PEDAGOGIKA
2015, 6-son
119
Nasriy bayon muallifi dostondagi asosiy mazmunni tо‘liq ifodalashga
intiladi. XIX asrda yaratilgan “Farhod va Shirin”ning Umar Boqiy amalga
oshirgan nasriy bayonida ham Farhod tarbiyasiga bag‘ishlangan boblar alohida
mehr bilan talqin qilingan. Farg‘onada istiqomat qilgan ijodkor Mahzun
qalamiga mansub “Farhod va Shirin” nomli nasriy qissada ham Farhod ilmni,
kasb-hunarni sevuvchi, uni qunt bilan о‘rgangan inson sifatida talqin qilingan,
biroq Farhodning otasi Novoiy dostonidagi ota siymosidan biroz uzoqlashgan
talqindir. Farhod toshkesar ustaga shogird tushadi, otasi uni koyib bu ishdan olib
qaytadi: “
Ey voy, sizg‘a ne holdurki, mundog‘ mehnat va mashaqqat birla
giriftor bо‘lursiz, na azobdur? Ey, nuri chamanim, yuring man sizni xazinaga
olib kiray, tomosha qiling
”
1
.
Mahzun nasriy bayonni yaratish davomida Nizomiy Ganjaviy, Xusrav
Dehlaviy asarlaridan ham ta’sirlanadi. Navoiyning Farhod tarbiyasida hunarga
ham alohida ahamiyat berilishining sabablaridan biri о‘z davridagi temuriy
shahzodalarning hunarsiz ekanligini tanqid qilish va qahramonni xalqqa yaqinroq
qilib mehnat kishisi qiyofasida kо‘rsatish edi. О‘zbek xalqida qadimdan hunarli
shahzodalar haqida ertaklar, afsonalar bisyor. Sevgan qizining shartiga kо‘ra
gilam tо‘qishni о‘rgangan shahzodaga vaqti kelib о‘zi tо‘qigan gilam zindondan
qutulishiga sabab bо‘lgan bо‘lsa, Farhodni uning hunari Shirin nazariga
tushishida foyda beradi, О‘z mehnati bilan xalqning kо‘nglidan joy oladi.
Yoshlikda olgan ta’lim-tarbiyasi, sof vijdoni, yetuk barkamol aqli, chiniqqan,
baquvvat jismi – hammasi Farhodning sevilishiga, ardoqlanishiga sabab bо‘ladi.
U aqlan yetukligi uchun Xisrav ustidan ma’naviy g‘alaba qozonadi. Farhodning
e’zozlanib, komil shaxsga aylanishi uning yoshlikda olgan tarbiyasi samarasidir.
Bugungi kunda milliy istiqlol mafkuramizning yetakchi tamoyillaridan biri
bо‘lgan komil insonni voyaga yetkazish g‘oyasi hamma davrlarning eng muhim
masalalaridan biri bо‘lgan. Ajdodlar orzusidagi komillik, ular kо‘zlaganidek,
davrni kamolotga yetaklaydi. Jamiyatda sof ma’naviy muhit yuzaga keladi.
“Farhod va Shirin” tabdillarida ham Farhodning ilm, hunar sirlarini
о‘rganishga bag‘ishlangan boblari batafsil bayon qilingan. Farhod kitobxon kо‘z
о‘ngida tarbiyali, mehnatkash inson sifatida talqin qilingan.
Shirinning atrofidagi kanizak qizlar ham oddiy qizlar emas, bilimli, har
birlari biror ishda mohir, olima qizlar. Kо‘rinadiki, Shirin aql va bilimda ulardan
ham ustunroq.
1
Мир Махдум ибн Шоҳюнус. Насри Хамсаи беназир. – Тошкент. Орифжонов матбааси.
ТошДШИ Шарқ қўлёзмалари маркази. № 4721.– Б. 38.
Do'stlaringiz bilan baham: |