46
Co(II) VA Cu(II) LARNING 2-PRОPANOL BENZIMIDAZOL BILAN
KOMPLEKS BIRIKMALARINI OʻRGANISH
Ergasheva R.U
1
, Raxmonova D.S
2
.
1
Qarshi davlat universiteti,
2
Oʻzbekiston Milliy universiteti
Oraliq metallarning tarkibida kislorod, azot va oltingugurt tutgan geterosiklik
ligandlar bilan hosil qilgan koordinatsion birikmalari texnikada, meditsinada, qishloq
xoʻjaligida, kimyoviy ishlab chiqarishda va boshqa jabhalarida keng ishlatiladi.
Benzimidazol hosilalari tarkibida azot tutgan ligandlar hisoblanib, ularning
komplekslari antimikrob, fungitsid va gerbitsid xossalarini namoyon etishi
adabiyotlardan ma’lum [1].
Benzimidazol asosidagi fiziologik faol birikmalar molekulasida elektrofil va
elektrofob reaksion markazlar tutgan birikmalar bilan kuchli qutblangan guruhlar
hosil qiladi va shu orqali ular biologik faollikni namoyon etib, fermentlar yoki boshqa
hujayra retseptorlarini oʻrab olish uchun dastlabki reagent vazifasini oʻtaydi.
Bularning hammasi ma’lum tuzilish va xususiyatli metallokomplekslarni maqsadli
sintez qilishga imkon beradi. Geterotsiklik ligandlarning aralash metallar bilan hosil
qilgan koordinatsion birikmalari kam oʻrganilganligi adabiyotlardan ma’lum. Shu
sababli bu ish nazariy va amaliy ahamiyatga ega boʻlib, sintez qilingan koordinatsion
birikmalarning elektron, stereokimyoviy, kinetik va termodinamik xossalarini
oʻrganish imkonini beradi.
Ishdan maqsad 2-prapanolbenzimidazol hamda Cu(II) va Co(II) asetatlari bilan
kompleks birikmalarini sintez qilish usulini ishlab chiqish hamda sintez qilingan
komplekslarning tarkibi va tuzilishini zamonaviy fizik-kimyoviy usullar bilan
oʻrganishdan iborat.
2-prapanolbenzimidazol hamda Cu(II) va Co(II) asetatlar kompleksi quyidagi
usul yordamida sintez qilindi. Buning uchun 2-prapanolbenzimidazol va Co(II)
asetatlarning suvli eritmasiga ligandning spirtli eritmasi (M:L 1:2 mol nisbatda)
qoʻshildi, pH=8. Reaksiya 20 minut davomida suv hammomida qizdirish bilan olib
borildi, soʻng reaksion aralashma filtrlanib, kristallanish uchun qoldirildi. 3 kundan
soʻng hosil boʻlgan kompleks choʻkmasi ajratib olindi, etanolda yuvilib, ochiq
havoda quritildi. Mahsulot unumi 54%, T
suyuq
= 220
ºС
ni tashkil qildi.
Oʻtkazilgan fizik-kimyoviy tadqiqotlar natijalari asosida sintez qilingan
kompleks birikmalarda metall ioni bilan ion bogʻlanish orqali bogʻlanib ikkita olti
a’zoli halqani hosil qilganligi, 2-prapanolbenzimidazolning ikkita molekulasidagi
endotsiklik azot atomi bilan koordinatsiyaga uchraganligi aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: