62
beradi. Shuningdek, qorayish hovuridan tushmagan go’shtni sekinlik bilan muzlatganda ham yuz
berishi mumkin. Qorayish ko’pincha yog’ to’qimasi yaxshi rivojlangan go’shtlarda yuz beradi.
Chunki, yog’ issiqlikni yomon o’tkazishi sababli, go’shtning sovushini va to’qimaning ichki
qatlamlaridan gazlarning diffuziyasini sekinlashtiradi.
Qorayishning asosiy sababi kislorodsiz (anaerob) sharoitda
glikoliz tufayli nordon
moddalarning to’planishidadir. Nordon moddalarning to’planishining asosiy omili esa yuqori
haroratda go’sht to’qimalari fermentlarining o’ta faolligi hisoblanadi.
Go’shtning qorayishini keltirib chiqaradigan o’zgarishlarning xarakteri go’shtlar etilish
va go’shtda ro’y beradigan chuqur avtoliz jarayonlariga mos keladi. Lekin, qorayishning
xarakterli belgilari go’shtlarning chirishi bilan boradigan parchalanishga yaqin turadi.
Bunday
go’shtning kesimining yuzasi nam, rangi och-qo’ng’ir, ko’kish-qizil va shu singari boshqa
tovlanishlarda bo’ladi. Havo erkin ta’sir etib turgan sharoitda esa yashil tusda bo’ladi.
Qorayish jarayoni chuqurlashgan bo’lsa, bunday go’shtlarda tarkibida oltingugurt mavjud
bo’lgan aminokislotalar (stistin, stistein, metionin)dan ajralib chiqqan
oltingugurt mioglabin
bilan reakstiyaga borib yashil rangli sulfmioglobin paydo qiladi. Go’shtda vodorod sulfiddan
(H
2
S) tashqari merkaptanlar ham hosil bo’ladi.
Qoraygan go’shtning muskul tolalari orasidagi bog’lanish va kesishga qarshiligi kuchsiz,
konsistenstiyasi xamirsimon, vodorod sulfid hidi sezilib turadi va nordon hidli bo’ladi. Bunday
go’shtning ta’mi ham yoqimsiz. Ularda mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun ham sharoit
eng qulaydir. Qoraygan go’shtlar tezda mog’or bosishi mumkin va ularda chirish jarayoni ham
tez kechadi.
Qoraygan go’shtlarning qayta ishlashga yaroqliligi qorayishning chuqurlik darajasiga va
go’shtni qaysi yo’nalishda foydalanishga bog’liq bo’ladi.
Bunday xom ashyolarni savdo
tarmoqlariga qayta ishlamasdan jo’natish yoki ulardan uzoq saqlanishga mo’ljallangan oziq-
ovqat tovarlari ishlab chiqarishda foydalanish taqiqlanadi. Bunday xom ashyoni faqatgina
qaynatilgan kolbasalar ishlab chiqarishda qo’shimcha xom ashyolar sifatida ishlatish mumkin.
Qorayish belgisi mavjud bo’lgan go’shtlarning qayta ishlashga yaroqliligini bilish uchun
go’shtni tilimlab kesib havo stirkulyastiyasi mavjud bo’lgan sovutgich kameralariga bir qator
qilib
teriladi, natijada qaytaruvchanlik xususiyatiga ega bo’lgan uchuvchan birikmalarning
oksidlanishi tezlashadi va ular go’shtdan chiqib ketadi. Go’shtni shunday sharoitda 24 soat
davomida saqlaganda undagi yoqimsiz hid yo’qolmasa, bunday go’sht qayta ishlashga va
iste’molga yaroqsiz deb topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: