1-ma’ruza. Kimyo fanining rivojlanish tarixi



Download 130 Kb.
Sana08.08.2021
Hajmi130 Kb.
#141773
Bog'liq
1 Maruza um-kechki

1-ma’ruza. Kimyo fanining rivojlanish tarixi.


Darsning shiori: “Tarix hayot muallimi” (Ostvald)

Ma’ruza rejasi:

1. Kimyo fanining predmeti.

2.Uning tabiiy va gumanitar fanlar orasida tutgan o’rni.

3.Kimyoviy bilimlar darajasi.

4.Kimyoning asosiy muammosining hal qilishining bosqichlari haqida.

6.Kimyo fanining boshqa tabiiy fanlar bilan uzviy bog’liqligi

7.Hozirgi zamon kimyo fanining asosiy yo’nalishlari



Tayanch iboralar: Kimyo Tabiiy va gumanitar fanlar, bilimlar darajasi, konsepsiy, metall, hunarmandchilik, oshlash, material, tarkib, xossa, tuzilish, reaksion qobiliyat, evolytsiya, metodik arsenal

Ma’ruza matni

Juda qadim zamonlardan beri odamlar tevarak - atrofdagi tabiat bilan doimiy muloqatda bo’lib, unga kimyoviy vositalar ta’sirida o’zlari uchun zarur material va mahsulotlar yaratganlar. Masalan: metall eritish, shisha va sopol, gazlamalar uchun bo’yoq tayyorlash, teri oshlash, non yopish va h.k. lar. Shu nuqtai - nazardan qarasak kimyo inson faoliyatining eng qadimgi sohasi ekanligiga ishonch hosil qilamiz. U hali fan emas, balki faoliyat sohasi edi. Kimyo hozirgi tasavvurimizdagi fanga aylanishi uchun ming yillar kerak bo’ldi. Kimyoviy bilimlar ko’lami juda keng. Kimyo fani - atrofimizni o’rab olgan butun olamni, uning xilma - xil shakllarini va olamda sodir bo’ladigan turli tuman hodisalarni tekshiruvchi tabiat fanlaridan biridir. Tabiat, butun olam inson ongidan tashqarida va inson ongiga bog’liq bo’lmagan holda mavjuddir. Olam materiyadan iborat, mavjud narsalarning hammasi doimo harakat qilib turadigan materiyaning har xil turlaridir. Moddani chuqur bilish va undan inson farovonligi yo’lida foydalanish kimyoning hozirgi asosiy masalasidir.

Kimyo fani jonli va jonsiz tabiatni tashkil qilgan moddalarni, ularning xossalarini, tuzilishini, bir-biriga aylanishini, shular natijasida ro’y beradigan o’zgarishlarni va bu o’zgarishlar orasidagi bog’lanishlarni tekshiradi. Butun koinot, jonli va jonsiz olam, koinotda sodir bo’ladigan barcha jarayonlar doimo o’zgarishda va rivojlanishda.

“Tarix - hayot muallimi” deyishadi. Bu fikr asosida Ostvald haqiqatdan ham, insoniyat rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini fanlar tarixini o’rganib ularni umumlashtirish natijasida yaratish mumkin degan fikrni olg’a surdi. Demak, fanlar tarixida insoniyatning rivojlanish yo’lini ko’rish mumkin. Tarixni o’rganishda albatta jamiyat qanday va qachon boshlangan, qachon tugaydi degan savol tug’iladi.

1970 yilda Yaponiyaning “Omron”-firmasi SINIG (sret - don, Innovation -innovasiya, need-ehtiyoj, impetus -yugurish, cycle -sikl. «Innovasiyadan - ehtiyojga tomon») nazariyasini yaratib, unda jamiyat rivojlanishi o’z navbatida har bir fanning tadqiqot asosini, uning tarixini, alohida texnologiyasini sistemali o’rganishni talab qilishini ko’rsatdi. Bu nazariya tabiat sirlarini tushuntiruvchi fanlardan biri bo’lib qolmasdan, hayotdagi asosiy ishlab chiqaruvchi kuch hisoblanmish - kimyo faniga ham bevosita taalluqlidir.

Haqiqatdan ham, kimyo fani jamiyatda fanlar orasida asosiy o’rinlardan birini egallaydi. Kimyo hayotimizni ta’minlab turuvchi vosita bo’libgina qolmasdan, kundalik yuzaga kelgan muammolarni hal qilishda asosiy qurol bo’lib ham xizmat qiladi. Shuni hisobga olib akademik V.A.Koptyug Nazariy va Amaliy Kimyo Xalqaro Komiteti (Internetional Union of Pure and Applied Chemistry) ning 35 Bosh Assambleyasi yig’ilishida ”Kimyoning boshqa fanlarga va jamiyatdagi progressga ta’siri kattaligini keng jamoatchilikka tushuntirish kerakligini” uqtiradi. Kimyo dunyoni tashkil etgan elementlarni ham, shu elementlardan hosil bo’lgan turli - tuman oddiy va murakkab moddalarni ham, ularning bir-biriga aylanishiga doir murakkab qonunlarni ham o’rganadi.

Kimyo fani kundalik turmushda kuzatilayotgan hodisalar va o’tkazilayotgan tajribalarning mohiyatini tushuntiradi.

Kimyo fanining rivojlanishi boshqa tabiiy fanlar bilan uzviy bog’liqdir:

1. Kimyo fanining matematika fani bilan bog’liqligini qaraydigan bo’lsak: dastlab atom massasinig aniqlanganligi, 1850 yilga kelib, kimyoviy reaksiya tezligi matematik ifodalanganligi, keyinchalik: differensial, integral, matematik statistika, hisoblash matematikasi, EHM, modellashtirish, kimyoviy reaksiyalarni grafik tasvirlash va uni kimyo faniga tadbiqini ko’ramiz.

2. Fiziklar uchun kimyo bir obyekt sifatida qaraladi: moddalarning tuzilishi, kimyoviy reaksiyaga kirishish qobiliyati (fizikaviy kimyo) fizikaviy usullar yordamida o’rganiladi ( YaMR, PMR, spektroskopiya va h.k.).

3. Biologiya fanini kimyo fani bilan bog’liqligini qaraydigan bo’lsak: bioorganik kimyo, biokimyo, bionoorganik kimyo (organizmdagi metallarning tuzilishi, tarkibi va ularning migrasiyasini o’rganishini ko’ramiz. (Mn, Fe, Cu, Co, Zn, Mo, va boshqalar). Ularning koordinasion birikmalari mas:[Co(NH3)62+(3+) oqsillarning bo’lakchalari bo’lgan aminokislotalarning asosini tashqil qiladi. Yuqorida keltirilgan metallar fermentlarning tarkibiy qismi bo’lib, ular " hayot metallari" deb ataladi.

Biologiya va kimyo fanlari umumlashuvi natijasida biokimyo fani vujudga keldi. Geokimyo yer qobig’idagi kimyoviy elementlar va ularning minerallarini tabiatda tarqalishini o’rganadi.

Bir qancha amaliy fanlar - ko’mir, suv, neft, shisha kimyolari paydo bo’ldi. Kimyo fani yordamida oziq-ovqat sanoati, metallurgiya, medisina, qishloq xo’jaligiga doir bir qancha masalalar hal qilinmoqda.

Hozirgi zamon kimyo fanining quyidagi yo’nalishlarini ta’kidlash mumkin:

- yangi kimyoviy birikmalarning sintezi va ularning metodikasini ishlab chiqish;

- har xil kimyoviy omillar ta’sirida boradigan kimyoviy reaksiyalarni o’rganish;

- kimyoviy analizning - modda tarkibi va xossalarini o’rganishning yangi usullarini yaratish;

- kimyoviy elementlar va ularning izotoplarini o’rganish;

- har xil yangi materiallarni yaratish, ularning tuzilishi va xossalarini o’rganish;

- yangi xil yonilg’i va energiya manbalarini yaratish;

- moddalarni tozalash va aralashmalarni ajratishning eksperimental usullarini yaratish va uning nazariy prinsiplarini ishlab chiqish;

- kimyoni elektronikaga tadbiq qilish;

- yangi dori - darmonlar, oziq - ovqat mahsulotlarini sintez qilib olish;

- tabiiy resurslardan foydalanish texnologiyasini yaratish;

-kimyoviy analitika va kimyoviy diagnostika;

- tirik organizmlar kimyosi.

1977 yil 4 mln 40 ming kimyoviy birikmalar bo’lib, undan 63 mingtasi amalda qo’llanilgan bo’lsa,1983 yilga kelib 5 mln 475 ming turdagi modda bo’lgan, u 2000 yillarga kelib 8 mln dan oshganbo’lsa hozirga kelib 20 mln dan ham kop.

Jahonda hozir kimyodan 7000 jurnal chiqarilmoqda, har yili o’rtacha 100000 ta maqola chop etilmoqda. Kimyo sanoati ishlab chiqarishning eng yuqori foizini tashkil qilmoqda. Hozirgi vaqtda kimyoda yangicha qarash “Yashil kimyo” hamma yo’nalishlarga asos qilib olinmoqda.Kimyo fani kelajakdagi rivojlanishi asosan quyidagi yo’nalishlarda borishi kutilmoqda:

- kimyolashtirish (o’g’it, metallurgiya, neft kimyosi, oziq-ovqat kimyosi);

- chiqindisiz texnologiya yaratish;

- atrof-muhitning tozaligini saqlab qolish;

- chiqindilarni qayta ishlash;

- fotosintez, lazer kimyosi, plazma kimyosi, nanomateriallar, femtokimyo;

- ekstremal sharoitlarda sintez qilish;

Kimyoning asosiy vazifasi avvalo insoniyat uchun eng kerakli materiallarni tabiiy moddalardan olish uchun zarur - metallar, keramika, bog’lovchi moddalar, farfor, shisha, o’g’itlar, farmasevtik materiallar, kauchuk, plastmassa, sun’iy tola, yoqilg’i oziq-ovqat mahsulotlari, kompozitsion materiallar va ko’pgina boshqa materiallar olishga qaratilgandir. Buning uchun kimyo o’zining asosiy muammosini hal qilishi kerak: ya’ni ayni modda qanday kimyoviy elementlardan tashkil topgan va kerakli materiallarni olish uchun qanday o’zgartishlar qilish kerak. Bundan kimyoning asosiy vazifasi - xossasi oldindan ma’lum moddani olish va modda xossasini boshqarish yo’llarini bilish yoki aniqlashdan iborat ekanligi kelib chiqadi.

Shuni nazarda tutgan holda biz ham kimyo tarixi kursida shu vaqtgacha ma’lum bo’lgan bilimlarni umumlashtirib, kimyoning hozirgi vaqtdagi o’rnini aniqlashga harakat qilamiz.

Xo’sh, kimyo tarixi bilimlar majmuasida qanday o’rinni egallaydi? Bu predmet gumanitarmi yoki tabiiy-ilmiy fanlar qatoriga kiradimi? degan savollarga javob izlaymiz.

Kimyo tarixi predmeti - kimyo fanining turli davrlarda rivojlanishini, uning boshqa tabiiy fanlar orasida tutgan o’rnini va rivojlanish bosqichlarini o’rganadi. Kimyo tarixida “ O’rta asrlar” va “uyg’onish” davri juda katta o’rinni egallaydi. Bu davrning buyuk olimlari I. Nyuton fizik bo’lishiga qaramasdan - biologiya muammolari bilan shug’ullanib – ulardagi kimyoviy bog’lanishlarni o’rgangan. Tomas Sprot /1667y/ “London podshohlik jamiyati tarixi” kitobida “ Kimyogarlar - tabiatni o’rganuvchilar bo’lib, ular ko’pchilik hollarda medisinada yangilik ochadi, ”metallar mutasiya”si yoki “eleksir moddasini” izlash bilan shug’ullanadilar” deb yozadi.

Lavuazye – kimyogar bo’lishiga qaramasdan yonishni fizik- jarayon degan nuqtai-nazardan tadqiq qildi. Laplas esa biologiya fanida moddalar almashinish energetikalari muammolarini o’rgandi. Demak, bu davrdagi olimlarda fanlarni “koridor”ga ajratish bo’lmagan. Ular bari tabiiy fanlarga taalluqli umumiy ilmiy ishlar bilan shug’ullanganlar.

Bunga asosiy sabab haqiqatdan ham, tabiatdagi asosiy qonunlarning bir-birini to’ldirishidir. Fizika, kimyo va biologiya fanlari juda yaqin va bir-biri bilan chambarchas bog’langan. Nemis fizigi. V. Gayzenberg “ fizika va kimyo tushunchalarining bir - birini to’ldiradigan yopiq sistemasi - kvant nazariyasini” taklif qiladi.

Buslova M.K. bu fanlar umumtabiat kompleksiga asoslanganligini, buning isboti “fizik kimyo, biokimyo, geokimyo, kosmokimyo” fanlarning yuzaga kelishidir deydi.

Faqatgina tabiiy fanlar emas, balki kimyo fani ham - organik kimyo, anorganik kimyo, fizik kimyo va analitik kimyoga ajraldi, lekin ularning asosida kimyoviy tavsif – yani moddaning tarkibi, tuzilishi va kimyoviy bog’lanishi yotadi.

Kimyo tarixi fanini ham tabiiy, ham gumanitar fan sifatida o’rganish mumkin. Chunki kimyo fani insonlarning turmush tarzini yaxshilash bilan qanoatlanib qolmasdan, ularning madaniyatli bo’lishi uchun xizmat qilib keldi. Bunga juda ko’plab misollarni keltirish mumkin. Hatto Shekspirning Romeo va Djulyetta \1615\ asarida atom tushunchalari uchrashi bunga yorqin misoldir.

Shularni nazarda tutgan holda biz kimyo tarixi predmetini tabiiy va hamda gumanitar fan sifatida o’rganishga haqlimiz. Bunday deyishimizga sabab bilimlar orasiga “Xitoy devori” qo’yish juda katta xatoliklarga olib kelishini tarix isbotlagan.

Jamiyat rivojlanishi o’z navbatida har bir fanning tadqiqot asosini, uning tarixini alohida, texnologyasini, sistemali holda o’rganishni talab qiladi. Bu tabiat sirlarini tushuntiruvchi fanlardan biri bo’lib qolmasdan, hayotdagi asosiy ishlab chiqaruvchi kuch hisoblanmish-kimyo faniga ham taalluqlidir. Lekin quruq faktlarni to’plash bu tarix emas, nazariy o’rganishgina fanlar tarixini yaratadi. Shuning uchun rivojlanishning tarixiy metodologik analizi kerak.

V.M.Kedrov kimyoviy bilimlarning ikki darajasini, bular tarkib haqidagi va struktura (tuzilish) haqidagi talimotlardir degan taklif bilan chiqdi.

Keyinchalik Nobel mukofoti sovrindori Semenov N.N. bunga kimyoviy bilimlarning yangi darajasini ya’ni kimyoviy jarayonlar haqidagi ta’limotni kiritdi. Bulardan foydalangan holda kimyo tarixini yaratish konsepsiyasining (asosiy qarashlar) mohiyati quyidagilarni hisobga olgan holda amalga oshirildi;

- bilimlar rivojlanishidagi bosqichlar,

- oddiydan murakkabga o’tish,

- fanning rivojlanishini ishlab chiqarish bilan bog’liq holda olib borish,

-bosqichma-bosqich o’rganishni kimyoviy nazariyalarda sistemalash (atom, molekula, reaksiyaga kirishuvchi sistema).

Endi biz tarixni bilish uchun kimyo qanday muammolarni hal qilishini o’rganishimiz kerak. Kimyoviy bilimlar nimalar bilan xarakterlanadi. Shuni ta’kidlash mumkinki, kimyoning hamma rivojlanish davrlarida ham kimyoviy moddalarning asosiy tavsiflari – tarkibi, kimyoviy bog’lanishi va tuzilishi bo’lib kelgan. Kuznesov V.P. kimyo - bir moddadan boshqasini olish vazifasini bajaradi - metallar, keramika, plastmassa, sun’iy ipaklar, sement, mineral o’g’itlar va h. k. deydi. Bu ishlab chiqarish vazifasi, lekin ularning bir-biriga o’tishi, xossalarini biridan ikkinchisiga aylanishi jarayonlari nazariy muammolardir. Bular kerakli moddalarni olish uchun kalitdir. Demak, kimyoni o’rganish spiralsimon determinizm - xossalarning uzviy bog’liqligini o’rganishga qaratiladi.

Ikki marta Nobel mukofoti sovrindori Laynus Poling-kimyo moddalar haqidagi fan bo’lib-ularning tuzilishi, xossalari va reaksiyaga kirishishlari, buning natijasida moddalarning biridan ikkinchisiga aylanishini o’rganadigan fandir deb ta’rif beradi.

Kimyo tarixi ana shu masalalarni tushuntirish yo’lida qilingan ilmiy ishlarini umumlashtirish va asosiy masalani tushunish uchun shartli ravishda quyidagi usullardan foydalanadi.

1. XVII asr o’rtalarigacha davom etgan qadimgi naturfilosoflar dunyoqarashlari.

2. XVII asrning ikkinchi yarmidan boshlangan ishlab chiqarishning kapitalistik tuzumi tabiatshunoslikdagi tajribalarni xisobga olib modda xossasi kimyoviy tarkibining funksiyasi sifatida qaralishiga olib keldi.


TARKIB  XOSSA

Bu kimyoning fan sifatidagi kimyoviy bilimlarni umumlashtirish uchun birinchi konsepsiyasi vazifasini bajardi.

  1. XVIII asrning boshlariga kelib ishlab chiqarishda fabrikalar, zavodlar vujudga keldi.





:
Bu esa o’z navbatida kimyoviy moddalarning strukturalari haqidagi ta’limotni boshlanishi bo’lib kimyoviy bilimlarni umumlashtirishning ikkinchi konsepsiyasi vazifasini o’tadi.

4. XIX asr o’rtalariga kelib, ishlab chiqarishning jadal rivojlanish talablari asosida kimyo fani oldida yangi muammolar paydo bo’ldi, ya’ni-sintetik kauchuk, plastmassa, yog’lar, keramik mahsulotlar olish va h. k. Bu esa, o’z navbatida kimyoviy jarayonlar haqidagi ta’limotni keltirib chiqardi va uchinchi konsepsiya bo’lib hisoblanadi.


5. Kimyoning asosiy muammosining evolyusiyasi esa, to’rtinchi konsepsiya hisoblanib, u sifatdan miqdor o’zgarishga (uzluksiz) olib keladi.

Kimyoning bosh muammosini o’rganishdagi yuqorida ko’rsatilgan konsepsiyalarga ajratish oddiydan murakkabga, pastdan yuqoriga tomon doimo rivojlanishdan kelib chiqadi.

Kimyoning rivojlanishini asosan quyidagi 5 ta bosqichga bo’lish mumkin Har bir bosqich kimyoviy muommolarni hal qilish usullari bilan farq qiladi:

1 – Bosqich - Kimyo rivojlanishining qadimgi naturfilosofiya davridan, bizning tariximizgacha bo’lgan davr bo’lib uni biz " alximiya" davri deb ataymiz. Bu davr asosan moddalar haqidagi dalillarni to’plash bilan shug’ullanib ularning bir - biriga o’tish hollarini o’rgandi. U 2 ming yil - XVII asrning 2 chi yarmigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Ularning asosiy maqsadi filosofiya toshini topish bo’ldi.

2 - Bosqich. XVII asrning 2 chi yarmidan boshlanadi. Bu davr eksperimental kimyo deb atalib, ular kimyoni moddalar tarkibi haqidagi fan ekanligiga asos soldi. Sintez o’tkazdi, moddalar tarkibini tekshirish natijasida ularning bir - biriga o’tishini o’rganib qoida, qonun, nazariyalarni vujudga keltirdi, analitik kimyo - sifat fani sifatida vujudga keldi.

3 - Bosqich. XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlanadi va analitik kimyo - undan keyin esa sintetikaga o’tib - " strukturnaya ximiya" (tuzilish kimyosi) vujudga keldi, natijada - ranglovchi bo’yoqlar, dorilar, sun’iy ipak olindi. Bu davr kimyoviy strukturaning boshlanishiga asos bo’ldi (1860-1880 yillar) va organik kimyoning jadal rivojlanishiga sabab bo’ldi.

4 - Bosqich. XX asr-sanoat va texnikaning jadal rivojlanish davrini o’z ichiga oladi. Bu davr - sanoat va qishloq xo’jaligi uchun kerakli bo’lgan aniq tarkibli moddalarni juda ko’p miqdorda olish bilan harakterlanadi. Ma’lum xossaga ega bo’lgan plastmassa, sintetik, kauchuk, sun’iy tola, yuvuvchi moddalar, azotli o’g’itlar va boshqalardan ko’plab miqdorda ishlab chiqarila boshlandi.

5 - Bosqich. Hozirgi zamon ishlab chiqarish talabiga binoan rivojlanish davri. Bu davrda har xil erituvchi tanlash, biokatalizatorlar yordamida kerakli tarkibdagi moddalarni olish uchun ishlatiladigan kimyoviy jarayonlar haqidagi ta’limotni yaratishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan.

Kimyodagi evolyusiya - kinetika, strukturaviy kimyo, biokimyo, bioorganik kimyo va tarkib haqidagi ta’limotlarga asoslanadi, hamda qanday qilib yerda tirik organizmning vujudga kelishiga javob beradi. Shunday qilib kimyo tarixi - bilimlar majmuasini qonuniyatlar, nazariyalar asosida umumlashtirib, kimyoni fan va ishlab chiqaruvchi kuch sifatidagi rivojlanish tendensiyalarini o’rgandi. Demak, kimyo tarixi - kimyo va sivilizasiya, kimyo va ishlab chiqarish orasidagi munosabatlarni o’rganadi. Professor S.G. Kara-Murza, hozirgi olingan eksperimental faktlarni hisobga olib “kimyo tarixi kimyo fani metodik arsenalining takomillashishining tarixini o’rganadi” deb taklif qildi (Kara-Murza S. G Texnologiya nauchnix issledovaniy M. Nauka,1989)

1.1.2. Kimyo fanining rivojlanish tarixi. Insonlar juda qadimdan qand, yog' va oqsilga boy o'simlik mahsulotlaridan iste'mol qilganlar. Ular bundan 6 ming yil avval oltin va kumushdan zebu-ziynat buyumlari tayyorlashni bilganlar. Eramizdan 2000 yil avval Xitoyda qishloq xo'jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda margimushdan foydalanilgan. O'sha davrlarda Misrda o'simlik va hayvon organizmlar turli bo'yoq moddalar, rux va oltingugurtdan dorivor moddalar tayyorlangan. Barcha xalqlar juda qadimdan bijg'ish jarayonini bilganlar. Har bir xalqni o'ziga xos spirtli ichimligi bo'lgan. Uni dondan, asaldan yoki uzum sharbatidan tayyorlaganlar. Sirkadan oziq-ovqat tayyorlashdagina foydalanmay, undan bo'yoq olishda ham foydalanilgan. Lekin o'sha davrlarda kimyo bilan faqat maxsus kishilargina shug'ullangan. Kimyoning nazariy masalalari bilan qadimgi grek olimlari eramizdan avvalgi V-VI asrlarda shug'ullangan. Ular butun borliqning asosini to'rtta - suv, havo, tuproq va olov tashkil etadi deb tushuntirganlar. Keyinchalik Arastu (eramizdan avvalgi 384-322-yillari) butun borliq bitta asosiy materiyadan tuzilgan, degan nazariyani yaratdi. Uning fikricha to'rtta xossa: sovuqlik, issiqlik, namlik va quriqlikning asosiy materiyaga har xil nisbatda birikishidan - suv, havo, tuproq va olov hosil bo'ladi. Masalan, asosiy materiyaga issiqlik va namlik qo'shilsa havo, namlik va havo qo'shilsa suv va hokazo hosil bo'ladi. Ular bir-biriga aylanishi ham mumkin. Masalan, havo sovutilsa, issiqligi chiqib ketib suvga, suv qizdirilsa namligi chiqib ketib tuproqqa aylanadi va hokazo. Moddiy dunyoga bunday Arastucha qarash Yevropada XVI asrgacha hukm surib keldi.

Kimyoning fan sifatida rivojlanishiga Irland olimi Robert Boyl (1627- 1691) katta hissa qo'shdi. Uning “Skeptik - kimyogar yoki aralash jismlardan to'rt element va uch kimyoviy negizning isboti sifatida qilinadigan tajribalar haqida mulohaza” kitobida alkimyo nazaryasi qattiq tanqid qilindi. Aytish mumkinki, shu davrdan boshlab kimyo fan sifatida rivojlana boshladi. XVII asr oxirlarida nemis kimyogari G.Shtal flogiston nazaritasini yaratdi. Garchi bu nazariya ham xato bo'lsada, o'z davri uchun juda muhim edi. Chunki o'sha davr olimlari ana shu nazariyaga asolanib alkimyodan to'la qutilishdi. XVIII asr boshlarida rus olimi M.V. Lomonosov berk idishda metalni har qancha qizdirsa ham uning massasi o'zgarmasligini isbotlab, flogiston nazariyasining noto'g'ri ekanligini ko'rsatdi.



Lomonosov tajribasiga aslanib fransuz olimi A.Lavuazye metall qizdirilganda, u havodagi kislorod bilan reaksiyaga kirishishini isbotladi.Lavuazye yonish va oksidlanish jarayonlarini to'g'ri ilmiy nazariyasini yaratdi. 1808-yilda ingliz olimi Dalton o'z tajribalariga asoslanib, atomistik nazariyasini yaratdi va birikmada kimyoviy elementlarning qanday nisbatda bo'lishini aniqladi.1869-yilda D.I.Mendeleyev tomonidan elementlar davriy sistemasining yaratilishi va xx asr boshlarida atomning murakkab tuzilganligini isbotlovchi dalillarning paydo bo'lishi kimyoni keng rivojlanishiga yo'l ochib berdi. Keyingi yillarda O'zbekistonda kimyo fani va kimyo sanoatini rivojlantirish yuzasidan katta ishlar amalga oshirilda. O'zbekistonda kimyo fanini rivojlantirishda akademiklardan S.Yu. Yunusov, O.S. Sodiqov, M.N. Nabiyev, H.U.Usmonov, K.S.Ahmedov va boshqalarning xizmatlari kattadir.
Nazorat savollari

1. Kimyo predmeti nimani o’rganadi?

2. Kimyoni o’rganish konsepsiyalarini ayting ?

3. Qadimgi dunyoda vujudga kelgan dastlabki kimyoviy jarayonlar?

4. Kimyo fanining axamiyatuni ayting?

5. Kimyoni rivojlanish bosqichlarini ayting.

6. Kimyoviy texnologiyaning vazifalarini ayting?

7. Kimyo tarixining tabbiy fanlar o’rtasidagi o’rni?

8. Kimyoning boshqa fanlar bilan aloqasi.
Download 130 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish