Pedagogika 015, 6-son Muassis: Nizomiy nomidagi Toshkent



Download 1,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/137
Sana03.07.2022
Hajmi1,68 Mb.
#738087
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   137
Bog'liq
4977 191 Pedagogika 2015 6

PEDAGOGIKA
2015, 6-son
 
 
118 
Farhod ilm va hunar sirlarini turli millatning tengi yо‘q ustozlaridan о‘rganadi. 
Ilm olish, hunar sirlarini mehr va qunt bilan о‘rganish uni kelajak sari tayyorlab 
olib chiqadi. Dostonda Farhod о‘sib, voyaga yetib borar ekan, uning har yosh 
pog‘onasida nima ish bilan band bо‘lgani kо‘rsatiladi. Navoiy odatiga kо‘ra 
birinchi saboq beruvchi ustoz ta’riflanadi. Sababi Navoiy ustozni har jihatdan 
о‘rnak bо‘ladigan, olimlik darajasiga kо‘tarilgan shaxs bо‘lishi lozim, deb 
hisoblaydi. 
Keturdilar hakimi nuktadone, 
Bilik birla jahon ichra jahone. 
Falak mushkillari hal fikratidin, 
Falakka mushkil oning diqqatidin.
Farhodga ustozlik qiluvchi muallimning fazilatlari bir-bir ta’riflanar ekan, 
hatto jahon donishmandi Arastu ham unga kichik bir shogirddir, deydi. Demak, 
Navoiy nazaridagi komil insonlik xislatlarini о‘zida mujassam etgan Farhod 
zamonasining eng fozil, bilimli ustozidan saboq oladi. Olim N. Komilov о‘zining 
“Tafakkur karvonlari” nomli yirik tadqiqotida Navoiy ijodiga rus olimlarining 
bildirgan fikrlarini kо‘rsatib, “Farhoddagi bemisl ijodkorlik va yaratuvchanlik 
qobiliyati, turli millat vakillari bilan dо‘stlashuvi, turli xalqlarga mansub
hakim-u donishmandlardan dars olishi, qaynoq muhabbat sohibi, haqgо‘y va 
jasur, mard inson ekanligi” Jirmunskiyning diqqat markazidan joy olganligini 
aytadi
1
. Navoiy shahzodalar hayotida ta’lim-tarbiyaga katta о‘rin ajratishining 
ijtimoiy-siyosiy sabablari ham bor, chunki shahzoda kelajakda xalqning hayotini 
hal qiladigan mansabda о‘tirar ekan, albatta, о‘qimishli, ongli, tarbiyali bо‘lishi 
lozim. Aks holda bilimsiz, zolim shohlarning saltanatni tanazzulga olib kelishi 
muqarrarligiga tarixning о‘zi guvoh. 
“Nasri Xamsayi benazir” muallifi ham ushbu о‘rinlarni batafsil bayon 
qilgan: 
“Bir olim hukamo kelturdilar. Andog‘ dono hakim erdiki, jahon ichra 
qancha mushkillik bо‘lsa hal qilur erdiki, kо‘ngli oftobdek ravshan erdi va 
yunon hukamolaridin erdi. Xoqon Farhodni ul hakimg‘a topshurdi. Farhod ham 
shul kuni abjadni tamom bilib, onasig‘a о‘qub berdi. Uch oyda savodi ravon 
chiqdiki, yilda Qur’onni yod qildi. Har о‘tmakni bilur erdi, yana bir marotaba ul 
varaqni ochmoqg‘a hojati yо‘q erdi. Har nechuk sо‘z eshitsa, darhol kо‘ngliga 
olib yod qilur erdi

2
.
1
Комилов Н. 
Етти иқлим элига туҳфа // Тафаккур карвонлари. – Тошкент: Sharq, 2014. – Б. 
201-202.
2
Мир Махдум ибн Шоҳюнус. Насри Хамсаи беназир. – Тошкент. Орифжонов матбааси. 
ТошДШИ Шарқ қўлёзмалари маркази. № 4721.– Б. 50.



Download 1,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish