Mavzu:“xix asr o’rtalaridagi namoyondalar: Senior, Bastiya, Mak-Kullox va Kerilarning iqtisodiy qarashlari”



Download 117,85 Kb.
Sana27.06.2021
Hajmi117,85 Kb.
#102610
Bog'liq
Mirzaqosimv Davrbek referat


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA

MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI



MUSTAQIL ISH

MAVZU:“XIX asr o’rtalaridagi namoyondalar: Senior, Bastiya, Mak-Kullox va Kerilarning iqtisodiy qarashlari”

BAJARDI: 72-20_guruhtalabasi

Mirzaqosimov Davrbek

QABUL QILDI:TUHTASINOVA M.

Farg'ona–2020



Reja:

1.Vilyam Senior va"Tiyilish"nazariyasi .

2.Fransiyalik iqtisodchi Bastia qarashlari.

3.Genri Keri nazariyasi.

4.Klassik maktabning so'ngi vakillaridan biri Mak-Killax fikrlari.

Klassik maktab g'oyalarini boyitishga Angllyada N . Senior, Fransiyada F.Bastia, AQSHda G.Keri, Germaniyada tarixiy maktab namoyandalari katta hissa qo'shdilar. Bular ichida N.Senior alohida o'rin egallaydi. Nassau Vdyam Senior (1790-1864) Londondagi mashhur Oksford universitetining siyosiy iqtisod kafedrasi professori, «tiyilish» va «so'nggi soat» nazariyalarining muallifi sifatida mashhur bo'ldi.

N.Senior g'oyalari «Siyosiy iqtisod fani ocherklari» (1836) va «Fabrika qonunchiligi to'g'risidagi xatlar»da bayon etilgan. U o'zining qiymat nazariyasida qiymatni baho bilan bir narsa deb hisob1aydi va qiymat ta1ab bilan taklifga bog'liqligini aytadi. U mehnat (ishchilarning «qurboni») bilan bir qatorda kapitalistning «tiyilishi»ni ham qiymatning manbayi deb e'lon qiladi.

«Tiyilish. nazariyasida N .Senior kapitalni kapitalistning berayotgan «qurboni» deb hisobladi. Uning ta'kidlashicha, kapitalist o'z kapitalini ishlab chiqarish sohasiga qo'yganda (investisiya) o'zining shaxsiy iste'molidan go'yo ma'lum davr «tiyilib» turadi, mehnat esa o'z navbatida, ishchining dam olish va tinchlik evaziga qilgan «qurboni»deb qabul qilinadi. Shunllg uchun ish haqi va foyda kapitalist va ishchi bergan tegishli «qurboniar» uchun bab-baravar mukofot emish.

XIX asrning 40-50-yillarida fransuz va xalqaro ishbilannonlar orasida F.Bastianing (1801-1850) nomi va iqtisodiy qarashlari keng ommalashdi. U boy fransuz ishbilannoni oilasida tug'ildi. Bastia 40-yillari bir qancha pamfletlar chiqarib, ularda erkin savdo foydasiga proteksionizmni inkor etuvchi, vino ishlab chiqaruvchilar manfaatini himoya qiluvchi, sotsialistik g'oyalarga qarshi bo'lgan qarashlani faol targ'ib etdi. Bu pamfletlar g'oyasi mazmun jihatdan original bo'lmasa-da, yozilish shakli bilan ajralib turadi. F.Bastianing eng asosiy g'oyasi jamiyatdagi ijtimoiy antagonizmning mavjudligini inkor etishdir. Uningcha, o'sha davrdagi jamiyat dunyodagi «eng go' zal, mukammal, mustahkam butunjahon assotsiatsiyalaridandir. Barcha qonuniy manfaatlar uyg'unlashgandir. F.Bastia 1850-yilda «Iqtisodiy garmoniyalar» kitobini chop etdi. Unda gannoniya (uyg'unlik)ning asosini almashuv va sof, hech narsa bilan chekinmagan raqobatda ko'radi. F.Bastia o'z g'oyasini isbotlashda Seyning fikridan foydalanganbo'lib, xizmatlar nazariyasi bunga mos keladi, ya'ni almashuv, xarid-savdo o'zaro teng «xizmatlar»ni almashish demakdir. Sey bo'yicha bu «xizmatlar» nafaqat odamlar, balki buyumlar va tabiat kuchlari tomonidan ko'rsatilsa ham, Bastia jamiyat hayotining qanday sohasida bo'lmasin, faqat shaxsiy xizmatlarni ustun qo'yadi.

Ayni vaqtda ish tashlashlar bo'lib turdi. Siyosiy kurashning keskinlashuvi vulgar siyosiy iqtisod uchun zamin yaratdi. Bundan tashqari klassik siyosiy iqtisod AQSHda qulchilikning saqlanib qolishini tanqid qilar edi. Shu sababli AQSHda yuzaga kela boshlagan iqtisodiy fikr klassik maktabga qarshi chiqdi. Bu g'oyalar Genri Charlz Keri (1793-1879) tadqiqotlarida o'z aksini topdi.

1837-40-yillarda uning «Siyosiy iqtisod prinsiplari» va 1857-59-yillarda « Ijtimoiy fanlarning asoslari» nomli asarlari chop etildi. Bu asarning qisqacha varianti 1865-yilda«Ijtimoiy fanlar uchun qo'llanma» nomi bilan chop etildi. F.Bastia amerikalik shu olimdan ilhomlandi. G.Ch. Keri ingliz siyosiy iqtisodiga keskin qarshi chiqib, AQSH kapitalizmini madh etdi. Uning asosiy asari «Manfaatlar uyg'unllgi» (1872) kitobidir. G.Kerining qarashlari Angliyaga qarshi ruhda edi. U Rikardoning ta'limoti va Maltus aqidalarini rad qildi.G .Kerining metodologiyasi subyektiv idealizm va mexanitsizm bilan obyektiv iqtisodiy qonunlarni tabiat qonunlariga almashtirish bilan xarakterlanadi.

G.Keri proletariat bilan burjuaziya manfaatlarining bir xilligini go'yo kapitaIistik jamiyatda mehnat unumdorligi oshishi bilan ish haqi ham oshib boraveradi, shuning natijasida ishchi bilan kapitalistning iqtisodiy ahvoIidagi tafovut asta-sekin kamayadi, degan qoida bilan asoslamoqchi bo'idi. G .Keri kapitalistik jamiyatda aholining nisbiy ko'payishi va ekspluatatsiya kuchayishi faktlarini mutlaqo inkor qilib: «Ishchilar sinfi farovonligining oshib borishi texnika taraqqiyoti bilan bog'Iiq», -dedi.

London universitetining siyosiy iqtisod bo'yicha professori Jon Ramsey Mak-Kullox (1789-1864) ham klassik maktabning so'nggi nomoyandalaridan hisoblanadi. U «Siyosiy iqtisodning boshlanisbi» (1825) kitobida qiymatning mehnat nazariyasini rasman tan olsa ham, ishchigina emas, ishlab chiqarish jarayonida ishtrok etgan shamol, bug', koks, mashina ham mehnat qiladi, degan g'oyani ilgari surdi. Bunga asoslanib, foyda qiymatning jamg'arilgan mehnat yoki kapital «ishi» tufayli yaratilgan qismidir, deb tushuntiradi. Merkantilistlar kabi u ham foyda ayirboshlash jarayonida vujudga keladi, deb da'vo qiladi. J.Mak-Kullox Maltusning «Aholi nufusi» qonunini to'la quvvatladi.Agar avvalgi iqtisodchilar klassik maktabni turlicha sharhlashga intilgan bo'lsalar, XIX asming 30-50-yillarida iqtisodchilar o'rtasida klassik maktabdan ochiqdan ochiq aloqani uzishga intilish paydo bo'ldi. Bu davrda sanoat to'ntarilishi nihoyasiga yetdi, sinfiy differensiatsiya amalga oshdi.

Umuman olganda harbir namoyondalar o’zlarining g’oyalarida qatiy va ishonarli turishgan.Ularning iqtisodiy ta’limga qo’shgan hissalari bo’lakchadir.Ularning g’oyalarisiz bugungi kundagi iqtisod bu darajaga yetmagan bo’lardi.



Foydalanilgan adabiyotlar:

Iqtisodiy ta'limotlar tarixi. Oliy ta'lim muassasalarining talabalari uchun darslik/ A. Razzoqov, Sh. H. Tashmatov, N. T. O'rmonov; Mas'ul muharrir S.S.G'ulomov; va internet tarmog'idagi malumotlar.
Download 117,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish