Reja: Psixologiyada shaxs fenomeni


Shaxs nazariyalarini ijobiy baholash mezonlari



Download 49,99 Kb.
bet2/8
Sana22.06.2022
Hajmi49,99 Kb.
#693683
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-seminar

Shaxs nazariyalarini ijobiy baholash mezonlari:
verifikatsiya- nazariyaning empirik jihatdan tekshirilganligi va uning tasdiqlanganligi.
kengqamrovli ekanligi - yaxshi nazariya boshqalari bilan bir xil sharoitda xulq-atvor fenomenlarini keng spektrda tushuntirishi.
tatbiqiy qimmatga egalik - nazariya, inson hayotiy imkoniyatlarini oshirish uchun amaliy istiqbollarni tavsiya etish.
nazariya bilan tadqiqot o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik.
Shaxsning uzoq hayot yo‘lida turli xil toifa insonlar hayot yo‘lini tanlashda bir biridan farq qiluvchi faoliyat yo‘nalishiga ega bo‘ladi. Bu esa insonning o‘ziga bo‘lgan ishonchi, doimiy ravishda quvnoq bo‘lishi boshlagan ishining qanday tarzda yakunlashiga sabab bo‘ladi. Shaxsning maqsadiga erishishida uning optimistligi, emotsional barqarorligi uning ishonch va e’tiqodidan og‘ishidan saqlaydi. Yana murakkab yo‘lga duch kelganda unda 
Tolkina Sem Gemji o‘zining tafovutli va ishonchli xulq-atvor modelini namoyish etadi. Bu shaxs modeli shaxsning tafakkur, tuyg‘ulari va harakatlar modelini tavsiflovchi hisoblanadi (buni Den MakAdams va Djennifer Pals (2006) taqdim etgan), unda sotsial vaziyatlar va o‘zining qirralarida ifoda etuvchi shaxs tabiatining noyob ko‘rinishi sanaladi.
Shu bois navbatdagi masalalar insoniyat tarixining madaniy merosi sifatida xizmat qiladigan shaxs nazariyalariga qaratiladi. Tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan istiqbollar shaxs psixologiyasining muammolari yo‘nalishini aniqlashga yordam beradi va bugungi kun tadqiqotlarda hal etilishi kerak bo‘lgan masalalarning yechimini topishga xizmat qiladi. 
Xorijiy psixologiyadagi shaxs muammosiga doir ilmiy manbalarni tahliliy jihatlarida quyidagi ilmiy g‘oyalar mazmuniga e’tibor qaratiladi:
• Z.Freydning psixoanalitik nazariyasi bo‘lib, uning metodologik asosida bolalik va ongsiz shahvoniylik motivlari shaxsga ta’sir ko‘rsatishi tahlili taqdim etilgan.
• Gumanistik psixologiya yondashuvida esa shaxsning o‘sishi va o‘zining Menini shakllantirishida ichki imkoniyatlarning o‘rni yuqori ekanligi ilgari suriladi.
Bunday klassik yondashuvlar inson tabiatini yoritishning keng istiqbolini taqdim etadiki, ular yaqqol shaxslilik aspektdan ilmiy izlanishlar olib borishga xizmat qilmoqda. Shaxs muammosini o‘rganayotgan doir zamonaviy tadqiqotlar muammoni shaxslilik, biologik jihatdan o‘rganayapdilar. Ularning asosiy mezonlari inson bilan atrof muhit o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlashuviga ham tayanadi. Shuningdek, ular qadr-qimmat, og‘ishlar, madaniy muhit ta’siri va boshqa jihatlar, xususan, ongsizlikni ham o‘rganmoqdalar.
Z.Freydning psixoanalitik nazariyasi[1]
Z.Freyd g‘arb madaniyatiga chuqur ta’sir ko‘rsatdi. Agar ko‘chadagi 100 insondan so‘rasangiz taniqli psixologning nomini bilishlari haqidagi mulohazani Kit Stanovich (1996) ilgari suradi. Freydning klinikv psixologiya va psixiatriyadagi ilmiy qarashlarini alohida o‘ringa ega. Z.Freyd nimani o‘rgandi? U she’riyat, pyesa va falsafaga juda qiziqishi bo‘lganligi sababli, o‘z tadqiqotlari uchun vaqtni bekorga sarflamadi. U tibbiyot yo‘nalishida tahsil olgandan so‘ngra xususiy amaliyot bilan shug‘ullandi. U amaliyotda nevrologik sababga ega bo‘lmagan ruhiy o‘zgarishga ega bo‘lgan patsiyentlarga duch keldi. Masalan, baqquvvat bo‘lsa-da, patsiyent qo‘ldagi sezgilarni yo‘qolishining sababini Z.Freyd insonning aqliga bog‘liqligini aniqladi. Bunday holatda patsiyentni davolash yo‘li uning o‘z-o‘ziga munosabatini o‘zgartirishda degan xulosaga keldi.
Freydning kuzatishlari qator nevrologik buzilishlarning psixologik sabablari mavjudligi to‘g‘risidagi xulosaga olib keldi. Bu orqali Freyd ongsizlikni kashif qildi. Uning fikricha ko‘zi ojizlik yoki karlik, beixtiyor ko‘rmaslik va eshitmaslik xohishi insonga keskin xavotirlikni uyg‘otar ekan. Freyd gipnoz ongsizlikka yo‘l deydi va patsiyentlarni davolashda undan foydalandi. Gipnoz patsiyentlari gipnoz tufayli o‘zlarining anglab bo‘lmas qobiliyatlarini ochdilar. So‘ngra u patsiyentlar o‘zlarini ruhiy yengillashishlariga imkon beruvchi erkin assotsiatsiya usulini olib kirdi. Ushbu usulga ko‘ra patsiyent o‘zining dardlarini bayon etadi. Bu esa patsiyentlarga ruhiy yengillik olib keldi. Freyd ruhiy buzilishlarning zamini, bugungi bezovtalanishlarning sababi patsiyentlarning o‘tmishi bilan bog‘liq, bolalikdagi tuyg‘ulariga borib bog‘lanishini ta’kidladi. Kasalliklarning ongsizlik sabablariga tayangan shaxs nazariyasini psixoanaliz davolash metodi bilan bog‘ladi. Freyd nazariyasining umumiy ko‘rinishi quyidagi 1-rasmda keltirilgan:

Download 49,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish