2. Elektr payvandlash turlari. Dastakli va mexanizatsiyalashgan va avtomatik
payvandlash qurilmalari.
Elektr payvandlashning asosiy turlari
● Qo‘lda yoyli payvandlash;
● Nuqtaviy payvandlash;
● Erimaydigan elektrodli payvandlash;
● Himoya gazlari bilan payvandlash;
● F
lyusli payvandlash;
● Elektr shlakli payvandlash;
●
Giperbarik payvandlash
● «
Stыkli» payvandlash;
● Termitnaya svarka;
● Elektr yoyli kontakt payvandlash;
● Gaz alangali payvandlash;
● Plazmali payvandlash;
● Termomexanik payvandlash sinfi.
Qo‘lda yoyli payvandlash turi. Ko‘mir elektrodlardan foydalanib payvandlash
1882 yilda N.N. Benardos tomonidan ixtiro qilingan. U o‘z ixtirosiga Germaniya,
Fransiya, Rossiya, Italiya, Angliya, AQSHda patentlar olgan. Keyinroq u himoya
gazida yoy bilan payvandlashni, kontakt payvandlashni ishlab chiqqan.
Eruvchan metall elektrod bilan payvandlash olim N.G. Slavyanov tomonidan
1888 yilda ixtiro qilingan.
Qo‘lda yoyli payvandlash ─ bunda elektr yoyi energiya manbai bo‘lib xizmat
qiladi. Bu usul odatdagi sifatga ega uglerod tarkibli po‘lat, legirlangan va past
legirlangan marganetsli, issiqqa chidamli va issiqqa mustahkam po‘latlar, cho‘yan va
rangli metallarni payvandlash uchun foydalaniladi.
3─rasm. Qo‘lda yoyli payvandlash. 1 ─ elektrodning qoplamasi, 2 ─ elektrod sterjeni, 3
─ himoya gazi, 4 ─ payvandlash vannasi, 5 ─ ishlov beriladigan mahsulot, 6 ─ chok; 7
─ shlak qobig‘i
Mohiyati. Qo‘lda yoyli payvandlash uchun yoyni yondirish xarakterlidir. YOy
elektrodlarni metall buyumga tekkazish bilan amalga oshiriladi, payvandlash paytida
yoy uzunligini bir xil ushlab turishni ta’minlash talab etiladi. Elektrodning tegish joyida
qisqa tutashuv toki oqqanida yuqori haroratgacha qiziydi, yoy yonadi, bunda elektrod
yoki sim materialining payvandlash joyiga yoyda olib o‘tilishi bilan va yoyli
payvandlash amalga oshadi.
Payvandlash joyini havodagi gazlardan ihotalash maqsadida payvandlash joyi
gazlar bilan qamrab olinadi (argonli payvandlash).
Qo‘lda yoyli payvandlash ikki xil ko‘rinishga bo‘linadi:
● bitta, ikkita va ko‘p elektrodli payvandlash. Bu ishni tezlatish va mehnat
samaradorligini oshirish uchun;
● o‘zgarmas va o‘zgaruvchan toklarda payvandlash;
● bir fazali va uch fazali yoy bilan payvandlash.
Plazmali payvandlash.
Payvandlashning bu turida
—
energiyaning manbai sifatida plazma oqimi
qo‘llaniladi. Aviatsiya sanoatida, pribor qurilishida zanglamaydigan po‘lat, volfram,
molibden
nikel
qotishmalarini
payvandlash
uchun
foydalaniladi.
Plazmali
payvandlashda plazmali gorelka qo‘llaniladi. Bunday gorelka volframli elektrod, suvli
sovutish trubasidan, gaz uzatgichdan va plazma soplosidan tuzilgan. Plazma yoyida
harorat 30000
O
S, elektr yoyi plazmasida esa — 5000
O
S ─ 7000
O
S.
4─rasm. Plazmali payvandlash
Plazmotronda plazma yoyi zonasiga plazma hosil qiladigan gaz kiritiladi. Gaz
yoy bilan qizdiriladi va ionlashtiriladi. Gaz hajmi qizdirilganida gaz hajmi 50 ─ 100
baravar ortadi, soplo kanalidan uning tezlik bilan oqib chiqishi kuzatiladi. Gazning
ionlashgan zarrachalari kinetik energiyasi va issiqlik energiyasi payvandlash uchun
asosiy energiya hisoblanadi.
Plazmotronda asosan o‘zgarmas tok gorelkasidan foydalaniladi.
Plazmali payvandlashda quyidagi turlicha ko‘rinishlar bor:
● Erimaydigan elektrod va (payvandlanuvchi) buyum o‘rtasidagi plazma bilan
payvandlash;
● Erimaydigan elektrod va plazmotron soplosi o‘rtasidagi plazma oqimi bilan
payvandlash. Plazma gaz oqimi bilan «puflanadi».
Plazma hosil qiluvchi gaz sifatida azot, kislorod, argon, havo foydalaniladi.
Plazmadagi tok kattaliklariga bog‘liq holda mikroplazmali (0,1 ─ 50 A), o‘rta
toklar (50 ─ 150 A), katta toklarda (150 Amperdan yuqori) plazmali payvandlash turlari
mavjud.
Mikroplazmali payvandlash metallarni kuydirib yuborishdan saqlaydi. Katta
toklardagi payvand paytida metallning to‘la erishi bilan amalga oshiriladi. Bir o‘tishda
qalinligi 8 mm ─ gacha buyum chekkalarini ajratmasdan payvandlash mumkin, bu esa
bir necha marta o‘tishga sarflangshan ishlab chiqarish vaqtini iqtisod qilish imkonini
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |