359
- o‘z qimmatli qog‘ozlarini chiqarish va tarqatish bilan bog‘liq
xarajatlar;
- moliyaviy faoliyatdan boshqa xarajatlar.
4) soliq to‘langungacha bo‘lgan foyda. Ushbu ko‘rsatkichni
aniqlash uchun umumxo‘jalik faoliyatidan
olingan foydaga tasodifiy
(ko‘zda tutilmagan) daromadlarni qo‘shish va tasodifiy zararlarni ayirish
orqali aniqlanadi. Bunda quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
STF = UFF + TD – TZ
Bunda:
STF
– soliq to‘langungacha bo‘lgan foyda;
TD
– tasodifiy (ko‘zda tutilmagan) daromadlar;
TZ
– tasodifiy zararlar.
Tasodifiy foyda - bu ko‘zda tutilmagan, tasodifiy tusga ega
bo‘lgan, xo‘jalik yurituvchi subyektning odatdagi faoliyati doirasidan
chetga chiqadigan tusdagi operatsiyalar natijasida paydo bo‘ladigan va
olinishi kutilmagan foydadir.
Tasodifiy zararlar - bu xo‘jalik yurituvchi subyektlarning odatdagi
faoliyatidan chetga chiquvchi hodisalar yoki
operatsiyalar natijasida
vujudga keladigan va ro‘y berishi kutilmagan odatdan tashqari xarajatlar
moddalaridir. U yoki bu xarajat moddasining favqulodda zararlar
moddasi sifatida aks ettirilishi uchun u quyidagi mezonlarga javob
berishi kerak:
- korxonaning odatdagi xo‘jalik faoliyatiga mos emaslik;
- bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi kerak;
- boshqaruv xodimi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga bog‘liq
emasligi.
Tegishli xarajat moddalarini favqulodda zararlar moddasiga
kiritish yoki kiritmaslik to‘g‘risida qaror qabul
qilishda ishlar amalga
oshiriladigan sharoitlarni ham hisobga olish lozim. Masalan, agar
xo‘jalik yurituvchi subyekt alohida iqlim sharoitlarida joylashgan bo‘lsa,
u holda iqlim sharoitlariga bog‘liq holdagi ishlamasdan turib qolishlar
favqulodda deb baholanishi mumkin emas, chunki ushbu modda bir
necha yil mobaynida takrorlanmasligi kerakligi to‘g‘risidagi
mezonga
mos kelmaydi.
5) sof foyda. Ushbu ko‘rsatkichni aniqlash uchun soliq
to‘langungacha bo‘lgan foydadan to‘lanadigan soliqlar summasini
ayirish lozim. Bunda quyidagi formuladan foydalaniladi:
360
SF = STF
–
ST
Bunda:
SF
– sof foyda;
ST
– to‘lanadigan soliqlar va boshqa to‘lovlar summasi.
Sof foyda xo‘jalik yurituvchi subyekt ixtiyorida qoluvchi foyda
bo‘lib, u muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy
samaradorlikka baho
berishda asosan sof foyda summasiga e’tibor berish kerak.
Iqtisodiy samaradorlikka baho berishda mutlaq ko‘rsatkichlar bilan
bir qatorda nisbiy ko‘rsatkichlardan ham foydalaniladi. Ulardan biri
rentabelluk darajasidir.
Rentabellik
darajasi
korxonalar
faoliyatining
iqtisodiy
samaradorligiga baho berishda qo‘llaniladigan asosiy mezon ko‘rsatkich
hisoblanadi. Rentabellik darajasi qilingan xarajatlarning samaradorligini
tavsiflaydi, ya’ni qilingan har bir birlik xarajat evaziga qancha sof foyda
olinganligini ko‘rsatadi. Uning darajasini aniqlash uchun sof foydani
tannarxga kiritilga xarajatlarga taqsimlab, natija 100 ga ko‘paytiriladi.
Bunda quyidagi tenglikdan foydalaniladi:
100
=
T
SF
Rd
Bunda: Rd – rentabellik darajasi, foizda.
Bu ko‘rsatkich yordamida korxona, tarmoq miqyosida yoki alohida
mahsulotlar turlari bo‘yicha xarajatlarning
iqtisodiy samaradorlik
darajasi aniqlanadi. Bu ko‘rsatkichlar darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa,
bu iqtisodiy samaradorlik darajasi ham shunchalik yuqori ekanligidan
dalolat beradi. Masalan, rentabellik darajasi 20 foiz bo‘lsa, bu korxonada
sarflangan har 1000 so‘m xarajat evaziga 200 so‘m sof foyda
olinganligini anglatadi.
Korxona faoliyatining iqtisodiy samaradorligiga baho berishda
rentabellik me’yori ko‘rsatkichidan ham foydalaniladi.
Ushbu
ko‘rsatkichni
aniqlash
uchun
sof
foyda
summasi
xo‘jalikda
foydalanilayotgan barcha ishlab chiqarish fondlari umumiy qiymatiga
taqsimlanadi va natija 100 ga ko‘paytiriladi. Bunda quyidagi tenglikdan
foydalaniladi:
100
+
=
AFq
OFq
SF
Rm
361
Bunda: Rm – rentabellik me’yori, foizda;
OFq
– aylanma fondlarning o‘rtacha yillik qiymati, ming so‘mda;
AFq
– asosiy fondarning o‘rtacha yillik qiymati, ming so‘mda;
Bu ko‘rsatkich korxonada sarflangan barcha ishlab chiqarish
fondlarining bir birligi evaziga qancha sof foyda olinganligini anglatadi.
Hukumatimiz tomonidan barcha tarmoqlarda bo‘lgani
singari
qishloq xo‘jaligida ham iqtisodiy samaradorlikni oshirish bo‘yicha
islohotlar izchil amalga oshirilmoqda va bu o‘zining ijobiy natijalarini
bermoqda. Jumladan, ishlab chiqarish resurslaridan to‘liq foydalanish
natijasida tarmoqning yalpi mahsuloti hajmi oshmoqda va samaradorlik
darajasi ham yaxshilanib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: