www.ziyouz.com
kutubxonasi
10
24
Abu Hanifa (r.a.) Atiyadan, u Abu Saiddan, u esa Hazrati Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat
qiladi. «Shoyadki Rabbing seni maqtalgan maqomga yetkazgay» oyatidagi «Maqomi
mahmud» shafoatdir. Alloh taolo imon keltirgan insonlardan bir jamoani gunohlari
sababidan azoblaydi. Keyin esa Payg‘ambarimizning (s.a.v.) shafoati bilan azobdan
chiqadilar. So‘ng ular abadiy hayot deyilguvchi bir daryoga keltiriladilar. Unda
cho‘miladilar so‘ng jannatga kiradilar. Jannatda «jahannamliklar» deya ataladilar. So‘ng
Allohga yolvoradilar. Alloh taolo ulardan u ismni olib tashlaydi».
Bir rivoyatda bunday deyiladi: «Alloh taolo imon va qibla ahlidan bir qavmni
Payg‘ambarimizning (s.a.v.) shafoati bilan do‘zaxdan chiqaradi. Bu shafoat «maqomi
mahmud»dir. So‘ngra u qavm «hayovon - abadiy hayot» nomi berilgan bir daryoga olib
kelinadilar va unga tashlanadilar. Keyin u yerda qush qo‘nmas o‘simligi kabi o‘sadilar.
Keyin u yerdan chiqadilar, jannatga kiradilar. Ular jannatda «jahannamiylar», deya
nomlanadilar. So‘ngra ular Allohdan bu nomni o‘zlaridan ketkazilishini so‘raydilar. Alloh
ulardan bu nomni ketkizadi. Ular: «Allohning ozod etganlari», deya nomlanadilar».
Abu Hanifa (r.a.) bu hadisni Abu Shaddot ibn Abdurahmondan, u Abu Saiddan rivoyat
qildi.
25
Hammod Abu Hanifadan (r.a.), u Atiya al-Avfiydan rivoyat qiladi. Al-Avfiy aytadi: «Abu
Said al-Hudriyning bunday deganini eshitdim: «Men Rasulullohning (s.a.v.) mana bu
oyatni o‘qiyotganlarida eshitdim: «Shoyadki, Robbing seni maqomi mahmudga
yetkazgay». Oyatni o‘qigach bunday marhamat qildilar: «Alloh taolo imon va ahli
qibladan do‘zaxga kirgan bir guruhni Hazrati Muhammadning (s.a.v.) shafoati bilan
chiqaradi. Bu «maqomi mahmud»dir. Ular «hayovon» deb nomlangan daryoga
keltiriladilar va unga tashlanadilar. So‘ng qushqo‘nmas o‘simligi kabi o‘sadilar. So‘ngra
chiqib jannatga kiradilar. Jannatda «jahannamiylar» deya nomlanadilar. Ular bu ismni
ketkizishi uchun Alloh taologa yolvoradilar. Alloh taolo ulardan bu ismni ketkizadi».
26
Abu Hanifadan (r.a.), u Abdulmalikdan, u Ibni Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi. Ibni Abbos
(r.a.) aytadi: «Hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Bir qism mo‘minlar qiyomat kunida
gunohlari tufayli do‘zaxga kiradilar. Mushriklar ularga: «Imoningiz sizga hech qanday
foyda bermadi(ku), mana biz bilan bir makondasiz, birga azoblanyapmiz», deyishadi.
Alloh taolo ulardan g‘azablanadi va «La ilaha illalloh» degan hech bir kimsa do‘zaxda
qolmasin deb amr qiladi: Undan mo‘minlar yuzlaridan boshqa joyi qop-qora bo‘lgan
holda chiqadilar. Chunki mo‘minlarning ko‘zlari ko‘karmaydi, yuzlari qoraymaydi. So‘ng
ular jannat eshigi oldidagi bir daryoga keltiriladilar. U yerda yuvinadilar, butun fitna va
aziyat ulardan ketadi, keyin jannatga kiradilar. Farishtalar ularga bunday deydilar:
«Go‘zal bo‘ldingiz. Jannatga mangu kiring ». Biroq jannatda ular: «jahannamliklar» deya
ataladilar. So‘ngra ular duo qiladilar. Alloh taolo ulardan bu ismni ko‘taradi.Ular bu ism
bilan boshqa abadiy chaqirilmaydilar. Ular chiqqanlarida kofirlar: «Qaniydi, biz ham
musulmon bo‘lsaydik», deyishadi. Buning boshi, mana bu oyatdir: «Hali (qiyomat kuni)
kofir bo‘lgan kimsalar musulmon bo‘lishni istab qolurlar». (Hijr, 2-oyat).
Musnad. Imom A’zam Abu Hanifa
Do'stlaringiz bilan baham: |