74
Konserva bankalarining germetik bekitilganligini tekshirishning eng oddiy usuli
bankalarni 90-95
0
S gacha qaynoq suvga 5-7 daqiqa solib qo’yib kuzatish hisoblanadi.
Bankalardan yoki uning choklaridan havo pufakchalarining ajralib
chiqa boshlashi konserva
bankasining germetik emasligidan dalolat beradi. Agar havo pufakchalarining ajralib chiqishi
kuzatilmasa, unda konserva bankalari germetik bekitilgan deb topiladi.
Go’sht konservalaridan faqatgina dimlangan mol, qo’y, cho’chqa go’shti konservalari
a’lo va 1-chi navlarga bo’linadi, qolganlari esa navlarga bo’linmaydi.
Organoleptik baholashda banka ichidagi mahsulotning tashqi ko’rinishi, rangi,
konsistenstiyasi, hidi va ta’mi, quymasining sifati kabi ko’rsatkichlari aniqlanadi.
Go’sht konservalarining asosiy fizik-kimiyoviy ko’rsatkichlariga butun konserva
massasida go’sht
qismining miqdori, ular tarkibidagi yog’ va tuz miqdori kiradi. Shuningdek,
go’sht konservalari tarkibida qalay tuzi miqdori ham aniqlanadi. Bu ko’rsatkich 1 kg mahsulotda
200 mg dan oshmasligi standartda belgilab qo’yilgan.
Go’sht konservalari tunuka va shisha bankalarga 250 g dan 1000 g gacha qilib
qadoqlanadi. Bankalar litografiya yo’li bilan tamg’alangan yoki yorliq yopishtirilgan bo’lishi
kerak.
Litografiya yo’li bilan bankalar tubiga bosilgan shartli raqamlarning birinchi qatorida
korxonaning raqami va konserva ishlab chiqarilgan yilning oxirgi raqami ko’rsatiladi. Ikkinchi
qatordagi raqamlarda esa smena nomeri bitta raqam bilan, konserva
ishlab chiqarilgan chislo
ikkita raqam bilan, oylar rus alifbesidagi A dan N gacha harflar bilan (A-yanvar, B-fevral va
hokazo) va konserva assortimenti uchtagacha raqam bilan ko’rsatiladi. Hozirgi kunda go’sht
konservalarini tamg’alashda EAN sistemasi bo’yicha shtrixli kodlashga ham katta e’tibor
berilmoqda.
Go’sht konservalarini toza, quruq xonalarda, 15
0
S dan yuqori bo’lmagan
haroratda va
havoning nisbiy namligi 75% dan ortiq bo’lmagan sharoitda saqlash tavsiya etiladi.
Go’sht konservalarining saqlanish muddati ularning termik ishlov berilganligi, konserva
turi va konserva qanday idishga qadoqlanganligiga qarab har xil bo’ladi. Masalan, Dimlangan
go’shtli konservalarni ichki tomoni sirlangan tunuka bankalarda 4-5 yilgacha saqlash mumkin.
Boshqa sterilizastiya qilingan konserva mahsulotlarini esa 1-2 yilgacha saqlash tavsiya etiladi.
Pasterizastiya qilingan go’sht konservalarining saqlash muddati esa 6 oygacha qilib belgilangan.
Sterilizastiya jarayoni yaxshi o’tkazilgan va sanitariya qoidalariga rioya qilinib ishlab
chiqarilgan konservalar uzoq saqlanadi va ularni noqulay sharoitlardan ham uzoq masofalarga
tashish mumkin. Bunday konservalarning sifati uzoq saqlanganda ham yaxshi saqlanib qoladi.
Hatto V
2
vitaminini
hisobga olmaganda, vitaminlar ham yaxshi saqlanadi. Uzoq muddat
saqlangan konserva mahsulotlarining yuzasi qo’ng’ir yoki pushti rangli bo’ladi. Yog’ining rangi
esa birmuncha o’zgarib qo’ng’ir yoki sariq tus oladi. Uzoq muddat (3-4 yil) saqlangan
konservalarning go’shti quruq holatga o’tib ushaluvchan bo’lib qoladi. Buning asosiy sababi
to’qimalarning suvni tutib turish qobiliyatining pasayib ketishi va birlashtiruvchi to’qimalarning
parchalanishi bilan izohlanadi. Buning asosida ularning tam va hid ko’rsaatkichlari ham
pasayadi. Konserva mahsulotlarining ozuqaviy qiymati esa saqlash harorati va muddatiga mos
ravishda kamayadi.
Konservalarni uzoq muddat saqlaganda asosan go’sht oqsilida o’zgarishlar ro’y beradi.
Bu o’zgarishlarning ro’y berishiga asosiy sabab esa go’sht bakteriyalari fermentlari hisoblanadi.
Fermentlar 65-80
0
haroratda
inaktivastiyaga uchraydi, lekin konserva mahsulotining o’rtasida
ularning saqlanib qolishiga sharoit mavjud bo’lishi mumkin. Uzoq muddat davomida ana shu
fermentlar faollashib, konserva mahsulotining buzilishini keltirib chiqarishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: