PEDAGOGIKA
2015, 6-son
126
darajasi aniqlandi. Tekshirilayotgan kontingentda salomatlikning о‘ta yuqori
darajasi aniqlanmadi.
Kollej о‘quvchilarining sog‘lom turmush tarziga munosabatini, bu sohada
kompetentlik darajasini aniqlash bо‘yicha sotsiologik tadqiqotlar о‘rganilgan
respondentlarning nazariy bilimlari pastligini kо‘rsatdi. Sir emaski, adekvat
harakat faolligi organizmni rivojlantirishning, salomatlikni saqlash va
mustahkamlashning asosiy faktorlaridan biri hisoblanadi, ammo, bizning
tadqiqotlarimiz natijalari kо‘rsatdiki, kо‘pchilik kollej о‘quvchilari uchun
jismoniy madaniyat va sport bilan shug‘ullanish sog‘lom turmush tarzida zaruriy
talab hisoblanmaydi. Tadqiqot natijalari tahliliga kо‘ra, sо‘ralganlarning 20,2
foizi jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanadi, 34,9 foizi esa jismoniy
madaniyat fani bo‘yicha о‘quv dasturida kо‘zda tutilgan majburiy
mashg‘ulotlarni bajaradi, xolos. Yarmidan kо‘prog‘i (50,1%) bо‘sh vaqtlarini
telekо‘rsatuv, videofilmlar kо‘rishga, kompyuter о‘yinlari о‘ynashga ajratadi,
35,1 foizi adabiyotlar о‘qishni va faqat 10,1 foizi jismoniy mashqlar bilan
shug‘ullanishni afzal bilishlarini kо‘rsatdi.
Sport tо‘garagi tarzida jismoniy madaniyat bilan shug‘ullanishning turli
shakllaridan foydalanishni 40,1 foiz, yaxshi tashkil qilingan va metodik yaxshi
tuzilgan jismoniy madaniyat bilan shug‘ullanishni 25,1 foiz, mustaqil
mashg‘ulotlarni 19,9 foiz, sport maydonlarida tengqurlari bilan о‘ynashni 14,9
foiz sо‘ralganlar afzal bilishini kо‘rsatadi.
Mustaqil jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish mashg‘ulotlarini
о‘tkazishda vaqtning yetishmasligi – 34,9 foiz, salomatlik holati 15,1 foiz, iroda
kuchi – 25,1 foiz, shug‘ullanish istagi – 14,9 foiz, sport maydonlarining yо‘qligi
– 10,1 foiz, sport turlari bо‘yicha tо‘garaklarning yо‘qligi – 6,2 foiz va yana
sog‘lom turmush tarzini olib borish uchun nazariy tayyorgarlikning yо‘qligi –
4,9 foiz ekanligi salbiy faktorlar hisoblanadi.
Bu muammo bо‘yicha о‘quvchi-yoshlarning nazariy tayyorgarlik darajasi
pastligi jismoniy madaniyat mashg‘ulotlarining maqsadli yо‘naltirilganligini
aniqlash bо‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnoma javoblarida kuzatiladi, bu yerda 29,4
foiz sо‘ralganlar jismoniy madaniyat darslariga ijobiy baho olish uchungina
borishini tan oldi, faqat 8,2 foiz о‘quvchilargina о‘zining salomatligi haqida
axborot (informatsiya) olishni xohlaydi.
О‘quvchi-yoshlarning sezilarli qismi, ya’ni 20,7 foizi jismoniy madaniyat
bilan gavda tuzilishini yaxshilash uchun shug‘ullanmoqda, 8,2 foiz – о‘ziga
ishonchni oshirish va musobaqalarda boshqalardan ustunlikka erishish va faqat
4,1 foiz jismoniy sifat darajasini oshirish istagida shug‘ullanmoqda. Jismoniy
tayyorgarlikni pedagogik testlash bо‘yicha о‘tkazilgan bayonnomalar tahlili
Do'stlaringiz bilan baham: |