PEDAGOGIKA 2015, 6-son 129 bо‘lgan trenirovka mashg‘ulotlari jarayonida olingan bilimlarni amaliyotda
qо‘llash haqidagi muhim savollarga berilgan aniq javoblar pedagogika kolleji
jismoniy madaniyat bо‘limi о‘quvchilarining yuqori kompetentligini
tasdiqlashga olib keldi. Bular quyidagilarga bog‘liq:
1.
Jismoniy madaniyat bо‘limi о‘quvchilari uchun valeologiya asoslarini
shakllantirish vositalaridan biri tibbiyot biologiya bloki fanlari hisoblanadi.
Fiziologiya, gigiyena, vrach nazorati, davolash jismoniy madaniyati va massaj
kurslarini о‘qitish doirasida bо‘lg‘usi mutaxassislarda sog‘liqni saqlovchi
pedagogik texnologiyalar bо‘yicha kо‘nikmalarni shakllantirish lozim.
2.
Fiziologiya va gigiyena, tibbiy nazorat, davolash jismoniy madaniyati
va massaj kurslarini chuqur о‘rganish doirasida amalga oshiriladigan
sog‘lomlashtirish faoliyatiga jismoniy madaniyat bо‘limi о‘quvchilarining
tayyorgarligini shakllantirish.
3.
Ta’lim muassasalaridagi pedagogik amaliyotni о‘tkazish davrida
jismoniy madaniyat bо‘yicha sinfdan tashqari ishlar va ochiq darslarni о‘tkazish
natijalari bо‘yicha ular attestatsiya qilinadi. Amaliy va laboratoriya
mashg‘ulotlari о‘tkazish jarayonida sog‘lomlashtirish faoliyatiga tayyorgarlikni
shakllantirish amalga oshiriladi.
4.
Salomatlik darajasini individual nazorat qilish bо‘yicha nazariy bilim va
kо‘nikmalarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratish lozim. О‘quvchilarning
jismoniy tayyorgarlik bо‘yicha darajasi о‘rta maxsus ta’lim muassasalari uchun
jismoniy tarbiya bо‘yicha Davlat standartlariga muvofiq kollejda foydalanilgan
standart testlar va “Alpomish” va “Barchinoy” salomatlik testlari yordamida
aniqlandi, bunda testlar yig‘indisini quyidagilar tashkil qildi: 100 m ga yugurish,
2000 m ga yugurish (qizlar) va 3000 m (о‘g‘il bolalar), 1 minutda yotgan holatda
gavdani kо‘tarish va tushirish (qizlar) va turnikda tortilish (о‘smirlar) va turgan
joyidan uzunlikka sakrash.
Pedagogik testlash natijalarini tahlili quyidagicha, ya’ni eksperimentning
qayd qilish bosqichida nazorat guruhidagi kabi eksperimental guruhlarda qisqa
masofalarga yugurishdagi о‘rtacha tezlik qizlarda ham, о‘g‘il bolalarda ham
tayyorgarlikning о‘rtacha darajasiga mos keldi.
Barcha guruhlardagi qizlar va о‘g‘il bolalar 2-3 km ga yugurishda jismoniy
tayyorgarlikning past darajasini kо‘rsatdilar. Kuch sifatlarini testlash о‘smirlarda
past, qizlarda esa jismoniy tayyorgarlikni о‘rtacha darajadaligini aniqladi.
Shunga о‘xshash holat turgan joyidan uzunlikka sakrash va egiluvchanlik
testlarida ham kuzatildi
1
.
1
Изаак В. М. Профессионально-прикладная физическая подготовка в системе физического
воспитания студентов. – Тошкент, 2003. – С. 22.