Ma’ruza 02 Yoyli payvandlash ta’minot manbalari Reja: Yoyli payvandlash ta’minot manbalariga qo‘yiladigan talablar. Elektr yoyli payvandlashning elektr ta’minot manbalari.



Download 344,13 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana28.06.2022
Hajmi344,13 Kb.
#715249
  1   2
Bog'liq
Маъруза 02



Ma’ruza 02 
Yoyli payvandlash ta’minot manbalari 
Reja: 
1. Yoyli payvandlash ta’minot manbalariga qo‘yiladigan talablar. Elektr yoyli 
payvandlashning elektr ta’minot manbalari. 
2. Elektr payvandlash turlari. Dastakli va mexanizatsiyalashgan va avtomatik 
payvandlash qurilmalari. 
1. Yoyli payvandlash ta’minot manbalariga qo‘yiladigan talablar. Elektr yoyli 
payvandlashning elektr ta’minot manbalari. 
Payvandlash elektr yoyining oziqlantirish manbalari quyidagi talablarga javob 
berishlari shart:
─ bajarilayotgan payvandlash texnologik jarayonining bajarilishi uchun zarur tok 
kuchi va kuchlanishni ta’minlashi; 
─ tashqi volt-amper xarakteristikasining zarur ko‘rinishiga ega bo‘lishi; 
─ dinamik xususiyatlarga ega bo‘lishi ─ qisqa tutashuv momentidan so‘ng 
yoydagi kuchlanishni tiklash qobiliyatiga ega bo‘lishi (bu momentda kuchlanish nolga 
teng); 
─ payvandlash tokini rostlash qurilmasiga ega bo‘lishi; 
─ normal yonish (o‘t olish)ni va payvandlash yoyining stabil yonishini ta’minlash 
uchun salt yurish kuchlanishi (payvandlash zanjiri ochiq) engil qo‘zg‘alishi (chaqnashi) 
uchun yoydagi kuchlanish 2-3 baravar katta bo‘lishi. Odatda yoydagi kuchlanish 18-35 
V-ga teng. Bir vaqtning o‘zida manbaning qisqichlarida elektr payvandchining normal 
ishlashi uchun kuchlanish uning uchun xavfsiz bo‘lishi shart, odatda bu kuchlanish 50-
80 V-ga teng. Oziqlantirish manbaining dinamik xossalari, ya’ni kuchlanishning 
tiklanish vaqti 0,05 sekunddan katta bo‘lmasligi shart. Transformatorda rostlash 
qurilmasining borligi har doim payvandlash tokini rostlashga imkon bermaydi. SHuning 
uchun qator hollarda payvandlash zanjiriga ketma-ket ravishda ballast reostatlari 
ulanadi. Ballast reostatlari payvandlash toki kuchini silliq asta rostlash imkoniyatini 
beradi va qo‘lda elektr yoyli payvandlash chog‘ida oziqlantirish manbaining volt-amper 
xarakteristikasini yaxshilaydi. 
Payvandlash yoyining oziqlantirish manbai asosan farq qiladi: 
● tok turi bo‘yicha ─ o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok manbalari; 
● postlar soni bo‘yicha ─ bir postli va ko‘p postli; 
● konstruktivno transformatorlar (o‘zgaruvchan tok apparatlari), to‘g‘rilagich va 
o‘zgartgichlar. 
Tokning turlari bo‘yicha payvandlash zanjirida ─ o‘zgaruvchan tok manbalari 
farqlanadi, bir fazali va uch fazali transformatorlar farqlanadi, ular turlicha tiplardagi 
yuritmalarga ega maxsus alyuminiy qotishmalarni payvandlash uchun qurilmalar, 
o‘zgarmas tok manbalari ─ payvandlash to‘g‘rilagichlari va generatorlari. 


1─rasm. Payvandlash jarayonining blok sxemasi: 
KT─Kuch transformatori; KTB─Kuch to‘g‘rilagich bloki; L─drossel 
Xizmat ko‘rsatish postlari bo‘yicha bitta postli va ko‘p postlilarga ajratiladi, 
qo‘llanish bo‘yicha esa ─ umumsanoat va maxsus oziqlantirish manbalariga bo‘linadi. 
2─rasm. Payvandlash to‘g‘rilagichlari 
Hozirgi vaqtda o‘zgarmas tok payvandlash yoyini oziqlantirish uchun 
payvandlash to‘g‘rilagichlari, yuqori chastotaga ega zvenoli manbalar va aylanuvchi 
elektromashinali o‘zgartgichlar va agregatlar qo‘llaniladi. 
Bir postli payvandlash to‘g‘rilagichlari ─ bu uch fazali tarmoqning o‘zgaruvchan 
tok energiyasini yoyli payvandlash uchun foydalaniladigan to‘g‘rilangan kuchlanish 
energiyasiga aylantiruvchi statik o‘zgartgichlardir. 


3─rasm. Bir postli mexanik rostlanuvchi payvandlash to‘g‘rilagichi 
Ular mexanizatsiyalashtirilgan flyusli va karbonat angidrid muhitida eruvchan elektrod 
bilan payvandlashda donalab elektrodlar bilan qo‘lda payvandlash uchun 
oziqlantirishga foydalaniladi. g‘ 
Payvandlash to‘g‘rilagichlarini rostlash usullari va postlar soni bo‘yicha bo‘lish 
mumkin. Payvandlash tokini va kuchlanishini rostlash bo‘yicha quyidagi usullar 
mavjud: mexanik va elektron rostlash. 
Qo‘lda yoyli payvandlash uchun bir postli rostlanuvchi payvandlash 
to‘g‘rilagichlari qo‘llaniladi, ular konstruksiyasining soddaligi, ishlashda ishonchliligi, 
xizmat ko‘rsatishdagi osonligi, payvandning yuqori sifati bilan keng ommaviylashib 
ketdi. Tashqi xarakteristikasining keskin pasayuvchi qismini olish va shu manbalarda 
payvandlash tokini rostlash uchun orttirilgan magnit sochilishiga ega transformatorlar 
foydalaniladi, bunday holda mexanik rostlashning ikkita asosiy sistemalari: 
qo‘zg‘aluvchan magnit shuntlar va qo‘zg‘aluvchan g‘altaklar foydalaniladi. 
Qo‘zg‘aluvchan magnit shuntli transformatorlar uch fazali variantda xorijda 
payvandlash to‘g‘rilagichlarda keng qo‘llaniladi. Ushbu rostlash sistemasining asosiy 
fazilati ─ bitta diapazonda payvandlash tokining etarlicha keng chegaralarga erishish 
imkoniyati. Biroq, bu faqat qo‘zg‘aluvchan shunt va transformator sterjenlari kichik 
havo zazorlari (oraliqlari)da (0,5 mm) mumkin. Ommaviy ishlab chiqarishda bunday 
zazorlarni ta’minlash katta texnologik qiyinchiliklarni tug‘diradi. Undan tashqari 
magnit shuntli uch fazali transformator va magnitoprovod sterjenlarining bir 
tekislikdagi 
joylashuvi 
o‘rta chetki fazalar sochilish maydonlari magnit 
o‘tkazuvchanliklarining qo‘zg‘aluvchan g‘altakli transformatorlardan anchagina 
kattaligi kattagina nesimmetriyaga ega bo‘ladi. Magnitoprovod darchasiga shuntlar 
kiritilganida ikkilamchi kuchlanishlar, hamda faza va liniya toklarining nosimmetriyasi 


juda sezilarli, bu esa aktiv materiallarning sarfini orttiradi va to‘g‘rilagichlarning 
payvandlash sifatining pasayishiga olib keladi. 
Qo‘lda yoyli payvandlash uchun to‘g‘rilagich uchun qo‘zg‘aluvchan g‘altakli 
transformatorlar hozirda keng tarqalgan. 
Ko‘p postli oziqlantirish manbalari 
Sexda payvandlash postlarining katta soni mavjud bo‘lganida ko‘p postli 
oziqlantirish manbalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir (4-dan 30-ta postgacha). 
Hozirgi vaqtda ko‘p postli transformatorlar ishlab chiqarilmaydi. Ko‘p postli 
to‘g‘rilagichli sistemalar 630, 800, 1000, 1250, 1600, 2000, 4000 va 5000 A 
payvandlash toki uchun mo‘ljallangan. Mo‘ljallanishi bo‘yicha qo‘lda payvandlash, 
karbonat angidridda mexanizatsiyalashgan payvandlash va universal sictemalar 
farqlanadi. Post reostatlari bilan, drossellar bilan yoki yarim o‘tkazgichli rostlagichlar 
bilan va postdan boshqariluvchi to‘g‘rilagich bloklari bilan transformatorlarlarning 
ikkita varianti kelajakka ega hisoblanadi. 

Download 344,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish