8.2-chizma. Qishloq xo‘jaligida moddiy-texnika resurslarining
turkumlanishi
.
Bevosita qatnashadigan
Takror ishlab chiqarilishi
bo‘yicha
Takror ishlab chiqariladigan
Takror ishlab chiqarilmaydigan
Moddiy-texnika resurslarining turkumlanishi
Barpo etilishi bo‘yicha
Ishlab chiqarishda qatnashishi bo‘yicha
Tabiiy
Iqtisodiy
Bilvosita qatnashadigan
Foydalanish xususiyati bo‘yicha
Ishlab chiqarish
Noishlab chiqarish
210
Moddiy-texnika
resurslarining
qishloq
xo‘jaligi
ishlab
chiqarishidagi o‘rni va ahamiyati juda ulkan. Chunki takror ishlab
chiqarish jarayonida dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari talab
darajasida yetishtirilishi hamda ish va xizmatlar talab darajasida
bajarilishi barcha resurslarning miqdoriga hamda sifatiga bog‘liq.
Tarmoqning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanishi, ishlab chiqarish
jarayonlarining amalga oshirilishi asosan moliyaviy resurslar bilan
bog‘langan. Shunday ekan, kelajakda qishloq xo‘jaligining moddiy-
texnika resurslari talab darajasida barpo etilishiga alohida e’tibor berish
zarur.
Xo‘jaliklarning moddiy-texnika bazasi qanchalik mustahkam,
ya’ni zamonaviy mashinalar, traktorlar, kombaynlar, mexanizmlar bilan
yaxshi ta’minlangan bo‘lsa, barcha ishlar shu texnika vositalari
yordamida bajarilishi ta’minlanadi. Mehnatning mexanizatsiyalashgan-
ligini ko‘rsatuvchi bunday sharoit natijasida qo‘l kuchi bilan
bajariladigan ishlar kamayadi. Mehnat unumdorligi oshadi va mahsulot
tannarxi pasayishiga, pirovard natijada daromadlarning oshishiga olib
keladi. Bu mehnatning xarakteri o‘zgarayotganligidan dalolat beradi,
ayni paytda ishchi-xizmatchilarning bilimi, malakasi oshirilishini ham
talab etadi.
Qishloq xo‘jaligi moddiy-texnika resurslari tarkibida chorva
hayvonlari va mevali daraxtlarning ham kirishi tarmoqning muhim
xususiyati ekanligiga alohida e’tibor berish, shuningdek, sanoat
tarmoqlarida ishlab chiqarilgan moddiy-texnika vositalari, traktorlar,
mashinalar, mexanizmlar, dastgohlar, kimyoviy vositalar, yoqilg‘i,
yog‘lovchi materiallar va boshqalarning ishtirokini ham e’tiborga olish
lozim.
Ulardan
foydalanish
samaradorligiga
tarmoq
ishlab
chiqarishining mavsumiyligi ham ta’sir etadi.
Qishloq xo‘jaligining mustahkam moddiy-texnika bazasini
yaratishda yuqorida ta’kidlangan xususiyatlarni e’tiborga olish,
shuningdek,
ishlab
chiqarishning
joylashganligi
hamda
ixtisoslashganligiga alohida ahamiyat berish maqsadga muvofiqdir. Shu
bilan birga ilg‘or texnologiyalarning joriy etilishini hamda texnologik
jarayonlarda bajariladigan barcha ishlarni mexanizatsiyalashtirish,
avtomatlashtirish imkonini yaratish lozim.
Qishloq xo‘jaligida moddiy-texnika resurslari asosan quyidagi
manbalar hisobiga barpo etiladi:
- korxonaning o‘z mablag‘lari;
- chetdan jalb etiladigan mablag‘lar.
211
Birinchi manbaga korxonaning mahsulotlar sotish, ish va xizmatlar
bajarish natijasida olayotgan pul daromadlari, taqsimlanmagan foydadan
ajratilayotgan
mablag‘,
amortizatsiya
fondi
mablag‘lari,
foydalanilmayotgan ayrim asosiy vositalarini sotishdan, ijaraga
berishdan tushgan pul tushumi va boshqa manbalardan olingan
mablag‘lar kiradi.
Ikkinchi manbaga irrigatsiya-melioratsiya tadbirlari, ekologiya
hamda ijtimoiy sohalar uchun davlat budjetidan ajratilayotgan
mablag‘lar, banklarning kredit mablag‘lari, korxona tomonidan aholi va
boshqa korxonalar ixtiyoridagi bo‘sh pul mablag‘larini jalb etish
maqsadida qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarib sotishdan tushgan
tushum, turli manbalardan jalb etilayotgan investitsiyalar, homiylarning
mablag‘lari va boshqa manbalardan jalb etiladigan mablag‘lar kiradi.
Bu manbalardan jalb etilgan mablag‘lar hisobiga qishloq xo‘jalik
korxonalari moddiy-texnika vositalarini ishlab chiqaruvchilarning
bevosita o‘zlaridan yoki birjalardan, ko‘rgazmalardan, auksionlardan
shartnomalar
asosida
sotib
olib,
moddiy-texnika
bazalarini
mustahkamlashlari, ayrim hollarda foydalanish uchun ijaraga olishlari
mumkin. Qishloq xo‘jalik korxonalari moddiy-texnika resurslarini
shakllantirishda lizingdan ham keng foydalanishlari lozim. Shunday
tartibda shakllantirilgan moddiy-texnika resurslaridan xo‘jaliklar yil
mobaynida to‘liq va samarali foydalanishsa, barcha turdagi tadbirlarni
vaqtida, sifatli amalga oshirishga erishadilar.
Agrofirma, fermer xo‘jaliklari va boshqa xo‘jalik subyektlarining
moddiy texnika bazasini mustahkamlash, ularni zarur texnikalar,
minitexnologiyalar va ixcham uskunalar bilan ta’minlashda
mamlakatimizda o‘tkazilayotgan turli ko‘rgazmalar ham muhim
ahamiyatga ega. Jumladan, an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan
qishloq xo‘jaligi uchun minitexnologiyalar va ixcham uskunalarning
Xalqaro ixtisoslashtirilgan “Uzbekistan Agrominitech Expo” ko‘rgazma
savdolari, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining “Food Week
Uzbekistan” hamda mazkur sohaga oid zamonaviy texnologiyalarning
“Agri Tech Uzbekistan” xalqaro ixtisoslashgan ko‘rgazmalari ham
qishloq
xo‘jalik
korxonalarining
moddiy-texnika
bazasini
mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Shu kabi
ko‘rgazmalar mazkur sohada faoliyat yurituvchi xorijlik tadbirkorlar
bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va shu orqali sohaga
investitsiyalar oqimini ko‘paytirish imkonini beradi.
212
Qishloq xo‘jaligi korxonalarining moddiy-texnika resurslari bilan
ta’minlanganlik darajasini yaxshilashda davlatning o‘rni katta.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq
xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan
qishloq xo‘jaligi texnikalari xaridi uchun subsidiyalar ajratib
kelinmoqda. Jamg‘arma tomonidan 2 xil yo‘nalishda subsidiya
ajratilmoqda. Jumladan:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-
iyuldagi 578-son qaroriga asosan, xarid qilingan texnikaning (traktorlar,
aylanma pluglar, pnevmatik va mexanik ekish seyalkalar) kredit yoki
lizing foiz xarajatlarining 10 foizlik punkti miqdorigacha;
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-
noyabrdagi 952-son qaroriga asosan, mahalliylashtirish darajasi 20
foizdan kam bo‘lmagan texnika xaridi uchun texnika qiymatining 15
foiz miqdorida.
2020-yilda
jami 681
dona
texnika
uchun
11,2
mlrd.
so‘m subsidiya, shundan 540 dona texnikaning kredit va lizing foiz
xarajatini qoplab berishga 8,8 mlrd.so‘m, mahalliylashtirish darajasi 20
foizdan kam bo‘lmagan 141 dona texnika qiymatining 15 foizini qoplab
berishga 2,4 mlrd.so‘m ajratilgan. “O‘zavtosanoat” AJ ma’lumotiga
ko‘ra, “Toshkent qishloq xo‘jaligi texnika zavodi” AJ tomonidan 2020-
yilda jami 900 dona texnikalar sotilgan, shundan 340 dona (38%)
texnika (170 dona “XUM MX-1,8” paxta terish mashinasi, 170 dona
“TTZ-811” traktor) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil
15-sentabrdagi PQ-4828-son qaroriga asosan imtiyozli kredit asosida
sotilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |