PEDAGOGIKA
2015, 6-son
115
ijodda yaxshilikka olib boruvchi fazilatlarini, intilishlarini tazkirada birma-bir
sanab, urg‘u berib, zamondoshlariga va kelajak avlodga ibrat uchun yozib
qoldirgan”
1
. Zero, Navoiy asarlaridagi asosiy qahramonlar ham ta’lim-tarbiya
orqali kamolga yetgan shaxslardir. Navoiy haqiqiy insonni ruhan pok, ma’nan
yetuk va insoniylik mezonlarining barcha jihatlarini о‘zida mujassam etgan asl
shaxs qiyofasida ko‘radi. Navoiy kо‘rsatgan mezonlarning barchasi uning о‘zida
bor edi va u shu sharafga loyiq bо‘lishga intilgan shaxsdir. Adabiyotshunos
M. Muhiddinov: “Navoiy orzusidagi komil inson bir ideal, lekin uning sifatlari,
fazilatlari muayyandir. Natijada, tasavvufiy axloq aqidalari bilan real insoniy
sifatlar qо‘shilib ketadi va umumbashariy g‘oyalarga aylanadi”
2
, – deydi.
Darhaqiqat, komil inson shoir orzusi bо‘lsa ham, unga yuklangan fazilatlar
kishilardan, kundalik hayotdan olingan.
“Xamsa” dostonlarida ilm olish va ta’lim-tarbiyaga katta e’tibor qaratilgan.
Ular asar qahramonlari hayoti misolida ta’sirchan va qulayroq yо‘l bilan
yoritilgan. Dostonlar sirasida “Hayrat ul-abror” dostoni mohiyatan insonning
axloqiy sifatlarini shakllantirishga qaratilgan asardir. Falsafiy-didaktik
bо‘limlarda insoniy xislatlar bir-bir ta’riflanib, pand-о‘gitlar beriladi, sо‘ng
ularni asoslash uchun keltirilgan ibratomuz hikoyatlar ham inson tarbiyasiga
ijobiy ta’sir kо‘rsatadi. Jumladan, dostonning oltinchi maqolatida shoir
aytganidek inson tarbiyasi uchun zarur bо‘lgan xislatlar, odamlarda bо‘lsa,
kichiklarga ham, yoshi ulug‘larga ham faqatgina baxt keltiradi. Farzand
tarbiyasida e’tiborli bо‘lish lozimligini uqtiradi:
Ulcha erur tiflg‘a shoyista ish,
Bilki kichiklikda erur parvarish.
Qatrag‘a chun tarbiyat etti sadaf,
El boshig‘a chiqqucha topti sharaf.
Bolaga gо‘dakligidan yaxshi xulqlar о‘rgatish lozimligi aytilib, mazkur
fikrlarni dalillash, yanada yorqinroq kо‘rsatish uchun gо‘dak tarbiyasi sadafga
qiyos qilingan. Ma’lumki, dur, sadaf qimmatbaho tosh hisoblanib, о‘zining
oppoq injudek chiroyli kо‘rinishi, aslligi bilan ayollar bо‘ynini bezab turadi.
Ta’riflanishicha, sadaf ham kichik bir tomchi holidan tarbiyat topib, yuksaklikka
kо‘tarildi, shu holatga kelguncha tinmay yetildi. Agar durni farzandga
1
Ражабова Б.
Навоий ижодида устоз-шогирдлик муносабатлари талқини // Ўзум сари
боқма, сўзум сари боқ (Мақолалар тўплами). – Тошкент: Turon zamin ziyo, 2015. – Б. 22.
2
Муҳиддинов М.
“Хамса”ларнинг биринчи достонларида комил инсон талқинига доир
айрим мулоҳазалар // Алишер Навоий “Хамса”си ва унинг Шарқ адабиёти тараққиётидаги
улкан мавқеи. Самарқанд. 2015. – Б. 9.
Do'stlaringiz bilan baham: |