PEDAGOGIKA
2015, 6-son
117
sultonlikdin foyda yо‘qdur, lekin manga ilm ila behbudlik kо‘bdur, dedi. Emdi
maqsud ilm bо‘lsa, ilm olmoq lozimdur”
1
.
Navoiy ushbu о‘rinda ilmning afzalligini kо‘rsatish uchun eng ma’qul, eng
ishonarli holatni aniq kо‘rsatib bera oladigan manzarani qо‘llagan. Aslida ongli
inson ilmning buyukligini biladi, biroq ongsiz kishilar qatlamiga anglatish uchun
boylikni tashqarida qoldirib, ilmni о‘zi bilan olib kirganini hammomdagi holat
orqali dalillay olgan, chunki mantiqan о‘ylab kо‘rilganda, inson tug‘ilganda,
hammomda va qabrda boshqalar bilan moddiy jihatdan bir xil bо‘ladi (Xuddi
“Saddi Iskandariy”dagi ikkita bosh suyagini kо‘tarib kelgan gado singari).
Tabdilchi ushbu о‘rinlarda Navoiyning ijodiy niyatini yaxshi tushungan, uni о‘z
davri odamlariga moslab, yо‘naltirib talqin qila olgan. Bu bilan, о‘z navbatida,
amaldorlarni ham ilmli, ma’rifat sohibi bо‘lishga chorlagan.
Noshir dostonlarni sodda, xalqona usulda yetkazib berish barobarida
aholiga ta’sir kо‘rsata olish, tarbiyalash, о‘z zamonidagi boylar va amaldorlarni
ogohlikka chaqirish, xalqqa yordam berish g‘oyalarini ilgari suradi, kо‘zlarini
boylik ko‘r qilgan amaldorlarni ilm olish yо‘li bilan bu nuqsonlardan xalos
bо‘lishga chorlaydi. Ushbu о‘rinda bayon muallifi ikki vazifani bajaradi:
“Xamsa” dostonlari asosiy voqealarini tashkil etgan boblarni nasriy bayon qiladi
va shu asnoda vaziyatdan foydalanib, о‘z ijodiy rejasini ham amalga oshiradi.
Dostonlar mazmuniga daxl qilmasdan kitob tarkibiga doston g‘oyaviy
mazmuniga hamohang yana bir qancha tarbiyaviy ahamiyatga ega bо‘lgan
hikoyatlarni singdirib yuboradi.
Navoiy asarlarida farzand tarbiyasi tasvirlangan maxsus о‘rinlar anchagina,
biroq “ta’lim yoshlikda, tarbiya esa umrbod davom etadi”, degan aqidaga
muvofiq Navoiy asarlarida targ‘ib qilinuvchi axloqiy mezonlar faqat yoshlarni
emas insonni umrining oxirigacha tarbiyalashga qaratilgan, chunki shoir
kо‘rsatgan xislatlar aksariyat kattalar orasida ham kamyob fazilatlardir. Ular
faqat о‘rta asr kishisiga taalluqli bо‘lmay, barcha davr kishilarini ma’nan
tarbiyalashga xizmat qilib kelmoqda.
“Xamsa” dostonlarining aniq bir sujet asosida davom etuvchi voqea
qahramonlari ham ta’lim va tarbiyaning uzviyligida kamolga yetadi, yaxshi
tarbiya natijasida orttirgan shaxsiy fazilatlari bilan xalqning e’tirofiga,
muhabbatiga sazovor bо‘ladi. Jumladan, Farhod tug‘ilgach otasi uning
tarbiyasiga jiddiy kirishadi. Unga jahonda tengi yо‘q hakim ustozlik qiladi.
1
Мир Махдум ибн Шоҳюнус. Насри Хамсаи беназир. – Тошкент. Орифжонов матбааси.
ТошДШИ Шарқ қўлёзмалари маркази. № 4721. – Б. 74.
Do'stlaringiz bilan baham: |