Maqsadi va vazifalari. Boshqaruv psixologiyasi fani



Download 351,78 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana28.06.2022
Hajmi351,78 Kb.
#716296
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-МАЪРУЗА

Forobiyning
bu fikrlaridan ko’rinadiki, raxbar shaxsi birinchi 
navbatda o’zini yomon odatlardan ozod qila olishi, boshliqlarni yaxshi ishlarga 
ruxlantira olishi kerak ekan. Bu fikrlarning bugungi kunimiz uchun xam axamiyati 
pasaymaganligini kuzatish mumkin. O’rta Osiyoning buyuk donishmandlaridan biri 
bo’lmish 
Abu Rayxon Beruniy 
xam boshqaruv va boshqaruvchi shaxsi xususida 
o’zining bir qator fikr-muloxazalarini bayon etgan. U xar bir kishiga baxo berish 
uchun, uning qilgan ishini kuzatish mumkinligini ta’kidlaydi: «Xar bir odamning 
baxosi o’z ishini ajoyib bajarishidadir». Beruniy
 
o’zining «Xindiston» asarida ushbu 
g’oyani ilgari surgan.
Abu Nasr Forobiy
so’radi: «Tabiati jixatidan boshqarish va 
siyosat ishlariga qiziquvchi, boshliq bo’lishga fazilat va kuchi bilan xaqli, fikr va 
maqsadda sabotli, davlatni o’zidan keyingilarga qoldirib, ularning o’z ota-
bobolariga qarshi bo’lmasliklarini maqsad qilib olgan kishi tomonidan berilgan xar 


bir buyruq, buyurilgan kishi oldida turgan tog’lar singari maxkam bo’lib, u buyruqqa 
kun vaqtlar va uzoq zamonlar o’tsada, keyingilar xam bo’ysunadilar». Uning 
fikricha, tabiatan boshqarishga moyil bo’lgan xokim o’z fikri va qarashlarida qat’iy 
bo’lishi, o’z ishlarini amalga oshirishda donishmandlar tomonidan bildirilgan ilg’or 
muloxazalarga bo’ysunishi lozim. Odil xokimning asosiy vazifasi oliy va past 
tabaqalar, kuchlilar va kuchsizlar orasida tenglik va adolat o’rnatishdan iboratdir.
Xokimning muxim vazifalaridan yana biri fan taraqqiyotiga, olimlarga 
g’amxo’rlik qilishdir. Demak, Beruniy
 
o’z insonparvarlik g’oyalari bilan boshqaruv 
va raxbarlik psixologiyasi ta’limotlari rivojiga o’z xissasini qo’sha oldi. U insonlar 
orasida o’zaro tushunish, tenglik va boshqaruvda adolatni himoya qilib chiqdiki, bu 
fikrlar xamisha xam qadrlidir. XI asrning yirik allomalaridan Yusuf Xos Xojib 
o’zining «Qutadg’u bilig», ya’ni «Saodatga boshlovchi bilim» asarida boshqaruvchi 
shaxsi, ya’ni podshox xalq bilan birga va adolatli bo’lishi lozimligi g’oyasi ilgari 
suriladi. Uning o’git va nasixatlari xokimlarga qaratilgan bo’lib, boshqaruvchi 
raxbar 
tevaragida 
tabiatan 
yaxshi 
niyatli, 
yuksak 
axloq 
soxibi 
bo’lgan kishilar bo’lgandagina, u to’g’ri ishpar qilishi, to’g’ri farmonlar chiqarishi 
mumkin, shundagina mamlakat farovonbo’lib ravnaq topadi.
Yusuf Xos Xojibning
 
fikricha: «Kishi qanchalik yuqori martabaga erishmasin, 
u baribir kamtar bo’lib qolishi lozim». Buyuk sarkarda, soxibqiron Amir Temur
 
xam 
katta bir saltanatning asoschisi, raxbari sifatida boshqarish va raxbarlik masalalariga 
oid kuchli tamoyillarni yaratgan. Uning tuzuklari o’z davrining ijtimoiy vokeyligiga 
xos bo’lgan stratometrik tuzilma xamdir. U o’z tuzuklarida 12 ta ijtimoiy tabaqani 
farqlab beradi: (1) sayidlar, ulamo, mashoyix, fozil odamlar; (2) ishbilarmon, 
donishmand odamlar; (3) xudojo’y, tarki dunyo qilgan kishilar; (4) amirlar, 
mingboshilar; (5) sipox va raiyat; (6) maxsus ishonchli kishilar; (7) vazirlar, 
sarkotiblar; (8) xokimlar, tabiblar; (9) tavsir va xadis olimlari; (10) axdi xunar va 
san’atyilar; (11) so’fiylar; (12) savdogar va sayyoxlar. Amir Temur
 
fikricha, bu toifa 
kishilarning taqdirini podshox, xazina va askarlar xal qiladi. Ko’rinib turibdiki, bu 
turlanish asosini tabaqaning ijtimoiy voqelikka nisbatan bo’lgan munosabatlari va 
xulq-atvorlari tashkil etadi.


Ijtimoiy xayotni boshqarishda bunday ijtimoiy-psixologik yondashuv Amir 
Temur
 
uchun o’z davrida katta bir saltanatga asos solish imkoyini bergan edi. Davlat 
arbobi bo’lgan, klassik namoyonda 
Alisher Navoiy
ning «Saddi Iskandariy» 
dostonida jamiyatni adolat bilan boshqarish uchun shaxsda mavjud bo’lishi lozim 
bo’lgan sifatlar majmui 
Iskandar 
obrazi orqali bayon etilgan: «Dili, niyati 
pok, xayr va saxovatli, kamtarin va muloyim shaxs, dono podshox va dunyo sirlarini 
bilishga qiziquvchi aql-zakovat egasi raxbar bo’lishi kerak. Podshox bo’lishda 
manman, o’zini boshqalardan ustun qo’yish, o’zgalarni pisand qilmaslik, avom xalq 
bilan birga bo’lolmaslik xislatlari nuqsondir». 
Yuqorida keltirilgan adabiyotlar taxlilidan ko’rinadiki, bizning xududimizda 
yashab ijod etgan mutafakkirlar, davlat arboblari, namoyondalar asarlari va 
qarashlari boshqarish, raxbarlik muammolariga bag’ishlangan bo’lib, ularda 
ijtimoiy voqelikka nisbatan ijtimoiy-psixologik yondashish, insonparvarlik 
g’oyalari ustuvor etib olingandir. 
Har bir fanning aloxida o’rganish metodlari bo’lganidek boshqaruv 
psixologiyasining ham o’z metodlari va ularni qo’llash vositalari mavjud. 
Boshqaruv psixologiyasida qo’llaniladigan metodlar psixologiya va sotsial 
psixologiya fanlarida qo’llaniladigan metodlarga yaqin, lekin fanning 
predmetidagi o’ziga xoslikni hisobga olgan xolda ularni ishlatish yo’llari va 
ma’lumotlari ilmiy jixatdan taxlil qilinadi. Boshqaruv psixologiyasining 
metodlari quyidagilardan iborat. 
1.Kuzatish metodi. 
2.So’rov metodi. 
3.Kontent – analiz. 
4.Ijtimoiy psixologik testlar. 
5.Xujjatlarni tahlil qilish metodi. Biografik metod 
6.Menejer bilan individual suhbat metodi. 
7.Intervyu: standart, nostandart. 
8.Menejer hisoboti metodi: monologik va dialogik. 


Kuzatish metodi yordamida aniq ishlab chiqilgan reja asosida kuzatuvchini 
qiziqtirgan u yoki bu ijtimoiy hulq- atvor shakllari qayd etiladi. Kuzatish metodi 
qo’llanilganda tadqiqotchi bir qancha qoidalarga rioya qilishi kerak. 
1.Kuzatish maqsadi aniq bo’lishi va ilmiy maqsadlarga mos kelishi lozim. 
2.Kuzatish shaklini tanlash va kuzatish natijalarini qayd etish usullarini ishlab 
chiqish. 
3.Ma’lum reja va sxema asosida muttasil kuzatuv olib borish. 
4.Olingan natijalarning asosligi va ishonchliligini boshqa uslublar yordamida 
tekshirib ko’rish. 
Ijtimoiy psixologiyada qo’llaniladigan kuzatish metodining 3 shakli mavjud. 
A.Tashqi kuzatish – ko’zatiluvchilar faoliyatiga aralashmagan xolda ularning 
hulq – atvorini qayd qilish natijasida ma’lumot to’plashga asoslanadi. Bunday yo’l 
bilan ilmiy faktlarni isbot qilish qiyin,shuning uchun ham bu usul boshqa 
usullarga qo’shimcha vosita sifatida ishlatiladi. 
B.Qo’shilib kuzatish – bunda tadqiqotchi kuzatuvchilar faoliyatiga bevosita 
aralashib, kerak bo’lsa ular bilan birga yashaydi, birga ishlaydi Bu usulning 
qulayligi 
shundaki, 
kuzatilayotganlar 
o’zlarining kuzatilayotganliklarini 
sezmaydilar, kuzatuvchini guruh a’zosi sifatida qabul qiladilar. 
V.Muxim vaziyatlarni qayd etish – bunda aloxida shaxs yoki guruh kutilmagan 
tasodifiy vaziyatga solinadi va ularning vaziyatga bo’lgan munosabati, o’zini 
tutishi, ziddiyatli va qiyin holatlardan chiqish yo’llari kuzatiladi. 
So’rov metodi. Bu metod orqali muayyan bir vaziyat yoki muommoni hal qilish 
jarayonida inson psixologiyasidagi o’zgarishlar, odamlarning aql – zakovati, xulq 
– atvori, e’tiqodi, dunyoqarashi to’g’risida ma’lumotlar olinadi. So’rov metodi 
ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda keng qo’llaniladi, ayniqsa, anketa so’rovi, 
intervyu shular jumlasiga kiradi. Ushbu so’rov metodlari tadqiqotchi bilan 
tekshiriluvchining bevosita yoki bilvosita muloqati tufayli birlamchi ma’lumotlar 
to’plash usulidir.


So’rovni o’tkazadigan odamdan talab qilinadigan narsa bu muloqot 
madaniyatidir. Eng yaxshi suhbat yoki intervyu bevosita erkin fikr almashinuvi 
sharoitida o’zaro fikr almashinuviga qaratilgan muloqotdir. Intervyu o’tkazish 
uchun odam maxsus ravishda tayyorgarlik ko’rishi kerak, chunki u tadqiqotchidan 
qator muxim sifatlarning bo’lishini talab qiladi. Shuning uchun ham ijtimoiy 
psixologiyada rolli o’yinlar metodi yordamida psixolog yoki sotsiologlar maxsus 
tayyorgarlik kursidan o’tadilar. 

Download 351,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish