6-§. Domna pechining tuzilishi
Domna pechi 8–10 yil davomida uzluksiz ishlovchi shaxt
pechi bo‘lib, o‘rtacha hajmi 2000–3000 m
3
bo‘ladi. (Keyingi
yo‘llarda masalan, Krivoy Rog, Cherepoves metallurgik
kombinatlarda katta hajmli domnalar ham qurilgan.)
1-rasm, a da domna pechining umumiy ko‘rinishi,
1-rasm, b da esa uning zonalari bo‘yicha temperaturaning
taqsimlanish grafigi ko‘rsatilgan. Domna pechining ichki
devori shamot g‘ishtidan terilib, sirtidan 15-20 mm.li po‘lat
list bilan qoplanadi. Pechning o‘tga chidamli g‘isht terilma-
lari chidamliligini oshirish maqsadida (pech balandligining
3/4 qismida) sovitish trubalari o‘rnatilgan bo‘lib, ularda
sovuq suv aylanib turadi.
Domnaning ustki qismi koloshnik deyilib, unga shixta
materiallar porsiyalab bir tekisda yuklash apparatida
yuklanadi.
Domnaning tubi leshchad deyiladi, u grafit gilli bloklar
yoki yuqori sifatli shamot g‘ishtlardan teriladi.
Pech metall halqali taglik plitaga, taglik plita esa beton
poydevorga o‘rnatilgan temir ustunlar 11 da yotadi.
O‘txona pechning eng muhim qismidir, chunki unda
yoqilg‘i yonadi hamda suyuq cho‘yan va shlak yig‘iladi.
O‘txonaning eng pastki qismidan shaxtaning balandli-
gigacha bo‘lgan hajmi
pechning foydali hajmi
deyiladi.
14
O‘txonaning yuqoriroq qismida aylana bo‘ylab bir nechta
teshiklar bo‘lib, ularga maxsus uskunalar – furmalar (8),
pech devoridan ichkariga qarab 150–200 mm chiqarilib
o‘rnatiladi va ular orqali pechga yoqilg‘ining yaxshi yonishi
uchun qizdirilgan havo 0,25 MPa (2,5 atm) bosimda
haydalib turiladi. Furmalar soni pechning hajmiga qarab 16
tadan 24 tagacha bo‘ladi. Furmalar mis yoki alyuminiy
qotishmalaridan yasalgan bo‘lib, ish jarayonida erib
ketmasligi uchun ularning havol devorlari orqali sovuq suv
aylantirib turiladi.
Furmalarning pastrog‘idagi teshiklarga shlak, undan
pastroqdagi teshikka esa cho‘yan chiqarish novlari (9), (10)
o‘rnatiladi. O‘txonada yig‘ilayotgan cho‘yan har 2–4 soatda,
shlak 1–1,5 soatda o‘z novlaridan kovshlarga chiqarib
turiladi. Cho‘yanni, shuningdek, shlakni pechdan chiqarish
uchun tegishli joyida 50–60 mm.li teshik elektr burmashina
bilan ochiladi, berkitishda esa o‘tga chidamli tiqinlardan
foydalaniladi. Metallurgik kombinatlarda bir vaqtda bir
necha domnalar ishlaydi.
O‘rtacha hisobda 1 t cho‘yan olish uchun 2035 kg temir
ruda, 146 kg marganes ruda, 971 kg koks va 598 kg
ohaktosh pechga kiritilib. 3575 kg havo haydaladi. Bunda
755 kg shlak, 5217 kg domna gazi va 348 kg koloshnik
changi ajraladi.
Domnalarning bir me’yorda ishlashi uchun barcha ishlar
maksimal darajada mexanizatsiyalashtirilgan va avtomat-
lashtirilgan bo‘lishi kerak. Bu ishlarni bajarishda uning
yordamchi uskunalarining (shixtani yuklash apparati, havo
qizdirgichlar, kompressorlar va boshqalar) roli katta.
Keyingi yillarda jarayonni boshqarishda elektron hisob-
lash mashinalaridan foydalanish yuqori samara bermoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |