Муаммолари республика илмий-амалий конференцияси материаллари



Download 41,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/438
Sana02.07.2022
Hajmi41,23 Mb.
#733202
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   438
Bog'liq
Ганиев Парпиев тўплам 1 ҚИСМ 25 05 2022

Adabiyotlar roʻyhati. 
1.
Г.А.Толстиков, Л.А.Балтина, В.П.Гранкина и др. Солодка биоразнообразие, 
химия, применение в медицине. Новосибирск. “ГЕО”. 2007. 312 с. 
2.
Виноградов А.В., Елинсон С.В., Оксихинолин.-М.: Наука,
 1979
. - 329 с. 
3.
Дж.В.Стид, Дж.Л. Этвуд Супрамолекулярная химия. - Москва: ИКЦ 
“Академкнига”, 2007. - Т №1. - 480 с.
 
CHARM VA MOʻYNANI OSHLASHDA QOʻLLANILADIGAN XROM 
KOMPLEKS BIRIKMALARI 
Temirova M.I. 
Buxoro muhandis-texnologiya instituti 
tkm_tmi@mail.ru
 
Charm va moʻyna sanoatida koʻp yadroli molekuladan iborat xromning hamma 
asosli suvda eruvchan tuzlari oshlashda qoʻllaniladi. 
Xrom xlorid
kompleks birikmalarining asosli eritmalarini oʻyuvchi natriy 
yordamida hosil boʻlishida avvalo gidrokso- birikmalar va undan keyingina ol- va 
okso-birikmalar hosil boʻladi va bunda xlorid kislota ajralib chiqadi [1]. 
Asosli xrom xlorid komplekslari, asosan kation kompleks ionlardan tashkil 
topgan boʻlib, ular eritmalarining asosligi 50 % dan oshganda bir qancha neytral 
kompleks ionlar hosil qiladi. Kontsentrlangan asosli xrom xlorid eritmasiga natriy 
xloridini qoʻshganimizda, koʻpgina kation kompleks ionlar elektroneytral holatga 
oʻtadi. Natriy sul’fatni qoʻshganimizda esa, xrom sul’fat xususiyatiga ega boʻlgan 
birikmalar hosil boʻladi, bunga asosiy sabab shuki, sul’fat ionlar xrom kompleksining 
koordinatsion ichki sferasiga kirib joylashadi [2]. 
Xrom sul’fatlar
charm va moʻyna ishlab chiqarish sanoatida eng koʻp 
qoʻllaniladi. Ularning tuzilishi xrom xloridlarga nisbatan anchagina murakkab boʻlib, 
ichki sferasida atsido- guruh, ya’ni SO
4
2- 
saqlaydi. 


45 
Xrom sul’fatlari suvli eritmalarda gidrolizlanadi va asosli birikmalar hosil qiladi. 
Asoslik esa, amalda ancha past boʻladi. Gidroliz va OL-birikmalarning hosil boʻlishi, 
ishqor qoʻshish bilan tezlashadi, shu bilan bir qatorda, tuzilishi murakkab boʻlgan 
xromkomplekslar, ya’ni ichki sferasida - OH, SO
4
2-
guruhlari boʻlgan komplekslar 
vujudga keladi. Asoslik oshishi bilan, SO
4
2- 
miqdori ham oshaveradi. 
Koʻpgina oʻtkazilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, oshlovchi xrom sul’fatlar 
tarkibi, uning kontsentratsiyasiga, eritmaning pH ga, ularni tayyorlash usuliga, 
eritmani eskirish muddatiga qarab oʻzgarar ekan. 
Xrom sul’fatlar eritmasiga neytral tuzlarni qoʻshish ham, ularni tarkibiga ta’sir 
koʻrsatadi, masalan, natriy xlorid kislotalikni oshiradi, ya’ni vodorod ionlari 
kontsentratsiyasi oshadi, natriy sul’fat esa kislotalilikni tushiradi hamda 
kompleksning ichki sferasida SO
4
2-
guruhining miqdorini oshiradi. Asoslik xrom 
sul’fat eritmalarida, odatdagi xrom sul’fat eritmalariga nisbatan SO
4
2- 
guruhlari 
koʻproq joylashadi. Asoslik darajasi qanchalik yuqori boʻlsa, SO
4
2-
guruhi shuncha 
tez xrom kompleksiga kirib joylashadi. 
Xrom kompleksning koordinatsion ichki sferasida joylashgan SO
4
2-
guruhi Cr 
atomi bilan har xil mustahkamlikdagi bogʻlanish orqali bogʻlanadi. Ikki xrom atomini 
bogʻlab turuvchi SO
4
2-
guruhi alohida xrom atomi bilan bogʻlangan SO
4
2-
guruhiga 
qaraganda kuchliroq bogʻlangan. Xromning asosli sul’fat tuzlari eritmasiga organik 
kislotalarni qoʻshishda, xromning kompleks tarkibi kation kompleks holatidan, anion 
kompleks holatiga oʻzgaradi [1]. 
Shunday qilib, asosli xrom sul’fat kompleks ionlari, kation, anion va neytral 
holatlarda uchraydi. Ularning olifikatsiyalanishi xrom xloridlariga nisbatan tez boʻlib 
oshlash xususiyati ham yaxshi va ular anion kompleksli ionlar hosil qiladi. 
Xrom tuzlari eritmasiga natriy sul’fitni ta’sir ettirishda, 
xrom sul’fit 
komplekslarini hosil boʻlishi aniqlangan. Sul’fit miqdorini koʻproq qoʻshganda, SO
3
2-
ionining ionsiz bogʻlanishi va anionli xrom kompleks ionlarining miqdori oshaveradi. 
Xrom sul’fit komplekslarining oshlash xususiyati, sul’fitlar miqdorining koʻpayishi 
bilan oshaveradi. Yuqori oshlash xususiyatiga ega boʻlish uchun bir atom xromga 1,5 
mol sul’fit qoʻshish kerak boʻladi. 
Xrom karbonatlarning
kompleks hosil qilish qobiliyati, xrom sul’fatlarnikidan 
yuqori boʻlib, hozirgacha alohida holda sintez qilinmagan. Lekin ularni natriy 
karbonat yordamida ishqorlab xromli eritmalarda hosil boʻlishi isbotlangan. Xrom 
xloridlari va sul’fatlari eritmalarida natriy karbonat komplekslarining hosil boʻlishi 
tajribalarda aniqlangan. 
Bugunki kunda charm va moʻyna sanoatida xromning barcha koʻp yadroli asosli 
suvda eruvchan kompleks birikmalari oshlashda qoʻllanilb kelinmoqda. 

Download 41,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   438




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish