www.ziyouz.com
kutubxonasi
6
7
Abu Hanifa Abu Zubayrdan rivoyat qiladi. Abu Zubayr aytdi: «Jobirga: «Gunohlarni nima
uchun shirk hisoblamaysiz», dedim. Jobir (r.a.) dedi: «Abu Said: Yo Rasululloh (s.a.v.)!
Bu ummatni kufrga olib boradigan gunohi bormi?» dedim. Rasululloh (s.a.v.) «Shirkdan
boshqa hech bir narsa kishini kufrga olib bormaydi», dedilar.
8
Abu Hanifa (r.a.) Abdukarim ibn Abu al-Maxoriqdan, u Tovusdan rivoyat qiladi. Tovus
dedi: «Bir odam Ibni Umarning oldiga borib so‘radi: «Ey Abu Abdurahmon! Qulflarimizni
sindirib, uylarimizni teshib, matolarimizni talagan kishilar haqida nima deysiz? Ular kofir
sanaladimi?». Ibni Umar: «Yo‘q», dedilar. «Bizning tepamizga o‘tirib, qonlarimizni
to‘kkanlar haqida nima deysiz? Ular kofir bo‘ladimi?» dedi kishi. Ibn Umar: «Yo‘q. Agar
Allohga shirk keltirmagan bo‘lsa, kofir bo‘lmaydilar», dedilar. Tovus men Ibni Umarning
barmog‘iga qaradim, uni qimirlatardi va «Hazrati Muhammadning (s.a.v.) sunnatlari
shudir», dedilar. Bu hadisni katta bir jamoat bevosita Rasulullohdan (s.a.v.) marfu
tarzda rivoyat qildi.
9
Abu Hanifa (r.a.) Abdulloh ibn Abu Habibadan rivoyat qiladi. U «Hazrati Payg‘ambarning
sahobasi Abu Dardodan eshitdim», dedi. Abu Dardo aytdi: «Men Rasululloh bilan ulovda
mingashib ketayotgan edim. Rasululloh (s.a.v.): «Ey Abu Dardo! Kim Allohdan boshqa
iloh yo‘qligiga, men Allohning rasuli ekanimga iqror bo‘lsa, unga jannat vojib bo‘ladi»,
dedilar. Men: «Zino va o‘g‘irlik qilsa ham-a?»dedim. Rasululloh (s.a.v.) bir muddat sukut
saqladilar, so‘ng yurdilar va dedilar: «Kim Allohdan boshqa iloh yo‘qligiga va men
Allohning rasuli ekanimga iqror bo‘lsa, unga jannat vojib bo‘ladi». Men: «Zino va o‘g‘rilik
qilsa ham-a?» dedim. Rasululloh bir oz sukut qildilar, so‘ng yurdilar va «Kim Allohdan
boshqa iloh yo‘qligiga va men Allohning rasuli ekanimga iqror bo‘lsa, unga jannat vojib
bo‘ladi, agar zino qilsa ham, o‘g‘rilik qilsa ham, agar zino qilsa ham, o‘g‘rilik qilsa ham
va hatto Abu Dardo burun jiyirsa ham», dedilar.
Roviy deydiki, men Abu Dardoni burniga shahodat barmog‘i bilan ishora qilganini
ko‘rdim.
10
Abu Hanifa (r.a.) Horisdan, u Abu Muslim Havloniydan rivoyat qiladi. Abu Muslim
Havloniy aytdi: «Muoz Xumuzga kelganida bir yosh yigit uning oldiga borib: «Silai rahm
va yaxshilik qiluvchi, to‘g‘riso‘z, omonatdor, yomon ishlardan uzoq yuruvchi, kuchi
yetgunicha xayrli ishlar qiluvchi, biroq Alloh va rasuli haqida shubhasi bor bir kishi
haqida nima deysiz?» deya so‘radi. Muoz aytdiki: «Uning barcha amallari bekor ketadi».
Yigit: «Gunoh-ma’siyatlar, zino qilgan, mollarni nohaq olgan, biroq Allohdan boshqa iloh
yo‘qligiga, Muhammad (s.a.v.) Uning quli va rasuli ekaniga ixlos bilan ishongan kishi
haqida nima deysiz?»dedi. «U haqda umid va qo‘rquv orasidaman», dedi Muoz. Yigit:
«Qasamki, imondagi shubha amallarni yo‘qqa chiqargan bo‘lsa, shubha aralashmagan
imonga gunohlar zarar bermaydi», dedi va ketdi. Bu gapni eshitgan Muoz: «Sunnatni bu
kishidan ham yaxshiroq biladigan odam bo‘lmasa kerak», dedi.
Musnad. Imom A’zam Abu Hanifa
Do'stlaringiz bilan baham: |