Mavzu:Shaxs psixologiyasining metodologik prinsiplari. Klassik psixoanaliz va uning modifikatsiyalari. Psixologiyda shaxsni o‘rganishlar nazariyasi REJA: 1.Psixologiyada shaxs fenomeni.
2.Shaxsni izohlashdagi o‘ziga xosliklar.
3.Shaxs metodologiyasining nazariy yondashuvlari va uni o‘rganish metodlari.
4.Z. Freydning klassik psixoanalizi
5.Z. Freydning izdoshlari- K. Yung va A. Adler.
6.Shaxs strukturasi
7. Shaxsning rivojlanishi
8.Shaxsning psixologiyada o‘rganishlar nazariyasining o‘rni.
9.Shaxs muammosini o‘rganishda o‘rganishlar nazariyasi vakillarining yondashuvlari.
- 1-jadval. Shaxsni baholash sifatlarining namunasi
- Yuqorida keltirilgan xususiyatlarni mavjudlik holati va sizga yoqimliligi, siz erishishingiz zarur bo‘lganlarini ro‘yxatini tuzish talab etiladi. Ushbu sifatlarni o‘qituvchi yoki ota-ona misolida va real baholashingiz mumkin bo‘ladi. Ushbu toifa sifatlarning kengaytirilgan varianti 300 ta sifatdan iborat ( Gough & Heilbrun , 1983 ) . Bu esa shaxsni yanada kengroq baholash imkoni beradi.
- Shaxs psixologiyasida o‘rganiladigan asosiy muammolardan biri shaxs rivojlanishini tahlilidir. Shaxs psixologiyada tahlil qilishda uning hayotining barcha bosqichlari, ongsizlik ta’sir ko‘rsatadimi yoki bolalikdan keyingi davrlarda shaxs sifatida o‘zgarish yuz beradimi? Ushbu tarzdagi savollarga javob izlash zarur bo‘ladi.
- Mazkur masalalarni shaxs psixologiyasining metodologik masalalaridan hal etish uchun qator shaxs nazariyalarni ko‘rib chiqish zarur bo‘ladi.
- Shaxsni o‘rganishga doir yondashuvlarning har bir muammoning o‘ziga xos boshqotirma sifatida uning hal etishga e’tibor qaratganliklarini guvohi bo‘lamiz.
- Hattoki, ayrim yondashuvlarni o‘rganish esa o‘nlab yillarni taqozo etadi. Shaxs psixologiyasi esa mazkur masalalarga javob topishga intiladi.
- Ongni o‘rganish. Shaxs muammosini o‘rganishga yondashuvning bir jihati uning ongini o‘rganishga yo‘nalganligidir. Psixologiya shaxsning ushbu jihatini o‘rganishda tabiiy fanlarning metodlarini modifikatsiya qilish asosida erishdi. V.Vund va boshqa psixologlar inson tabiatini o‘rganishda tabiiy-ilmiy fanlar ta’sirida uni insonning aqlini o‘rganishda foydalandilar. Ushbu tadqiqotlarda psixik jarayonlar eksperimental o‘rganilgan bo‘lsa-da, ammo ularda cheklanishlar bor edi.
- Xulq-atvorni o‘rganish. 20-asrning dastlabki o‘n yilligida amerikalik olim Djon B. Uotson biologik masalalarni o‘rganishga e’tibor qaratdi va bu esa shaxs xulq-atvorini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, Vilgelm Vundtning qarashlariga zid edi. Uotsonning bu harakatlari bixeviorizm deb nomlandi. U psixologiya inson tabiatining moddiy jabhalarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lishi kerak degan g‘oyani ilgari surdi. Uning g‘oyasicha, tashqi xulq-atvor psixologiyaning o‘rganish asosi bo‘la oladi. Bu esa xulq-atvorni o‘rganishga ehtiyoj tug‘diradi. Bixeviorizm esa inson tabiatini mexanik tasvirini o‘zida ifoda etdi. Keyinchalik bu g‘oyani Skinner boyitdi.
- Shaxs psixologiyasining metodologik masalalarini boshlang‘ich bo‘g‘inidan biri sifatida Freyd faoliyatini qayd etish mumkin. Venalik vrach Freyd psixoanalizga asos soldi. Bu esa uning vrachlik faoliyatida emotsional buzilishlardan aziyat chekkan insonlarni o‘rganish orqali o‘zining ilmiy yondashuviga asos soldi. U o‘zining uzoq vaqtli seanslari asosida uning hayotiy to‘g‘risidagi ijodiy talqinlari taqdim etdi. Uning yondashuvi eksperimental o‘rganishdan keskin tafovut qildi. Freydning psixoanalitik yondashuvi inson tabiati haqidagi noyob qarashlarni ishlab chiqishga sabab bo‘ldi.
- G.Olportning xizmatlari hisobida o‘tgan asrning 30-yillariga qadar Garvard universitetida shaxs psixologiyasi amerika psixologiyasida bir tizimga keltirishga erishildi. Buning uchun tadqiqot ishlari, o‘quv kurslari va ilmiy jurnallar nashr etishga erishildi.
- Shaxsni baholash metodlari. Shaxsni nazariy o‘rganish oqibatda uni baholash metodlari shakllantrildi. Ushbu metodlar o‘zining obyektivligi, ishonchliligi va aniqligi bilan farq qiladi. Metodlar o‘z navbatida shaxsni o‘rganish nazariyalariga muvofiqdir.
- Bugungi kunda shaxsni baholashda asosiy yondashuvlar quyidagi tadqiqot metodlariga tayanadi:
- O‘zi haqida hisob berish yoki obyektiv materiallar orqali baholash;
- proyektiv metodlar;
- klinik intervyu;
- xulq-atvorni baholash vositalari;
- Shaxsni o‘rganish yoki qiyoslash:
- Shaxsning tipi va qirrasi bir insonning boshqasidan farq qilish imkoniyatini beradi.
- Nomotetik yondashuv- guruhdagi insonlarni bir-birini biror bir xususiyati yoki shaxslilik qirrasiga ko‘ra qiyosiy o‘rganish.
- Ideografik yondashuv-bir insonni boshqa kishilar bilan qiyoslamasdan o‘rganish.