8
Temir ruda.
Ko‘pincha, temir rudalarda temir oksidlari
bilan birga qum, giltuproq, silikatlar, shuningdek, oz
bo‘lsada S, P va boshqa qo‘shimchalar uchraydi (1-jadval).
Shuni
qayd etish joizki, ba’zan temir rudalarda Fe dan
tashqari oz bo‘lsada Cr, Ni, W, Cu, Mo, Ti va boshqa
metallar uchraydi. Bu xil rudalarga kompleks rudalar deyi-
ladi, ulardan yuqori sifatli cho‘yanlar olishda foydalaniladi.
2-§. Rudalarni boyitishning asosiy usullari
Maydalash va saralash.
Yirik rudalarni begona jinslardan
tozalab, saralash uchun ularni karerlarning o‘zidayoq turli
konstruksiyali (jag‘li, konusli) maydalash mashinalarida
maydalab, mexanik g‘alvir-larda elanib, 30–80 mm.li
bo‘laklarga ajratiladi.
Yuvish.
Rudalarni qum va gillardan tozalash uchun ularni
suv bilan yuviladi. Buning
uchun maydalangan rudalar
tebranuvchi elakli qurilmalarga yuklanib, tagidan suv
haydaladi, shunda begona jinslar suv bilan yuqoriga
ko‘tarilib, tashqariga chiqib ketadi, boyigan rudalar esa
qurilma tagiga yig‘iladi va keyin u yerdan olinib quritiladi.
Magnit separatorli mashinada boyitish.
Bunda
mayda-
langan magnit temirtoshlarni magnit separa-torning uzluksiz
harakatlanuvchi lentasiga yuklab turiladi. Ruda elektro-
magnitning ta’sir zonasiga kirganda, uning Fe
3
O
4
oksidli
qismi elektromagnitga tortilib, begona jinslardan tozalana
boradi. Boyigan temir ruda elektromagnitning ta’sir
zonasidan chiq-qach tashqaridagi yashikka ortila boradi.
Mayda rudalarni yiriklashtirish.
Ma’lumki,
rudalarni
qazib olishda, maydalab elashda ko‘plab mayda rudalar
yig‘iladi. Bulardan ma’lum o‘lchamli (10–40 mm)
konsentratlar olish uchun maxsus tarkibli maydalangan
shixta (40–50% temir ruda, 15–20% ohaktosh, 20–30%
9
konsentrat, 4–6% koks) suv bilan qorishtirilib mashina
qoliplariga
kiritilib,
1300–1500
o
С
ragacha qizdirib
yiriklanadi. Bunda rudadagi begona jinslarning bir qismi,
karbonatlarga parcha-lanishi natijasida suyuq faza hosil
bo‘ladi. Bu suyuq faza ruda zarrachalarni o‘zaro bog‘lab,
flyusli g‘ovak konsentrat (aglomerat) olinadi. (Ba’zi hollarda
mayda rudalarga bog‘lovchi material sifatida gil, smola
qo‘shib, ularni pressfonnada presslab briketlar ham olinadi.)
Keyingi yillarda mayda temir ruda va konsentrat-larga
ma’lum miqdorda
ohaktosh va koks maydalari, biroz
bentonit gil qo‘shib suv bilan qorishtirilgan massa olib, uni
sayoz
idish
(granulator)da
yoki
aylanuvchi
havoli
barabanlarda ishlab, diametri 25–30 mm.li g‘ovak sharsimon
bo‘lak (okatish)lar olinadi. Keyin ularni pechda 1300–
1400
o
С temperaturagacha qizdirish bilan puxtalab, so‘ng
saralanadi. Okatishlar aglomeratlardan puxtaroq bo‘ladi.
Okatishlardan domnada foydalanish ham agromeratlar kabi
koksni tejab ish unumdorligi ortadi.
O‘rtachalashtirish.
Metallurgiya korxonalariga rudalar
doim bitta shaxtadan keltirilmaganligi uchun ularning
kimyoviy tarkibi turlicha bo‘ladi.
Shuning uchun ularning
tarkibini o‘rtachalashtirish talab eti-ladi, chunki shixta
materiallari kimyoviy tarkibining bir xil bo‘lishi pechning
ish unumini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biridir. Shu
boisdan kimyo-viy tarkibi turlicha bo‘lgan rudalarni o‘rtacha
kimyo-viy tarkibga keltirish maqsadida maydalangan rudalar
o‘zaro aralashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: