CH
2
– CH
2
– CH
2
– CH
2
– CH – COOH
NH
2
Lizin NH
2
CH
2
– CH
2
– CH
2
– CH
2
– CH
2
+ CO
2
NH
2
Kadaverin
NH
2
Ba’zi aminokislotalar mikroorganizmlar fermentlari ta’mirida oddiy organik birikmalarni,
masalan merkaptanlarni hosil qilishi mumkin.
65
Go’sht oqsillarining chirishi natijasida parchalanishini umumiy ko’rinishda quyidagicha
yozishi mumkin:
Azotli ekstraktiv moddalar mikroorganizmlar fermenti ta’sirida oksidlanib parchalanadi,
amin va karboksil guruhlarini yo’qotadi. Natijada ammiak va karbonat angidrid gazi hosil
bo’ladi. Ba’zi bir ekstraktiv moddalardan zaharli moddalar ham hosil bo’lishi mumkin. Masalan,
kreatindan metilguanidin hosil bo’lsa, karnizondan gistamin hosil bo’ladi. Bu moddalar esa
zararlidir.
Kislorod etishib turgan sharoitda ba’zi mikroorganizmlar, mog’orlar go’sht uglevodlarini
batamom oksidlab karbonat angidrid va suv hosil qiladi. Ba’zan esa organik kislotalar hosil
qiladi, ular to’qimalarda nordonlikning oshishini vujudga keltirsada go’shtning ta’mi va hidiga
juda kam ta’sir ko’rsatadi.
Oqsillar
Polipeptidlar
Dipeptidlar va tripeptidlar
Aminokislotalar
Neorganik
moddalar (SO
2
,
H
2
O, H
2
S,
NH
3
)
Organik
kislotalar
Aminlar (putrestin, kadaverin,
gistamin, tiramin, metilamin,
dimetilamin, trimetilamin)
Boshqa organik
birikmalar (krezol, fenol,
indol, skatol, merkaptan-
lar va h.)
Azotli ekstraktiv moddalar mikroorganizmlar fermenti ta’sirida oksidlanib parchalanadi,
amin va karboksil guruhlarini yo’qotadi. Natijada ammiak va karbonat angidrid gazi hosil
bo’ladi. Ba’zi bir ekstraktiv moddalardan zaharli moddalar ham hosil bo’lishi mumkin. Masalan,
kreatindan metilguanidin hosil bo’lsa, karnizondan gistamin hosil bo’ladi. Bu moddalar esa
zararlidir.
Kislorod etishib turgan sharoitda ba’zi mikroorganizmlar, mog’orlar go’sht uglevodlarini
batamom oksidlab karbonat angidrid va suv hosil qiladi. Ba’zan esa organik kislotalar hosil
qiladi, ular to’qimalarda nordonlikning oshishini vujudga keltirsada go’shtning ta’mi va hidiga
juda kam ta’sir ko’rsatadi.
Kislorod etishmagan sharoitda esa go’sht uglevodidan sut, pirovinograd kislotalari,
vodorod, etil spirti, butanol, asteton, sirka va moy kislotalari hosil bo’ladi. Bulardan ba’zi birlari
go’shtlarning ta’mi va hidiga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatadi. Shu tariqa chirib parchalanish
jarayonida go’shtda xilma-xil yangi kimyoviy moddalar hosil bo’ladi. Bular esa go’shtning
rangi, hidi, konsistenstiyasi va ta’m ko’rsatkichlariga ko’p darajada ta’sir ko’rsatadi.
Go’shtda ma’lum bir sharoitda bijg’ish jarayonlari ham borishi mumkin. Ularda
uglevodlar kam bo’lganligi uchun bijg’ish jarayoni ahyon-ahyonda rivojlanishi kuzatiladi. Sut
66
kislotali bijg’ish glikogen miqdori ko’p bo’lganligi uchun jigarda va ot go’shtlarida tez-tez ro’y
beradi. Bunday go’shtning rangi o’zgarib, nordon ta’m va yomon hidga ega bo’lib qoladi.
Bijg’ishning rivojlanishi bilan bir qatorda chirish jarayoni ham yuz bergani uchun bunday
go’shtlar iste’molga va qayta ishlashga yaroqsiz holga kelib qolishi mumkin.
Hujayra struktura elementlari tarkibiga kiruvchi oqsil moddalarning parchalanishi go’sht
konsistenstiyasinining yumshashiga sabab bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |