4-mashq
1. Jism o’z hajmini saqlaydi, lekin shaklini oson
o’zgartiradi. Bu jismni tashkil qilgan modda qanday
holatda bo’ladi?
2.Jism o’z hajmini va shaklini saqlaydi. Bu jismni
tashkil qilgan modda qanday holatda bo’ladi?
12. QATTIQ JISMLAR, SUYUQLIKLAR VA
GAZLARNING MOLEKULYAR TUZILISHIDAGI
FARQ
Muz, suv va suv bug’i — bir moddaning, ya’ni suvning
uch holatidir. Demak muz, suv va suv bug’ining
molekulalari bir-biridan farq qilmaydi. Binobarin, bu uch
holat molekulalar bilan farq qil-masdan, balki
molekulalarning qanday joylashishi va qanday
harakatlanishi bilan farq qiladi. Gaz, suyuqlik va qattiq
jismning molekulalari qanday joylashgan va qanday
harakatlanadi?
Gazni uning hajmi bir necha marta kamayadigan qilib
siqish mumkin. Demak gazlarda molekulalar orasidagi
masofa molekulalarning o’z o’lchamlariga qaraganda ancha
katta. Gazlarning molekulalari orasidagi masofa
molekulalarning o’lchamidan o’rtacha o’n martacha
katta. Molekulalar bunday masofalarda bir-biriga juda
kuchsiz tortiladi.
Shuning uchun ham gazlarning o’z shakli va doimiy
hajmi bo’lmaydi. Masalan, butilka yoki stakanning
yarmini gaz bilan to’ldirish mumkin emas, chunki
molekulalar hamma yo’nalishda harakatlanib va deyarli
bir-biriga tortilmasdan butun idishni juda tez to’ldiradi.
Suyuqliklarning xossalari ularning molekulalari orasidagi
masofaning kichikligi bilan tushuntiriladi: suyuqliklarda
molekulalar shunday joylashganki, bunda har ikki molekula
orasidagi masofa moleku-laning o’zidan kichik bo’ladi.
Bunday masofalarda molekulalarning bir-biriga
tortishishi ancha sezilarli bo’ladi. Shuning uchun
suyuqlik molekulalari katta masofaga uzoqlashib
ketmaydi va suyuqlik oddiy sharoitlarda o’z hajmini
saqlaydi. Ammq suyuqlik molekulalari orasidagi
tortishish suyuqlik o’z shaklini saqlay oladigan darajada
katta emas. Suyuqliklarning idish shaklini olishi, ularni
idishlarga quyish va sachratish osonligi shu bilan
tushuntiriladi.
Suyuqlikni siqib, uning molekulalarini bir-biriga
shunchalik yaqinlashtiramizki, ular itarila boshlaydi.
Suyuqlikni siqishning qiyinligi ham ana shundadir.
Qattiq jismlar oddiy sharoitlarda hajmini ham, shaklini
ham saqlaydi. Bu qattiq jismlarning zarrachalari
orasidagi tortishish suyuqliklarning zarrachalari
orasidagi tortishishdan yanada kattaligi bilan
tushuntiriladi.
Ba’zi qattiq jismlarning, masalan, qor uchqu-nining
shakli tabiiy muntazam va chiroyli shaklga ega.
Muz, tuz, naftalin, metallar kabi ko’pgina qattiq
jismlarning zarrachalari (molekulalari yoki atomlari) muayan
tartibda joylashgan. Bunday qattiq jismlar kristall jismlar
deyiladi. Bunday jismlarning zarrachalari harakatda
bo’lsa ham, ularning har biri muayan nuqta atrofida soat
mayatnigiga o’xshab hara-katlanadi, ya’ni tebranadi.
Zarracha bu nuqtadan uzoqlashib keta olmaydi, shuning
uchun qattiq jism o’z shaklini saqlaydi.
1. Muz, suv va suv bug’lari molekulalari orasida farq
bormi? 2. Gazlarning molekulalari qanday joylashgan?
3. Nima uchun gazlar o’zlari solingan idishning butun
hajmini egallaydi? 4. Suyuqliklarning kam siquvchanligi
qanday tushuntiriladi? Nima uchun ular o’z shaklini
saqlamaydi? 5. Nima uchun kristall qattiq jismlar o’z
shaklini va hajmini saqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |