1-MAVZU: BOSHQARUV PSIXOLOGIYASI FANINING PREDMETI,
MAQSADI VA VAZIFALARI.
BOSHQARUV PSIXOLOGIYASI FANI
METODLARI.
REJA:
1.1. Boshqaruv psixologiyasi – asli “Insoniy munosabatlar” oynasi
ekanligi.
1.2. Hozirgi davrda boshqaruvning psixologik talqini, mohiyati.
1.3. Boshqaruv psixologiyasini o’rganishdan kutilayotgan natijalar.
1.4. Fanni o’rganishning asosiy usullari.
1.5. Boshqaruv psixologiyasidagi asosiy tamoyillar.
1.6. Xujjatlarni tahlil qilish metodi. Biografik metod
1.7. Rahbarning ish sharoitini bayon etish, kuzatish va qayd
qilish metodlari.
1.8. Menejer bilan individual suhbat metodi. Intervyu: standart,
nostandart. Menejer hisoboti metodi: monologik va dialogik.
Boshqaruv psixologiyasi o’ziga xos mazmun kasb etadi, chunki uning
asosiy harakatlantiruvchisi sifatida shaxs o’zining qobiliyati, intellekti,
motivatsiyasi, shaxsiy va boshqa sifatlari bilan markaziy o’rini egallaydi.
Boshqaruv murakkab jarayon bo’lib, u psixologiya bilan o’zviy aloqada
rivojlanadi. SHuning uchun ham boshqaruv psixologiyasi deb nomlanuvchi
alohida fan tarmog’i ajralib chiqqan. U ikki fan ya’ni psixologiya va boshqaruvlar
ta’sirida yuzaga kelgan hamda rivojlandi. Boshqaruv pihologiyasi boshqaruv
fanining bir bo’lagi sifatida tashkilotdagi faoliyatning samaradorligini oshiruvchi
ishlanmalarni ishlab chiqish va o’rganish zarur. Boshqaruv psixologiyasi
psixologiyaning bir bo’lagi sifatida shaxs psixikasini o’rganadi, uning boshqaruv
faoliyatini psixik tavsifini taqiq qiladi va boshqaruvni muvafaqqiyatli tashkil etish
uchun zarur bo’lgan muhim xususiyatlarni tahlil qiladi.
Boshqaruv psixologiyasining o’rganish predmeti- shaxs uning psixikasi va
faoliyatining o’ziga xosligidir. Boshqaruv psixologiyasining predmeti serqirradir.
Uning quyidagi tarkibiy qismlarini ko’rsatib o’tish mumkin:
1. Boshqaruvchi va xodimlarning psixologik xususiyatlari boshqaruv
psixologiyasining predmetini tashkil qiladi. Rahbar shaxsining o’ziga xos
xususiyatlari boshqaruv faoliyatining psixologik asoslari psixologiyaning boshqa
sohalarida o’rganilmaydi.
2. Shaxs faoliyatining samaradorligi faqatgina uning kasbiy yetukligi bilan
belgilanmay, balki shaxsning ayni damdagi ruhiy holatiga ham bog’liqdir.
Shuning uchun ham shaxs psixikasiga salbiy yoki ijobiy ta’sir etuvchi omillarni
o’rganish uning faoliyatini samaradorligini oshirishi mumkin.
3. Boshqaruv psixologiyasi rahbar va xodim o’rtasidagi inforatsiyalarning
o’ziga xos tomonlarini o’rganadi va ushbu axborotlarning psixologik jihatlarini
ochib beradi.
Boshqaruv psixologiyasi rahbar va xodim boshqarilayotgan jamoa orasidagi
o’zaro munosabatlarni o’rganadi. Boshqaruv psixologiyasi boshqaruv jarayonida
shaxs psixologiyasining o’ziga xos jihatlarini o’rganib, ushbu omillarni boshqaruv
jarayonida qo’llash uchun zaruriy tavsiyalarni beradi.
Doimiy va tez o’zgaruvchan zamonaviy dunyoda psixologiya kabi fanlarga
ulkan talablar qo’yilmoqda. Ko’pgina tadqiqotchilarning fikricha, psixologlar
hozirgi kunda shaxsdagi o’zgarishlarni rejalashtirish, shaxsdagi regressiyani
profilaktika qilish zarur.
Rahbar uzoqni ko’ra bilishi va tashkilot faoliyatidagi psixolgik omillar
muhimdir. O’z navbatida psixologlar ham amaliy yordam ko’rsatish bilan birga
samarali ishbilarmonlik aloqalarini o’rnata olishi kerak.
Hozirgi kunda amaliy psixologiyada barcha toifadagi xizmatchilar uchun
ijtimoiy psixologik yordam dasturining turli shakl va metodlari ishlab chiqilgan.
Jahon amaliy psixologiyasining ishlanmalarini qo’llash, g’arb dasturlarini
moslashtirib xodimlar uchun ma’ruza, seminar, ishbilarmonlik va treninglarni
tashkil qilish muassasadagi mehnat samaradorligini oshiradi.
Amaliyotning
ko’rsatishicha,
shaxslararo
munosabatlar
sohasi
boshqaruvchi uchun noaniq doimiy sohaligicha qoladi, shuning uchun bunday
munosabatlarda rahbar o’zini noqulay his etadi.
Boshqaruv psixologiyasi boshqaruv jarayonida shaxs psixologiyasining
o’ziga xos jihatlarini o’rganib, ushbu omillarni boshqaruv jarayonida qo’llash
uchun zaruriy tavsiyalarni beradi.
Jamiyatda boshqarishning asosiy mazmuni ijtimoiy hayotning barcha
sohalarida: mehnat faoliyatida, ishlab chiqarishda, ijtimoiy, siyosiy
faoliyatda, mafkuraviy sohada, ijtimoiy qayta ishlab chiqarishda aniq
imkoniyatlari o’rganiladi.
Ishlab chiqarish sharoitida sotsiologiya kishilardagi ijtimoiy aloqani
shakllanishining asosi bo’lgan mehnat omillarini o’rganadi, ijtimoiy tizimlar, shu
jumladan, ishlab chiqarish tizimi rivojlanishi va amal qilish qonuniyatlari,
kishilarning jamiyatning turli qatlamidagi xulq-atvori qonuniyatlarini tadqiq
qiladi. Ijtimoiy psixologiya gurux va omma psixologiyasining xususiyatlari,
ularni shaxsning ongi va xulqiga ta’siri, kishilar faoliyatini rag’batlantiruvchi
omillar, kayfiyat, ijtimoiy fikrni shakllantiruvchi omillarni o’rganadi. Shaxs
psixologiyasi oliy nerv faoliyati turlari va inson temperamenti, xarakteri,
shaxsning irodasi, qobiliyati, hissiyoti, xotirasi, anglash va his etish qobiliyatini
o’rganadi, mehnat psixologiyasi mehnat faoliyatlari, shu jumladan, rahbar va
mutaxassislar (kasbiy xususiyat va qobiliyatlari, kadrlarni o’qitish usullari,
mehnat jarayonining psixologik jixatlari) faoliyatini o’rganadi.
Kishilarning fikrlash usulida o’zgarish yuz berishi va ularning madaniy
hamda bilim darajasi ortib borishi bilan ijtimoiy-psixologik usullarning ahamiyati
ham ortib boradi. Bunday sharoitda shaxsning ehtiyoj va manfaatlari ma’naviy
soha tomon o’zgarib boradi. O’z mehnatidan qoniqishning muhim omili bo’lib,
ishlab chiqaruvchilarning rahbar bilan o’zaro yaxshi munosabati, ishlab
chiqarishdagi qulay ijtimoiy-psixologik vaziyat xizmat qiladi.
Fanning mohiyati boshqaruv jarayonlari: faoliyat, manfaat, o’zaro
munosabat, o’z-o’zini boshqarish, insonlar ruhiyatini o’rgangan holda ta’sir
ko’rsatish va chet el tajribalarini o’rganishdir.
Fanning predmeti shaxslar, ijtimoiy guruxlarning o’zaro rahbar va
bo’ysinuvchilar bilan munosabati va ruhiyatini o’rganishdir.
Fanning asosiy vazifasi chet el tajribalaridan foydalanilgan holda
amaliyotda, ya’ni korxona faoliyatiga tadbiq etish, aniqlash, korxonaning maqsadi
va aniq imkoniyatlarini o’rganish, jamoani jipslashtirish, korxonaning psixologik
iqlimini yaxshilash, ijtimoiy ximoyalash natijasida ishlab chiqarish va mehnat
samaradorligini oshirish yo’llarini o’rganishdir.
Bulardan tashqari hozirgi psixologlarning tadqiqotlari, printsiplari, yo’l-
yo’riqlari natijasida korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini yaxshilash, mehnat
jamoalarini
tarbiyalash, o’zaro
yordam,
hamda
bir-birlarini qo’llab-
quvvatlashning foydali tomonlarini tushuntirishdir.
Fanda boshqaruv tushunchasi tizimning o’z xayot faoliyatini ta’minlash
jarayoni sifatida tushuniladi. Bunday tizimlar qatoriga biologik, texnik, ijtimoiy
tuzilmalar kiradi. Boshqaruv tuzilma sifatida boshkrruvchi va boshqariluvchi
bo’laklarga ajratiladi.
Boshqaruv o’z tasarrufidagi boshqariluvchi bo’lakka muntazam, rejali va
maqsadga yo’nalgan tarzdagi ta’sir kuchiga ega. Bunday o’zaro faoliyat tizimning
ishchanlik krbiliyatini ta’minlaydi. Boshqaruvdagi tadk^щotlar kibernetika fani
yuzaga kelishi tufayli jadal sur’atlar bilan rivojlanib, murakkab tuzilmani
boshkarishning ilmiy asoslangan tavsiyalari amaliyotga tatbik etila boshlandi.
Boshqaruv bilimlari ko’p jixatdan davr extiyojini aks ettiruvchi asosiy manbaa
bo’lib xisoblanadi. Boshqaruv jarayoni, bir tomondan, tuzilmaning yaxlitligini
ta’minlasa, ikkinchi tomondan uni yanada takomillashtirish va rivojlantirish
imkonini beradi. Shu o’rinda boshqaruvning ikki asosiy funktsiyasi farqlanadi:
maqsadga yo’naltiruvchi va tashkiliy funktsiyalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |