7-§. Domna pechining yordamchi uskunalari
Domna pechining asosiy yordamchi uskunalariga shixta
materiallarni domnaga yuklovchi va uni qizdirilgan havo
bilan ta’minlash uskunalari kiradi.
Domnaga shixta materiallarini yuklovchi apparat.
Ma’-
lumki, uzluksiz yillar davomida ishlovchi domna pechlarga
bir sutkada ming-minglab tonna shixta materiallarini bir
tekisda yuklab turilmog‘i uchun barcha ishlar mexanizatsiya-
lashtirilishi lozim. 2-rasmda domnaga shixta materiallarini
bir tekisda yuklovchi apparatning bir xilining sxematik
tuzilishi keltirilgan.
Sxemadan ko‘rinadiki, shixta materiallari bilan (10–15
m
3
gacha) to‘ldirilgan o‘zi ag‘daruvchi aravacha (2)lar
pechning koloshnik maydonchasidagi varonka (3)ga qiya iz
(1) dan galma-galdan ko‘tarilib, shixtani yuklab turadi va u
7
2
3
1
4
5
6
8
7
9
11
10
17
yerdan esa shixta taqsimlovchi varonka (4) ga o‘tadi. Shixta
materiallari bir maromda katta konus (7) ga yuklanishi
uchun taqsimlovchi varonka (4) har gal shixta yuklangandan
keyin kichik konus (5) bilan birgalikda mustaqil yuritmasi
(6) yordamida o‘z o‘qi atrofida 60, 120, 180, 240 va 300
larga aylanib turadi. Kichik konus (5) dagi massa ma’lum
miqdorga yetganda u avtomatik ravishda pastga tushishida
shixta katta konus (7) ga bir tekisda yuklanib, u yerdan esa
domnaga o‘tadi.
Havo qizdirgichning tuzilishi va ishlashi.
Domnadagi
yoqilg‘ining jadal yonishini ta’minlash va uni tejash
maqsadida domnaga haydaladigan havo havo qizdirgichda
qizdiriladi. 3-rasmda havo qizdirgich-ning tuzilishi va
ishlash sxemasi keltirilgan.
2-rasm.
Domnaga shixta yuklash apparatining sxemasi:
1 – qiya iz; 2 – aravacha; 3 – qabul varonkasi; 4 – taqsimlovchi
varonka; 5 – kichik konus; 6 – yuritma; 7 – katta konus;
8 – futerovka.
Havo qizdirgichning diametri 6–8 m, balandligi 20–40 m,
sirtidan po‘lat list bilan qoplangan bo‘lib, uning ichki
devorlari o‘tga chidamli shamot g‘ishtidan katak-katak qilib
terilgan. Shu tufayli g‘ishtlar orasida sanoqsiz vertikal
kanalchalar (6) bo‘ladi. Havo qizdirgichni ishga tushirish
uchun gorelka (3) ga domna gazi va havo yuborilib, bu
aralashma aralashgach yonish kamerasida yondiriladi.
18
4-rasmda domna pechining ishlash sxemasi keltirilgan.
Havo qizdirgichning gorelkasiga (rasmda ko‘rsatilmagan)
domna gazi va havo o‘z trubalari orqali (to‘sqichlar (5) va
(6) ochiqligida) yuboriladi. Gorelkada ular aralashib yonish
kamerasida yongach, yonish mahsulotlari havo qizdirgich-
ning kamerasi bo‘ylab yuqoriga ko‘tarila borib, uni ma’lum
temperaturagacha qizdira boradi.
Havo qizdirgichning devorlari 1300–1400
o
C gacha
qizigandan keyin to‘sqich (6) ochilib, yonish mahsulotlari
mo‘ri (4) orqali atmosferaga chiqarib yuboriladi.
So‘ngra gaz va havo kiritiladigan yo‘llar (to‘sqichlar (5)
va (6)) berkitilib, to‘sqich (6) ochilib, unga kompressor (3)
dan truba (7) orqali sovuq havo haydaladi. Sovuq havo havo
qizdirgichning o‘ta qizigan kataklaridan yuqoriga ko‘tarilib
qizib boradi. Havo qizdirgichdagi havo 900–1000°C gacha
qizigach, to‘siq (6) berkilib, qizdirilgan havo truba (8) va
furmalar (9) orqali domnaga haydaladi. Bu vaqtda o‘ng
yoqdagi havo qizdirgich (2) yuqorida ko‘rganimizdek
qizdirilib boriladi. Shunday qilib, uning murvat jo‘mrak-
larini boshqarishi bilan domnani uzluksiz ravishda qiz-
dirilgan havo bilan ta’minlab turadi. Masalan, hajmi 2700 m
3
bo‘lgan domnaning normal ishlashi uchun 1 sutkada
8 mln.m
3
havo domnaga haydaladi.
Odatda, havo qizdirgich sovuq havoni 1 soat mobaynida
zarur temperaturagacha qizdirib bera oladi. Demak, domnani
uzluksiz ravishda qizdirilgan havo bilan ta’minlab turish
uchun ketma-ket ishlovchi 3 ta havo qizdirgich kerak
bo‘ladi. Ba’zan havo qizdirgichlarni tozalash yoki ta’mirlash
zarurligini e’tiborga olib 4 ta havo qizdirgich o‘rnatiladi.
19
Do'stlaringiz bilan baham: |