10. MOLEKULALARNING O’ZARO
TORTILISHI VA ITARILISHI
Molekulalar bir-biridan qochiq turishiga va uzlo’qsiz
betartib harakatda bo’lishiga qaramay, qattiq jismlar va
suyuqliklar alohida-alohida molekulalarga ajralib
ketmasligini ko’ramiz.
Jismlarning alohida molekulalarga ajralib ketishi u
yoqda tursin, qattiq jismni hatto cho’zish yoki sindirish
ham qiyin. Jismlarda molekulalar bir-birini faqat to’tib
turibgina qolmay, balki ba’zi hollarda ular orasidagi
masofani o’zgartirish qiyin bo’lishining sababi nimada?
Gap shundaki, molekulalar orasida o’zaro tortishish
mavjud. Har bir molekula o’ziga qo’shni molekulalarni
tortadi, uni esa o’sha qo’shni molekulalar tortadi.
Bir bo’lak bo’rni sindirib ikkiga ajratamiz va qaytadan
ularni birlashtiramiz. Ular bir-birini to’tib turolmaydi.
Nima uchun?
Molekulalar bir-biriga juda yaqin joylashganda ular
orasidagi tortishish sezilarli bo’ladi. Moleku-lalarning
o’lchamlaridan bir necha marta kattaroq masofada
molekulalarning tortishishi ancha kuchsizlanadi. Bo’r
bo’laklari orasidagi juda kichik tirqish (0,000001 sm dan
kichik) molekulalar orasidagi tortishishni juda ham
kuchsizlantirib yuborish uchun etarli bo’ladi.
Zamazka, plastilin bo’laklari bir-biriga osongina
yopishib qoladi, chunki ularni molekulalarning tortishish
kuchi ta’sir qiladigan masofaga yaqinlashtirish mumkin.
Yangi kesilgan tomoni bilan bir-biriga juda zich qilib
siqilgan ikki bo’lak qo’rg’oshin ham yopishib qoladi va
hatto ancha nagruzkada ham ajralib ketmaydi.
Sindirilgan shisha bo’laklari bir-biriga yopish-maydi,
chunki bu bo’laklar ba’zi nuqtalardagina bir-biriga
tegishadi va molekulalar yetarlicha masofaga
yaqinlashmaydi. Agar ularning chetlari eriy boshla-
gunga qadar qizdirilsa, ularni mahkam qilib birik-tirish
mumkin. Metallarni payvadlash, shuningdek qalaylash
va yopishtirish shunga asoslangan.
Demak molekulalar orasida o’zaro tortishish mavjud.
Bu tortishish molekulalardan kichik masofalarda
sezilarli namoyon bo’ladi.
Nima uchun molekulalar orasida oraliq mavjud, degan
savol tug’iladi. Molekulalar bir-biriga tortilishi va
«yopishib qolishi» lozim edi. Buning yuz bermaslitiga
sabab molekulalar bir-biriga juda yaqinlashganda
ularning itarishishidir. Itarishish mavjud degani quyidagi
ko’pgina hodisalarda ko’rinadi, masalan, siqilgan
jismlarning to’grilani-shiga sabab biz uni siqqanimizda
molekulalarni juda yaqinlashtiramiz, bunda ular bir-
biridan itariladi.
1. Nima uchun qattiq jismlar va suyuqliklar o’z-o’zidan
alohida molekulalarga ajralib ketmaydi? 2. Molekulalar
orasidagi tortishish qanday sharoitda sezilarli bo’ladi? 3.
Nima uchun ikki bo’lak bo’rni bosganda ular
birikmaydi, lekin ikki bo’lak zamazka yoki
qo’rg’oshinni bosganda birikadi? 4. Molekulalar bir-
biriga faqat tortishib qolmay, balki itarishini qanday
hodisalar ko’rsatadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |