86
3.
Kungaboqar urug’ini chaqish qurilmalari.
4.
Maydalangan paxta chigitidan sheluxasini ajratish qurilmalari.
5.
Kungaboqar rushankasini tarkibiy qismlarga ajratish qurilmalari.
6.
Moyli urug’ning maydalanishiga namlikning ta‘siri.
7.
Moyli urug’larni maydalash usullari.
8.
Paxta chigitini chaqish uchun ishlatiladigan qurilmaning tuzilishi va ishlashi.
9.
Kungaboqar urug’ini maydalashda ishlatiladigan qurilmalarning tuzilishi va
ishlashi.
10.
Sirpanuvchi qo’sh ramali elakda paxta chigiti rushankasini
ajratish jarayonini
tushuntiring.
11.
Barabanli bitter-separatorning tuzilishi va ishlashi.
12.
M2C-50 tipidagi qurilmada kungaboqar rushankasini tarkibiy qismlarga ajratish
jarayonini izohlang va tuzilishini tushuntiring.
VI-bob
:
MOYLI URUG’NI, MAG’IZNI VA QAYTA ISHLASH
MAHSULOTLARINI YANCHISH USKUNALARI
6.1.Moyli xom ashyolar va ularni qayta ishlash mahsulotlarni yanchish
texnologiyasi
Urug’larda moylar hujayralarda to’plangan. Har qaysi hujayra hujayra po’stidan
va protoplazmadan tashkil topgan bo’lib, protoplazma ichida moy shimilgan bo’ladi.
Shuning uchun ham urug’ tarkibidagi moylarni oson ajratib olish uchun mumkin
qadar ko’proq hujayralarni parchalash zarur.
O’simlik moylarni ishlab chiqarishda urug’ mag’zini
yanchish moyning ajralib
chiqishiga ta’sir etadigan muhim jarayon. Amalda o’simlik moylari ishlab chiqarish
jarayonlarida moyli urug’, mag’iz yoki chaqilma, forpresslangan va ekspellar
pressidan olingan kunjara yanchilanadi.
Urug’ni va mag’izni yanchish yoki ezishdan asosiy
maqsad ularni hujayra
to’qimalarini maksimal buzish yoki deformatsiyalash (soya urug’ida) orqali undan
87
moyni qisqa vaqtda to’liq ajralishi uchun zarur sharoitni hosil qilishdir. Yanchilgan
zarralarning sirti kattalashadi va buning natijasida namlash, qovurish jarayonlarini bir
tekis borishi ta’minlanadi, hosil bo’lgan mahsulot yanchilma (myatka) deb
nomlanadi. Yanchilma zarralarning o’lchmlari optimal va bir xil bo’lishi ham katta
ahamiyatga ega, buning natijasida yanchilmaga namlikni va issiqlikni bir xil o’tishini
ta’minlaydi
Yanchish jarayoni yaxshi borishi uchun dastlabki xom ashyo namligi 5,5…6%,
paxta chigitining 1-3 navlari uchun 8,5…9,5, 4-nav uchun 9,5…10,5% bo’lishi kerak.
Yanchilgan mag’iz diametri 1 mm li elakda elanganda
elanma miqdori kungaboqar
urug’i uchun 60%, paxta chigitining 1-3 navlari uchun 60%, 4-navli urug’lar uchun
50% dan kam bo’lmasligi kerak.
Moyli urug’larni yoki mag’izni yanchish jarayoni moyni presslab olishdan oldin
va to’g’ridan-to’
i
g’ri ekstraktsiyaga yuborishdan oldin o’tkaziladi. Demak, urug’ va
mag’izni yanchish natijasida mag’iz hujayralari maksimal miqdorda parchalanadi,
mag’iz parchalarning optimal o’lchami va bir hil maydalanishi ta’minlanadi,
mag’izda yaproqsimon strukturasi hosil bo’ladi.
Pressdan chiqqan kunjarani yanchishdan maqsad ekstraktsiyalash jarayoni
uchun bir xil o’lchamli va shakldagi kunjara bo’laklarini hosil qilishdir.
Moyli urug’ning va qayta ishlash mahsulotlarining yanchilishi
ularni fizikaviy
va mexanik xususiyatlariga bog’liq. Urug’ning murakkab anatomik tuzilganligi va
uning turli qismlarini tashqi kuchlarga turlicha ta‘siri sababli urug’ning yanchilish
vaqtida buzilishi turlicha bo’ladi. Mag’izning yaxshi maydalanishi ularning
namligiga bog’liq. Quruq mag’iz uqalanib ketadi va unsimon strukturali bo’ladi.
Bunday yanchilmadan moy olish qiyin.
Mag’izning namligi me’yordan ortiq bo’lsa ham sifatli
bargsimon parcha hosil
bo’lmay, yumaloq shakldagi yopishqoq massa chiqadi. U transport qurilmalarida
tiqilib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: