52
davlatlaridan ancha keyin paydo bo’lgan, biroq ular ancha tez rivojlangan. Aynan
Ovrupada ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar (va davlat tiplari) almashinuvi ancha tez yuz
berdi: quldorlik feodalizm bilan, u esa, o’z navbatida kapitalizm bilan almashdi.
Shunday qilib, bu davlat tiplarini batafsilroq ko’rib chiqamiz.
Quldorlik davlati.
Evropada ilk quldorlik davlatlari
eramizdan oldingi IX-VII
asrlarda, ya’ni Misrdagidan 20 asr keyin paydo bo’ldi. Bu davrga kelib, Shimoliy O’rta Yer
dengiz bo’yi sharoitlarida qishloq xo’jalik jamoalari barham topib, yerga oilaviy, ya’ni
xususiy mulkchilik munosabatlari yuzaga keldi. Shu tarzda jamiyatning antagonistik
(murosasiz) sinflarga bo’linib kyetishi ro’y berdi. Boz ustiga ular (Sharqda bo’lginidek)
hokimiyat tizimidagi turlicha mavqelari bilan emas, balki ishlab chiqarish vositalariga
turli
munosabatlari bilan bir-birlaridan farqlanardi. Bir sinf yer va mehnat qurollarining,
shuningdek, ishlab chiqaruvchining o’zi - qulga ham mulk egasi bo’lib qoldi. Faqat ana shu
ishlab chiqarish vositalarining egasi bo’lgan sinf ommaviy hokimiyatni noqonuniy egallab
oladi va uni ekspluatatsiya qilinuvchi ko’pchilik qarshiligini bostirish,
sinfiy ezish quroliga
aylantiradi.
Aytish lozimki, turli mamlakatlardagi qullarning ahvoli birdek emasdi. Jumladan,
Afinada qulni kaltaklash va o’ldirishni qonun taqiqlardi. Rimda bu man etilmagandi. Shunga
qaramay, Yana bir bor qulning mutlaqo haq-huquqsiz maxluq - gapiruvchi qurol ekanligi
haqidagi tasavvurlar mubolag’adan xoli emasligini takrorlashni istardik. Ular mutlaq
ko’pchilikni tashkil etganligining o’ziyoq ma’lum darajada ular bilan hisoblashishga majbur
yetardi. Bundan tashqari, quldorlik davlatining turli davrlarida qullarning ahvoli yaxshilanib
borgan. Qullarning hatto tabiblik va o’qituvchilik vazifalarini ado
etgan holatlari tarixdan
ma’lum. Ularning aksariyati hunarmandchilik bilan shug’ullanib, boylik orttirishgan.
Bularning hammasiga qaramay, quldorlik tuzumida huquqsizlik hukmron bo’lginini
aytish kerak. Barcha quldorlik davlatlarida hokimiyat mutlaq hukmron sinf qo’lida bo’lib,
qullar jamiyatda arzimagan vazifalarni egallashlari mumkin edi. Bu yerda hokimiyatning
sinfiy tabiati yaqqol ko’zga tashlanib turardi.
Davlatning vazifalari faqat quldorlar manfaatlari yo’lida, uning umumijtimoiy
funksiyalari esa, hukmron sinf manfaatlariga muvofiq
keladigan darajada amalga
oshirilardi. Shu bois, quldorlik davlatlarida qullarning qarshilik harakatlari tez-tez sodir
bo’lib turganligi, ularning quldorlar hokimiyatiga qarshi yirik
isyonlarga aylanib ketgan
hollar tasodif emasdi (Sitsiliyada, Kichik Osiyoda qullarning eramizdan oldingi II asrdagi
g’alayonlari, eramizdan oldingi I asrdagi Spartak qo’zg’oloni shular jumlasiga kiradi).
Yana bir xususiyatga e’tiboringizni tortmoqchimiz. Ovrupodagi quldorlik
davlatlarining ko’pchiligi shahar-respublika sifatida paydo bo’ldi va yashadi. Shu yo’l bilan
ishlab chiqarish vositalariga egalik qiluvchi mulkdorlarning umumsinfiy irodalarini aniqlash
yyengilroq bo’lardi. Xususiy mulk, yagona davlat mulkiga asoslangan
Sharq davlatlaridan
farqli o’laroq, ma’lum darajada demokratik islohotlarni o’tkazib turishni taqozo yetardi.
Mulkka nisbatan teng huquqli kishilar ommasi manfaatlarini muvofiqlashtirib borish ehtiyoji
ancha murakkab va puxta o’ylangan huquqiy tizimlarning paydo bo’lishiga yordam berdi.
Bu tizimlarda davlat organlari tomonidan ishlab chiqiladigan qonunlar huquqning asosiy
manbalariga aylanardi.
Ko’rib turginimizdek, Sharq jamiyatlariga nisbatan quldorlik davlatlari ancha
tadbirkorroq bo’lib, ularda keyingi taraqqiyot uchun kerakli zamin yaratilgandi.
Shuning
uchun ham keyinchalik uning asosida feodal jamiyat va unga mos keladigan davlat ham
paydo bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: