Kaustobiolitlar.
Kaustobiolitlarga organogen yo'l bilan hosil bo'lgan organik tarkibli
jinslar kiradi. Bular birinchi darajali foydali qazilmalar bo'lib juda katta xalq xo'jalik ahamiyatiga
ega. Bulardan torf, ko'mir, yonuvchi slanets, neft’ va bitumli (organik moddalar) jinslarning
ta'rifini keltiramiz.
Torf - yog’och, mo'xlar, barglar, daraxt shox-shabbalaridan, ularning ildizlarining batamom
emirilgan qoldiqlaridan iborat massadir.
Torfning rangi to'q malla yoki qoramtir bo'ladi. Torfni hosil qiluvchi o'simliklarning
emirilishi suvli, havo kam joyda mikroorganizm ishtiroki bilan davom etadi. Quruq torf
tarkibidagi organik moddalar ichida uglerod C - 28-35 % ni, kislorod O
2
- 30-38 % ni va
vodorod H
2
- 5,5% ni tashkil etadi. Torf tarkibida ma'lum miqdorda mineral moddalar mavjud
bo'lib, uni yoqqanda bu mineral moddalardan kul hosil bo'ladi. Torf botqoqliklarda hosil bo'ladi.
Ularni torf koni - torfanik (torf koni ma'nosida) nomi bilan yuritiladi. Torfning qalinligi uncha
katta bo'lmaydi, lekin ba'zan keng maydonlarni egallab yotadi. Sobiq Sovet Ittifoqining Еvropa
qismi maydonining 17% i torfli botqoqliklar bilan qoplangandir. Torf o'zining paydo bo'lishiga
va ichidagi materiallariga kura osoka torfi, qamish (trostnik) torfi, sapropel torfi va boshqa
xillarga bo'linadi. Torf xalq xo'jaligida katta ahamiyatga ega. Shunday qilib torfli joy qalin
Cho’kindi jins ostiga tushib qolishi natijasida torf avval malla ko'mirga, keyinchalik
toshko'mirga aylanadi. Bu jarayon tufayli o'simlik moddalari butunlay parchalanadi. Torfning
ustki qismida qalin jinslarning bosimi natijasida torf zichlashadi va suvsizlanadi (degidrotatsiya).
Bu jarayon va yana toshko'mirning antratsitga aylanishini
ko'mirlanish
deb yuritiladi.
Ko'mirlar - sayoz suvlar ostida yig’ilib qolgan o'simlik materiallaridan havosiz muhitda
kumir paydo bo'ladi. Birinchi davrda o'simliklarning ko'mirga aylanishi, asosan biokimyoviy yo'l
bilan o'tadi. Chunki organik moddalarni emirishda mikroorganizmlar - aerob va anaerob
baketeriyalar va boshqalar ishtirok qiladi. Suv ostiga chukkan o'simliklar suvning Yuqori - havo
kiradigan qismida emirilishiga, chirishiga gumus paydo qilish jarayoni deb yuritiladi. Bu
emirilayotgan modda havo o'tmas chuqurlikka etganda deyarli bir xil mallasimon massaga, ya'ni
torfga aylanadi. Ko'pincha ko'mirlar torfdan hosil bo'ladi. Ko'mirlar orasida ularning strukturasi
va uglerodning (C) mikdoriga ko'ra mallako'mir (69%), asil toshko'mir 82% (C) va antratsit
(95%C) ga bo'linadi.
Malla ko'mir yoki lignit qazilma ko'mir turlaridan biri bo'lib, sifatiga ko'ra toshko'mir bilan
torf o'rtasida turadi. Toshko'mirga nisbatan yumshoq, torfga qaraganda qattiq va zichlangan.
Rangi malla, ko'pincha mallasimon qora, qat-qat bo'lib yotadi, tabaqasining qalinligi 1
santimetrdan 30-35 m gacha, solishtirma og’irligi 0,8-1,4 2,1 g/sm3, 4000-7000 kal issiklik
beradi. Bunda uglerod (karbon) 75%, suv 10-40% (suvga Yaqin joyda), kuydirilgandan keyin
qolgan kuli, asosan noorganik moddalardan iborat. Bulardan tashqari, kumirni qizdirganda undan
uchuvchan moddalar chiqadi, chizig’i qo'ng’ir, yaltiroq, chig’anoq sinishli.
Toshko'mir. Rangi qora, yog’liqsimon yaltiraydi. Odatda Yaxshi yuqmaydi, yirik yoki
mayda donador, mo'rt. Qatlamlangan toshko'mirning Yaxshi xilidan koks tayyorlanadi. Chizig’i
qora, yaltiroq va xira.
Antratsit - qattiqligi va yaltiroqligi bilan tosh-ko'mirdan farq qiladi. Unga qora rang,
yarimmetallsimon yaltiroqlik, g’adir-budir sinish xosdir. Ko'lga yuqmaydi. Tezda o't olmaydi.
Yuqorida ko'rsatilib o'tilgan jinslar uglerod bilan to'yinishning yog’och-torfmalla ko'mir-
toshko'mir-antratsit bosqich-ini tashkil qiladi. Yog’ochda 50%, antratsitda 95% bo'ladi. Shunday
qilib torfli joy, qalin Cho’kindi jins ostida tushib qolishi natijasida torf avval malla ko'mirga,
keyinchalik toshko'mirga aylanadi. Bu jarayon tufayli o'simlik moddalari butunlay parchalanadi.
Torfning ustki qismida qalin jinslarning bosimi natijasida torf zichlashadi va suvsizlanadi
(degidratatsiya).
Bu jarayon va yana toshko'mirning antratsitga aylanishini
Do'stlaringiz bilan baham: |