Boyimjon
. Boyimjonning vatani Hindiston bo’lib, qalampir va pomidorga nisbatan
issiqsevar, to’q binafsha rangli, pishganda qo’ng’ir-sarg’ish ranga kiradi.
Boyimjon mevasi tarkibida 2,5-4,6 % qand, 0,6-1,4% oqsil, 0,6-0,7%, pektin moddalari,
0,5-0,7% mineral moddalar bo’ladi. Vitaminlardan S, V
1
, V
2
, RR, karotin uchraydi. Boyimjon
qaynatib, qovurib iste’mol qilinadi, ikra, qiymalar va konserva mahsulotlari tayyorlashda
foydalaniladi.
O’zbekistonda ho’raki navlaridan Bolgarskiy-87, Avrora, Erevanskiy-3 kabi navlari keng
tarqalgan.
Boyimjon sifat ko’rsatkichlari bo’yicha GOST 13907-86 standarti talabiga javob berishi
kerak. Bu standart talabi bo’yicha boyimjon yangi, butun, toza, sog’lom, so’limagan, shakli va
rangi shu botanik navga mos, mexanik shikastlanmagan bo’lishi kerak. Standart talabi bo’yicha
boyimjon sabzavoti uchun asosiy ko’rsakichlardan biri ularning uzunligi hisoblanadi. Uzunchoq
shaklli boyimjonlarda sabzavot uzunligi 10 sm dan kam bo’lmasligi kerak. Boshqa shakldagi
boyimjonlar uchun esa katta ko’ndalang kesimining diametri me’yorlanadi. Ularda katta
ko’ndalang kesimning diametri 5 sm dan kam bo’lmasligi talab etiladi.
Mazkur standartda ko’rsatilganidek, boyimjon massasida po’stlog’i sal so’ligan, engil
shikastlangan boyimjon mevalari miqdori 10,0% gacha bo’lishiga ruxsat etiladi.
Qalampir.
Qalampir ham issiqsevar o’simlik bo’lib vatani Janubiy Amerika hisoblanadi.
Qalampir navlari tarkibidagi achchiq modda (kapsaistin) miqdoriga qarab ikki guruhga: achchiq
va shirin (chuchuk) qalampirga bo’linadi.
Achchiq qalampir mevasi tarkibida kapsaistin ko’p bo’lib, po’sti yupqa, mayda
uzunchoq, konussimon bo’ladi. Undan asosan sabzavotlarni sirkalash, tuzlash va konervalashda
ziravor sifatida foydalaniladi.
Shirin qalampir mevasi yirik etli, tarkibida kopsaistinni juda kam saqlaydi. U ovqatga
yangiligicha va konservalar tayyorlashda ishlatiladi. Tarkibida S vitamini ( askorbat kislota)
miqdori bo’yicha sabzavotlar ichida qalampirlar birinchi o’rinda turadi. Bundan tashqari shirin
qalampir takibida qand (5,4%), fosfor tuzlari, R vitamini va karotinlar bor.
Tabiiy sharoitda va issiqxonalarda etishtirilib, tayyorlanadigan, aholiga sotiladigan va
qayta ishlashga mo’ljallangan shirin qalampirlar sifat ko’rsatkichlari bo’yicha GOST 13908-87
standarti talabiga javob berishi kerak. Bu standart talabi bo’yicha qalampir yangi, toza, butun,
sog’lom, shakli va rangi jihatidan shu botanik navga mos keladigan, boldoqli bo’lishi kerak. Hidi
va ta’mi esa o’ziga xos, sal achchiq ta’mi, begona hidlarsiz va ta’mlarsiz bo’lishi kerak. Mazkur
standartga binoan uzunchoq shaklli qalampirlarning uzunligi 6 sm dan, yumaloq shakli
qalampirlarda esa ko’ndalang kesimining diametri 4,0 sm dan kam bo’lmasligi talab etiladi.
Qalampirda ozroq so’ligan, lekin burishib qolmagan qalampirlar miqdori 10% gacha va
o’lchamlari bo’yicha belgilangan me’yordan 1 sm dan ortiq bo’lmagan qalampirlar miqdori esa
5,0% gacha bo’lishiga yo’l qo’yiladi.
25
Standart talabi bo’yicha shirin qalampir yangi, toza, butun, sog’lom, shakli va rangi
jihatidan shu botanik navga mos keladigan, salgina achchiq ta’mli bo’lishi kerak.
Achchiq qalampir ham yangi, toza, sog’lom, pishib etilgan, bandli, achchiq ta’mli
bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |