf ilmiga, hamda professor Boqijon
Tо‘xliyev klassik adabiyotga G‘ayrat Shoumarov psixologiyaning bir tarmog‘i
bо‘lmish oila psixologiyasiga, Turap Aydarov qozoq til va adabiyotiga qо‘shgan
ulushi bilan bir qatorda, umumiy о‘rta, о‘rta maxsus hamda oliy о‘quv yurtlari
о‘quvchilariga mо‘ljallangan darsliklar, о‘quv qо‘llanmalar yozishgan, bunday
ustozlar qatoriga professor Ahmadjon Boydadayev, Fattoh Baratov, Rahimaxon
Mavlonova, Usmonali Nishonaliyev, Jaloliddin Xasanboyev, Turg‘un
Tо‘laganov, Mamadmuso Mamadazimovlarni ham qо‘shish mumkin.
Mening fikrimcha, bu bо‘limdagi Malik Nabiyev, Rahmatulla Mallin,
Vasiliy Ivanovich Makov, Siddiq Rajabov, Sharaf О‘lmasboyevlarning ilmiy
Do'stlaringiz bilan baham: |