362
1) Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotinini ko‘paytirish va uning sifatini
yaxshilash tadbirlari:
•
ekinlarning serhosil navlarini, chorva hayvonlarining esa sermahsul
zotlarini yaratish, ularni ishlab chiqarishga joriy etilishini ta’minlash;
•
yerlarning
meliorativ holatini yaxshilash, suv ta’minoti tadbirlarini
rivojlantirish, sug‘orishning tejamkor usullarini joriy etish;
•
chorva hayvonlarini sifatli ozuqa bilan ta’minlash va oziqlantirishni
talab darajasida amalga oshirish;
•
ekologiyani e’tiborga olgan holda ishlab chiqarish jarayonlarida
mahalliy va mineral o‘g‘itlardan hamda kimyoviy vositalardan
maqsadga muvofiq ravishda foydalanishni talab darajasida ta’minlash;
•
mahsulotlarning sifatini, ularni tashish
va saqlash jarayonlarini
yaxshilash tadbirlarini tezkorlik bilan amalga oshirish va boshqalar.
2) Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tannarxini pasaytirish chora-tadbirlari:
•
ishlab chiqarishni samarali joylashtirish, ixtisoslashtirish va tashkil
etishni jadallashtirish;
•
yangi texnikalarni, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, mavjud ishlab
chiqarish vositalaridan samarali foydalanish natijasida ish jarayonlarini
to‘liq mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish va elektrlashtirish;
•
ishchi-xizmatchilarni rag‘batlantirish tizimini rivojlantirish;
•
davr hamda moliyaviy faoliyat xarajatlarini tejash va boshqalar.
3) Qishloq xo‘jaligi tarmog‘iga bozor munosabatlarini joriy etishni
jadallashtirish tadbirlari:
•
sanoat hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlari baholari o‘rtasidagi
mutanosiblikni ta’minlash, sotish jarayonini erkinlashtirish;
•
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik turlarini rivojlantirish;
•
investitsiyalar jalb etilishini ta’minlovchi iqtisodiy mexanizmlarni
joriy etish;
•
qishloq xo‘jaligida infratuzilma sohalarini rivojlantirish;
•
qishloq
xo‘jaligiga
xorijiy
investitsiyalarni
jalb
etishni
jadallashtirish;
•
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xorijiy mamlakatlarga eksport
qilishni qo‘llab-quvvatlash va hokazo.
Bu
tadbirlar, avvalo yetishtiriladigan mahsulotlar miqdorini talab
darajasida ko‘paytirishga va ularning sifatini yaxshilashga qaratilgan
bo‘lishi zarur. Mahsulotlar miqdori ekin maydonlarini kengaytirish
hamda ularning hosildorligini oshirish hisobiga ko‘paytirilishi mumkin.
Ekin maydonlarini ko‘paytirish uchun yangi yerlarni o‘zlashtirish talab
363
etiladi, lekin buning imkoniyatlari cheklangan.
Shuning uchun asosiy
e’tiborni ekinlarning hosildorligini oshirishga qaratish zarur. Buning
uchun ekinlarning yangi, serhosil, tezpishar navlarini yaratish, irrigatsiya
va melioratsiya inshootlari holatini yaxshilash, agrotexnik tadbirlarni o‘z
vaqtida amalga oshirish natijasida tuproqning unumdorligi oshishini
ta’minlash lozim. Shu bilan birgalikda ekinlarni almashlab ekishni ilmiy
asoslangan holda keng joriy etish maqsadga muvofiq. Alohida e’tibor
ishchi-xizmatchilarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishga qaratilishi
zarur.
Yuqoridagilar bilan birga ishlab chiqarish,
davr hamda moliyaviy
xarajatlarni tejab amalga oshirish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Yangi texnika, ilg‘or texnologiyalarni hayotga joriy etish natijasida
mehnat xarajatlari kamayishiga erishish mumkin. Bu jarayon ishlab
chiqarishni
ixtisoslashtirish,
agrosanoat
integratsiyasining
rivojlantirilishi
bilan
bevosita
bog‘liqdir.
Chorva
hayvonlari
mahsuldorligini ham oshirish lozim, buning uchun naslchilik ishlarini
rivojlantirish zarur. Chorva hayvonlarini to‘yimli ozuqa bilan
ta’minlashga erishish maqsadga muvofiqdir.
Bu tarmoqda ham barcha
xarajatlarni tejash bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlar sifatli amalga
oshirilishini ta’minlash zarur.
Korxonalarda iqtisodiy samaradorlikni ta’minlashda iqtisodchi
kadrlarning ham o‘rni bor. Eng avvalo, ular yil boshida korxonaning
biznes rejasini mukammal tuzishlari va iqtisodiy
tahlil usullaridan
foydalangan holda korxonaning xo‘jalik faoliyatini tahlil qilib borishi
lozim. Amalga oshirilgan tahlil natijasida korxonada samaradorlikni
oshirish borasida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash
va uni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqib, korxona
rahbariyatiga taqdim etishi lozim.
Yalpi foydaning ko‘payishi mahsulotlarni sotish bilan bog‘liq
bo‘lgan xarajatlar tejalishini ham taqozo etadi.
Shuning uchun
mahsulotlarni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni takomillashtirish
lozim. Yuqorida ta’kidlangan tadbirlarni amalga oshirish qishloq
xo‘jaligi tarmog‘ining iqtisodiy samaradorligi oshishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: