O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


prognoz -  bashorat qilish funksiyasi



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

prognoz - 
bashorat qilish funksiyasi 
bajaradi. «Prognosis» yunonchadan tarjimada «oldindan 
aytib berish», muayyan ma’lumotlar asosida «oldindan ko’ra bilish», degan ma’nolarni 
bildiradi. 
Davlat va huquq nazariyasida davlat-huquqiy rivojlanishining kashf qilingan 
qonuniyatlari nazariyasi, uning tomonidan isbotlangan faktlar, to’plangan statistika 
ma’lumotlari oldindan bashorat qilishga asos bo’ladi. Yuridik fandagi ishlar ahvoli uchun 
mas’uliyat shu nazariya «zimmasida»dir. Bundan tashqari, u nafaqat yuridik, ijtimoiy balki 
tibbiyot va texnika fanlarini integratsiyalash vazifasini ham bajarishi kerak. Uning 
tomonidan qilingan bashoratlarning to’g’ri bo’lishi ko’p jihatdan davlat-huquq muhitini bir 
butun yahli tlikda ko’ra bilish qobiliyatidan, shu maqsadda barcha fanlar bergan 
ma’lumotlardan foydalana olishga bog’liq. 
Yuqorida so’z borgan barcha funksiyalar haqiqatan ham juda muhimdir, biroq, 
bunda davlat va huquq to’g’risida fan nazariy fanning muvaffaqiyatli rivojini, albatta barcha 
vazifalarning o’zaro mustahkam bog’liqligi, mushtarakligini taqozo etadi. Shunga ko’ra, 
prognozlar faqat amaliyotga asoslanishi mumkin, amaliyot esa, barcha funksiyalarning 
oshirilishi bilan ta’minlanadi. 
Aytilganlardan davlat va huquq nazariyasining kelajagi porloq, degan xulosa kelib 
chiqadi. Zero, uning ahamiyati muttasil ortib boradi. U bosib o’tgan yo’lning o’zi ham 
tahsinga loyiq. Davlat va huquq nazariyasining shakllanishi va rivoj topishiga uning 
muammolari ustida turli mamlakatlarda ish olib borgan ko’plab atoqli olimlar katta hissa 
qo’shishgan. Bular - Xitoy legistlari-yu Manu qonunlarining noma’lum tuzuvchilari, har 
birimizga ma’lum Yunonistonning mashhur mutafakkirlari-yu, qadimgi Rimning siyosiy 
notiqlari, o’rta asr Uyg’onish davri nazariyotchilari, davlat haqida, huquq to’g’risida hozirgi 
zamon qarashlarining asoschilari, yangi zamon va burjua inqiloblari oralig’i sisyosatchilari, 
nemis klassik faylasuflari, fransuz ma’rifatparvarlari-yu italyan siyosatchilaridir. 
Islom yuridik tafakkurining ham bunda hissasi salmoqli. 
Rossiyaning Oktyabr inqilobigacha bo’lgan yuridik fani ham muayyan hissa 
qo’shgan. Sho’ro davri davlat va huquq nazariyotchilari ishlari hozirgacha ma’lum darajada
o’z ahamiyatini saqlab kelmoqda. 
Bundan tashqari, respublikamizda yuridik fanning mazkur yo’nalishi rivojida boshdan 
kechirilayotgan bosqich huquqshunoslik va davlatshunoslikning bir qator fanlari 
taraqqiyotida g’oyat samarali bo’lishi mumkin. 
Davlat va huquq umumiy nazariyasini ishlab chiqishga respublikamiz Prezidenti 
Islom Karimov mislsiz hissa qo’shdi. Uning ko’plab asarlari shu yo’nalishda ish olib 
borilayotganlarga metodologiya xizmatini, ilmiy-amaliy qo’llanma vazifasini o’tashi mumkin. 
Aytish kerakki, yuridik fanlar bizning respublikamizda hamisha rivojlanishda bo’lgan. 
Biroq totalitar tuzum davrida ko’p mavzular taqiqlangan Yoki yopiq edi. Chunonchi, islom 
huquqshunosligi bilan shug’ullanishga deyarli imkon bo’lmagan. Vaholanki, bizning 


22 
mintaqamiz uchun, butun jahon hamjamiyati uchun ham uning ahamiyati beqiyosdir. Bu 
ulkan va jiddiy masala bo’lib, alohida suhbatga mavzu bo’lishga loyiq. 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish