asl imzolari bilan rasmiylashtirilgan hujjatlardan foydalanishga yo‘l
qo‘yiladi.
3.
D u b lik a tla r-
asl nusxalardan olingan nusxalar bo‘lib, asl nusxalar
bilan bir xillikni saqlab, asl nusxalami qayta tiklash va nusxalar ko‘chirish
imkoniyatini beradigan istalgan materiallarda bajarilgan hujjat.
4.
Nusxalar -
asl nusxa yoki dublikat bilan bir xillikni
saqlab qolish
usuli bilan bajarilgan hujjat bo‘lib, buyumni loyihalashda, ishlab
chiqarishda ishlatish va ta’mirlashda bevosita foydalanishi uchun
mo‘ljallanadi.
Ishlab chiqarishda bir marta foydalanish uchun ko‘zda
tutilgan
hujjatlami konstruktorlik eskiz hujjatlari ko‘rinishida bajarishga yo‘l
qo‘yiladi.
3- §. Eskizlar
Chizmachilik asboblari ishlatilmasdan va masshtabga rioya qilmasdan,
buyumning nisbatlarini saqlangan holda ko‘zda chamalab bajarilgan
chizma eskiz hisoblanadi.
Eskizlar detallaming ish chizmalarini tuzish uchun material bo‘lib
xizmat qiladi. Eskizlar, shuningdek, buyumlar va detallami loyihalashda
ulami ta’mirlashda qo‘llaniladi. Eskizlar detaining o ‘ziga qarab ham
tuziladi.
Ishlab
chiqarishda, ba’zi hollarda detalni shunday tez almashtirish
zarur bo‘ladiki, uning ish chizmasini chizmasdan, to‘g ‘ridan to ‘g ‘ri eskiz
bo‘yicha detal yasaladi. Ish chizmasi bilan eskizning farqi shundaki, ish
chizma ma’lum masshtabda chizish asboblari yordamida, eskiz esa ko‘z
bilan chamalangan holda qo‘lda chiziladi. Mukammal bo‘lmagan, ba’zi
o ‘lchamlari tushib qolgan eskiz ish chizmasi tuzish yoki detal tayyorlash
uchun yaroqsiz bo‘ladi.
Eskizda tasviming kattaligi detaining o‘lchamiga, murakkabligiga
va chizma qog‘ozning
bichimiga qarab chiziladi, hamma kerakli
oichamlari, belgilari, texnik talablari va boshqa m a’lumotlami yozishga
imkon bo‘lishi lozim.
Eskizlar, odatda, kataklangan yoki millimetrli qog‘ozda chizilishi
qulay hisoblanadi. Bunday qog‘oz to‘r chiziqlarining kesishgan joylarida
teshiklaming markazlarini qulay belgilashga, ayrim ko‘rinishlar
orasidagi proyeksion bog‘lanishni yetarli darajada aniq saqlash imkonini
beradi. Asliga qarab detallaming eskizlarini chizishda ba’zi
bir detallarda
uchraydigan noaniqliklar, ya’ni detallami tayyorlashdagi yuz bergan,
masalan, devorlari qalinligining bir xilda emasligi va boshqalarga tuzatish
kiritish lozim. Quyish yo‘li bilan tayyorlangan detallaming eskizlarini
chizishda quyish nishabligini, konuslik va radiuslami ko‘rsatish lozim.
Eskizlami quyidagi tartibda chizish tavsiya etiladi (11.1-shakl):
- eskiz chizish uchun detalga mos
chizma bichimi tanlanadi va
xoshiyasi, asosiy yozuv o‘mi belgilab chiqiladi;
- detaining tashqi va ichki qiyofasi yaxshi o ‘rganib chiqiladi va unga
nisbatan boshqa ko‘rinishlar soni aniqlab olinadi. Bosh ko‘rinish o‘mi va
unga nisbatan boshqa ko‘rinishlar joyi belgilab chiqiladi. Bosh ko‘rinsh
detal haqida to‘laroq va yaqqol ta’surot berishi kerak. Bu yerda detalga
qo‘yiladigan o ‘lchamlarga joy qoldirilishi hisobga olinadi;
v/i
15
ф й Г Р Г " !
I
- 1
F
t
7^
\
s
C E j
i^ tf
------
— <•
_
Asosiy yozuv
- detaining tashqi qiyofasi barcha ko‘rinishlarda ingichka chiziqlarda
chizib chiqiladi;
- detaining ichki qiyofasi barcha ko‘rinishlarda qirqimni hisobga
olgan holda chizib chiqiladi;
- zarur bo‘lgan qirqim va kesimlar bajariladi;
- detalga kerakli barcha o ‘lchamlari qo‘yib chiqiladi;
- ortiqcha chiziqlar o ‘chirilib, chizma chiziqlari ustidan yurgazib
chiqiladi, ya’ni chizma taxt qilinadi;
- asosiy yozuv yoziladi va chizma yana
bir necha marta tekshirib
chiqiladi.
Endi detalga o‘lcham qo‘yishda uning o‘lchamlarini turli o ‘lchash
asboblari yordamida qanday qilib aniqlashni ko‘rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: