Musnad. Imom A’zam Abu Hanifa
www.ziyouz.com
kutubxonasi
2
qiyosga o‘taman».
Shunda jamoat Imomning qo‘lini o‘pib: «Siz olimlar sarvarisiz,
siz haqingizdagi oldingi
yomon gumon gap-so‘zlarimiz uchun bizni afv eting», dedilar. Imomi A’zam: «Alloh
taolo bizni va sizni kechirsin!» deyishdi. («Uqudul javohirul-munifa», 1-5-betlar).
IMOMNING ZUHDI
Imom A’zam juda ko‘p ibodat qilar edilar. Tahajjud namozini qoldirmasdilar, Qur’oni
karimni ko‘p tilovat etar edilar. Halol ishlab, halol pul topardilar. Kufa va Bag‘dod
ulamolariga dars berganlar. 55 marta hajga borganlar.
IMOM A’ZAMNING ENG MAShHUR TALABALARI
Muhammad
ibn al-Hasan, Imom Abu Yusuf, Zufar, Rabia, Vake’ ibn Jarrohlar.
ASARLARI
Imom A’zamdan talabalari rivoyat qilgan quyidagi: «Fiqhi akbar», «Al-olim va
mutaallim», «Qadariyyaga ra’ddiya», hadis borasida «Musnad» nomli asarlari mavjud.
Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilingan bir hadisda: «Ilm Surayyo yulduzida bo‘lsa, uni
fors kishilari olajak», deya marhamat qilingan.
Imom Suyutiy aytadiki: «Bu hadisning asli sahihdir. Unda Abu Hanifaga ishora bor.
Hadisning sahihligi muttafaqun alayhdir» («Zujojatul masobih», 1- jild, 62-bet)
VAFOTI
Imomi A’zam qamoqxonada vafot etdilar. Qozilikni qabul qilmaganlari uchun qamalgan
edilar. Imom A’zam vafot qilgan kuni Imom Shofe’iy tug‘ildilar.
Imom A’zamning jasadlarini Bag‘dod qozisi Hasan ibn Ammora yuvdi. Islom diniga,
uning usuliga va fiqhda katta xizmatlar qilgan Imom A’zamdan Alloh taolo rozi bo‘lsin.
Imomi A’zamning: «Ular ham, biz ham odam», degan so‘zlarining
mohiyatini anglamay
mujtahidlikni da’vo qiluvchilar uchun barcha ulamolar yakdillik ila e’tirof etgan mujtahid
darajasining shartlarini keltiramiz. Ular quyidagilar:
1. Mujtahid arab tilini barcha lahjalari bilan bilishi.
2. O’zidan oldin o‘tgan ulamo va fuqaholar ixtilof qilgan masalalarni juda yaxshi bilishi.
3. Qur’oni karimni to‘la yod olib uni yaxshi tushunishi. Uning turli qiroatlarini bilishi,
tafsir ilmini o‘rganib, muhkam, mutashobih, nosih va
mansuh oyatlarni ajrata olishi,
Qur’on qissalarini batafsil bilishi.
4. Hadis ilmini egallab, sahih, sahihbo‘lmagan,muttasil, munqote’, mursal, musnad,
mashhur va mutavotir hadislarni bilishi.
5.Taqvodor bo‘lib o‘z ravshini Qur’oni Karim va sunnati nabaviyaga asoslagan bo‘lishi
lozim.
Bu fazilatlarga ega kishining ijtihod qilishi va unga kishilarning ergashishi durustdir.
Ibn Qayim Javziya aytadilar: Ijtihod shartlari bo‘lmagan kishiga Qur’oni Kariim va
hadislardan to‘g‘ridan to‘g‘ri masala chiqarishi mumkin emas
Imomi A’zam hazratlari musnadlarida rivoyat qilgan hadislar keltirilgan
manbalar
Tarj
imaga ilova qilindi. Unda hadis istilohlari haqida qisqa ma’lumot berdik. Mazhabimiz