1. tabiat va inson



Download 1,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/54
Sana27.06.2022
Hajmi1,07 Mb.
#707807
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   54
Bog'liq
7-sinf (fizika)

12. MODDANING UCH HOLATI 
Qishda ko’l va daryo yuzida suv muzlab qattiq holatga 
— muzga aylanadi. Muz ostidagi suv suyuqligicha 
qolaveradi. Biz bu yerda bir vaqtning o’zida suvning 
ikki holatini — qattiq (muz) va suyuq (suv) holatini 
ko’ramiz. Suvning uchinchi holati — gaz holati ham bor. 
Bunga atrofimizdagi havoda bo’lgan ko’rinmaydigan 
suv bug’lari kiradi 
Termometr rezervuarida suyuq simobni ko’rish 
mumkin. Simob sirtida uning bug’lari bo’ladi, ular 
simobning gaz holatidir. — 39° C temperaturada simob 
qotadi, ya’ni qattiq holatga o’tadi. Suv va simob 
misolida biz moddalar tabiatda uch holatda — qattiq, 
suyuq va gazsimon holatda bo’lishini ko’ramiz. Turli 
holatda jismlarning xossalari turlichadir. Oddiy 
sharoitlarda qattiq jismni siqish yoki cho’zish qiyin, u 
o’z hajmini saqlaydi.
Qattiq jismning shaklini o’zgartirish uchun, 
masalan, uni bo’qish yoki cho’zish uchun kuch qo’yish 
kerak. 
Qattiq jismlar o’z shaklini va hajmini saqlashi — 
qattiq jismlarning xossasidir. 
Suyuqlik o’z shaklini oson o’zgartiradi, u o’zi 
quyilgan idishning shaklini oladi. Oddiy sharoit-larda 
suyuqlikning mayda tomchilarigina o’z shakliga - 
sharcha shakliga ega bo’ladi. Masalan, shudring 
tushganda suvning bunday sharsimon tomchilarini 
ko’rish mumkin. 
Suyuq shishadam idish tayorlash vaqtida suyuqlikning 
o’z shaklini oson o’zgartirish xossasidan
foydalaniladi 
Suyuqlik shaklini o’zgartirish oson, lekin uning 
hajmini o’zgartirish qiyin. Bir tarixiy tajribaning bayoni 
saqlanib qolgan. Unda suvni quyidagi usulda qisib 
ko’rmoqchi bo’lganlar: suvni qo’rg’oshin sharga quyib, 
qisganda suv oqib chiqmasligi uchun shar 
kavsharlangan. Shundan keyin shar qisilib suvni qisishi 
uchun unga og’ir bolta bilan urilgan. Nima bo’lgan 



deng? Bunda suv qisilmagan, u shar devorida hosil 
bo’lgan yoriq orqali sizib chiqa boshlagan. 
Demak suyuqliklar o’z hajminn o’zgarishsiz saqlaydi, 
ammo shaklini osongina o’zgartiradi. 
Ko’p gazlar tiniq va rangsiz, biz shuning uchun ularni 
ko’rmaymiz. Masalan, biz havoni ko’rmaymiz. Ammo 
tez harakatlanganda, avtomobil va poyezdda turib 
ketayotganda, shuningdek shamol esayotganda 
atrofimizda havo borligini payqaymiz. 
To’nkarilgan stakanni suvga tushiramiz, bunda stakanga 
suv kirmaydi, chunki uning ichida havo bor. Agar shisha 
naychaga rezina shlang bilan birlashtirilgan voronka 
suvga tushirilsa,voronkadagi havo naycha orqali chiqadi. 
Bu ikkala tajriba gazlar hajm egallashini ko’rsatadi. Gaz 
hajmini o’zgartirish juda oson suyuqlik bilan gaz 
o’rtasidagi muhim farq ham ana shundadir. Gaz juda 
qattiq qisilishi mumkin. Koptokdagi havoni qo’l bilan 
qisganda ham hajmi sezilarli darajada kamayadi. Gazlar 
suyuqliklarga Qaraganda ming martadan ko’proq 
siqiladi. 
Gazlarning qattiq moddalar va suyuqliklardan farq 
qiladigan yana bir muhim xususiyati bor; gaz o’zi turgan 
idishning hajmini butunlay egallaydi. Binobarin, 
gazlarning o’z xususiy shakllari yo’q gazlar o’zi turgan 
xonaning, ballonning, butilkaning shaklini oladi. 
Demak gazlar doimiy hajmga va xususiy shaklga ega 
emas — o’zi solingan idishning hajmini butunlay 
egallaydi. 
1. Qaysi moddani ko’pincha uch holatda: qattiq suyuq 
va gazsimon holatda ko’rish mumkin, aytib bering. 2. 
Qattiq jismlarning umumiy xossalarini aytib bering. 3. 
Siz qanday suyuqliklarni bilasiz? Suyuqliklarniig 
umumiy xossalarini aytib bering. 4. Gazlarning umumiy 
xossalari qanday? 

Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish