Редактор: А. Тилегенов Редколлегия ағзалары


МуғаллиМ ҳәМ үзликсиз билиМлендириў



Download 3,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/152
Sana02.07.2022
Hajmi3,32 Mb.
#729584
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   152
Bog'liq
3-2017

МуғаллиМ ҳәМ үзликсиз билиМлендириў
84
Bilimli va iqtidorli yoshlarni bugungi kunda salmog‘i kengayib bormoqda. Ular nafaqat 
ilm va fan sohasida, balki ta’lim tarbiyasi bilan ham boshqalarga o‘rnak bo‘layotir. Yurtimizda 
tashkil etilayotgan ta’lim muassasalari nafaqat bilim, o‘quv jarayonlari bilan cheklanib 
qolmastan, yoshlar ongida ma’naviyat va ma’rifat tushunchalarini, ta’lim-tarbiya masalalari 
va unga o‘zgacha sharqona yondashgan holda yuksak insoniy hislatlarni ham shakllantirishga 
hizmat qilmoqda. Ta’lim dargohi – axloq nuri bilan yog‘rilgan ilmlar makonidir. Unda inson 
tarbiyalanadi, bilim oladi va o‘z kelajagi uchun mustahkam asos (fundament) yaratadi. 
I.A.Karimovning shu o‘rinda “Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani ta’limdan ajratib bo‘lmaydi – bu 
sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi” [1, 61] degan fikrni ilgari surganliklarini ko‘rish 
mumkin. 
Ta’lim va tarbiya bir-birini to‘ldiruvchi va tashkil etuvchi tushuncha bo‘lib, umumlashib 
faoliyat olib borilsa, yetuk shaxs ravnaqi yo‘lidagi asosiy manbaga aylana oladi. Zero, shunday 
ekan ta’lim jarayonida tarbiyani yetakchi o‘ringa qo‘ygan holda ilm sarchasmasi bulog‘i bilan
tafakkur, ongimizni to‘yintirishimiz hamda mustaqil O‘zbekistonimizning porloq kelajagiga 
o‘z hissasini qo‘shuvchi, kamarbasta yoshlar bo‘lmog‘imiz joiz. Bu har birimizning Vatanimiz 
oldidagi yuksak burchimizdir. 
I.A.Karimovning “Yuksak manaviyat – yengilmas kuch” asarlarida “Kelajagimiz 
poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni 
qanday bo‘lishi farzandlarimizni bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq” [1, 62] 
deyilgan.
Darxaqiqat, hozirda ta’lim tizimiga, yurtimizning barqaror taraqqiyotning muhim 
omili sifatida e’tibor qaratilib kelinmoqda. Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar qisqa 
fursatlardayoq o‘z samarasini bera boshlayotgani quvonarli hol, albatta. Bugungi kunda 
mamlakatimizda kadrlar tayyorlash tizimi mukammal tarzda amalga oshirilayotgani, majburiy 
bepul ta’lim asosidagi tizimining afzalliklari, maktab ta’limi turli tillarda olib borilishi, Birinchi 
Presidentimiz tomonidan maxsus jamg‘arma bazasida bolalar sportini rivojlantirishga yuksak 
e’tibor qaratilgani, “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” kabi musobaqalar 
o‘tkazilayotganligi yaratilgan shart-sharoitlarni mevasidir. 
Kundan-kunga chiroyiga o‘zgacha ko‘rik qo‘shilib kelayotgan yurtimizda, ta’lim sohasini 
chuqur isloh qilishda qaratilgan ko‘plab ishlar amalga oshirilinmoqda. Jahon mamlakatlarini 
ham havas nigohi bilan o‘ziga qarata oluvchi maktab va kollejlar, oliy ta’lim muassasalarini 
barpo etilishi, ularni fanlar talabidan kelib chiqqan holda zamonaviy texnologik asbob-
uskunalar, kompuyuterlashtirilgan xonalar bilan ta’minlanishi yoshlar uchun kuchli o‘qib 
ishlanishga, fanda o‘zlarini qiziqtirgan yo‘nalish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot faoliyatlarini olib 
borishlariga imkoniyat yaratib bermoqda. 
Davlatimiz tomonidan biz yoshlarga yaratib berilgan bu kabi imkoniyatlar hozirda ko‘plab 
fan yutuqlarini egallanishiga, yoshlar ortasida zehni baland, bilimli va salohiyatli o‘quvchilar 
sonini ortishiga sabab bo‘lmoqda. Ko‘plab tengdoshlarimiz yaratilgan imkoniyalardan 
oqilona foydalangan holda, xalqaro olimpiadalarda fan bo‘yicha o‘z iqtidorini namoyon etib 
yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritib, mamlakatimiz taraqqiyotiga o‘zlarining munosib hissalarini 
qo‘shayotgani bizlarni ko‘nglimizda yuksak iftihor tuyg‘ularini uyg‘otmoqda. 
Adabiyotlar
1. Karimov I.A. Yuksak manaviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2 
РЕзЮМЕ 
Мазкур мақолада соғлом авлодни ривожлантиришда таълим-тарбиянинг ўрни ҳақида сўз 
боради.
РЕзЮМЕ
В этой статье обсуждается роль образования в развитии здорового поколения.
SUMMARY
This article discusses the role of education in the development of a healthy generation.



Download 3,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish