www.ziyouz.com
kutubxonasi
4
qilish», dedilar.
Yigit: «To‘g‘ri aytdingiz», dedi. Biz uning «To‘g‘ri aytdingiz», deyishidan hayratlandik.
«Menga ehsonni o‘rgating, u nima?» dedi yigit.
«Ehson - Alloh uchun Allohni ko‘rib turganday amal etmog‘ingdir. Agar sen Uni
ko‘rmasang ham, U seni ko‘radi», dedilar Payg‘ambarimiz (s.a.v.). Yigit:
«Men shunday qilsam muhsin bo‘lamanmi?» dedi. Rasuli Akram (s.a.v.): «Ha, dedilar.
«To‘g‘ri aytdingiz», dedi va: «Menga qiyomat qachon bo‘lishini bildiring», dedi.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Qiyomat haqida savol so‘ralgan kishi so‘raguvchidan
yaxshiroq bilmaydi, lekin qiyomatning alomatlari bor», dedilar va quyidagi oyati
karimalarni o‘qidilar: «Qiyomat qachon bo‘lishini faqat yolg‘iz Alloh biladi. U O’zi
belgilagan vaqtda, yomg‘ir yog‘diradi va onalarning bachadonlaridagi homilalarning
o‘g‘il-qizligini, yetilgan-etilmaganini biladi. Biron tirik jon ertaga nima qilishini bilmaydi.
Biror tirik jon qaerda o‘lishini bilmaydi. Faqat Alloh har narsani bilguvchi va har
narsadan ogohdir» (Luqmon surasi, 34-oyat mazmuni)».
Yigit: «To‘g‘ri aytdingiz», dedi va chiqib ketdi. Rasululloh (s.a.v.): «Uni huzurimga
qaytaring!» dedilar. Biz uning orqasidan chiqdik. Biroq qaerga ketganini bilolmadik, hech
narsa ko‘rmadik.
Bu holni janobi Payg‘ambarimizga (s.a.v.) aytganimizda Ul zot: «Bu Jabroildir (a.s.),
sizga diningiz asoslarini o‘rgatish uchun keldi. Faqat men uni taniydigan qiyofada menga
keldi», dedilar.
2
Abu Hanifa (r.a.) Hammoddan, u Ibrohimdan, u Alqamadan, u esa Ibni Mas’uddan (r.a.)
rivoyat etadi. Ibn Mas’ud aytdilar: «Jabroil (a.s) Payg‘ambarimizga oq libosli yosh yigit
suratida keldi va: «Assalomu alayka yo Rasululloh!» dedi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.)
salomga alik oldilar. So‘ng u: «Yaqinlashsam, yo Rasululloh», dedi. Hazrati
Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Yaqinlash (yaqinroq kel)», dedilar. U: «Yo Rasululloh! Imon
nima?» dedi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Imon - Allohga, farishtalariga, kitoblariga,
rasullariga, yaxshilik va yomonlikning Allohning taqdiri ila bo‘lishiga ishonishdir»,
dedilar. U: «To‘g‘ri aytdingiz», dedi. Biz uning bilgandek «to‘g‘ri aytdingiz» deganidan
ajablandik. So‘ng u: «Yo Rasululloh! Islom ahkomlari nima?» dedi. Payg‘ambarimiz
(s.a.v.): «Namoz o‘qish, zakot berish, ro‘za tutish, junub bo‘lsa, g‘usl qilish», dedilar. U:
«To‘g‘ri», dedi. Biz uning bilgandek «To‘g‘ri aytdingiz» deganidan ajablandik. So‘ng u:
«Ehson nima?» dedi. Payg‘ambarimiz: «Alloh uchun Allohni ko‘rib turganingdek amal
qilmog‘ingdir. Agar sen Uni ko‘rmasangda, U seni ko‘radi», dedilar. U: «To‘g‘ri
aytdingiz», dedi.U: «Qiyomat qachon bo‘ladi?» dedi. Rasululloh (s.a.v.): «Qiyomat
haqida savol so‘ralgan so‘raguvchidan yaxshiroq bilmaydi», dedilar. So‘ng u iziga qaytdi.
Rasululloh (s.a.v.): «Uni xuzurimga qaytaring!» dedilar. Biz uni izladik, biroq undan asar
ham ko‘rmadik. Buni Rasululloh (s.a.v.)ga aytdik. Payg‘ambar (s.a.v.) bizga: «U, Jabroil
(a.s.) edi. Sizga diningizni o‘rgatish uchun keldi», dedilar.
3
Abu Hanifa (r.a.) Atodan rivoyat qiladilar. Sahobai kiromlardan bir necha kishi unga
quyidagilarni so‘zlaganini aytdi.
Abdulloh ibn Ravohaning qo‘ylarini boquvchi bir cho‘pon ayol bor edi. Abdulloh cho‘pon
ayolga suruv ichidagi bir qo‘yga alohida qarashini tayinladi. Cho‘pon ayol qo‘yni
semirguncha boqdi. Cho‘pon ayol boshqa qo‘ylar bilan ovora bo‘lib qolganda, bo‘ri kelib
Musnad. Imom A’zam Abu Hanifa
Do'stlaringiz bilan baham: |