2
664(075.32)
Taqrizchilar:
Ismatov S.SH. –Buxoro muhandislik-texnologiya instituti dotsenti, t.f.n.
Abdiev A. -
Qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti dotsenti, q.x.f.n
O’quv qo’llanmada o’simlik moylari ishlab chiqarish texnologik jarayonlar va
ularni amalga oshirish uchun qo’llaniladigan qurilmalarning tuzilishi, ishlashi va
asosiy texnik ko’rsatkichlari bayon etilgan.
O’quv qo’llanma to’rtta qismdan iborat. Birinchi qismda moyli urug’larni qabul
qilish va saqlash jarayonlari va qurilmalarning tusilishi va ishlashi ta’riflangan.
Ikkinchi va uchinchi qismlarda moyli urug’larni moy olishga tayyorlash va
presslash
usulida moy olish texnikasi turlari, tusilishi va ishlashi yoritilgan
To'rtinchi qismida ekstraktsiya usulida moy olish qurilmalari, ekstraktsiya
jarayoniga turli omillarning ta’siri, mistsella va shrotni
qayta ishlash erituvchini
regeneratsiyalash va rekuperatsiyalash jarayonlari va qurilmalari bayon etilgan.
O’quv qo’llanma 5321000 - Oziq-ovqat texnologiyasi (yog’-moy mahsulotlari)
ta’lim yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan. Undan talabalar kurs loyihalari va
bitiruv malakaviy ishlarni bajarish uchun, yog’-moy sanoati mutaxassislari,
tadbirkorlar va fermerlar ham foydalanishlari mumkin.
3
KIRISH
Yog’-moy sanoati, oziq-ovqat sanoatining eng muhim va murakkab sohalaridan
biridir. Uning asosiy xom ashyo moyli urug’lar, tayyor mahsulot –
oziqa va texnik
moylardir. Yog’-moy sanoati korxonalarida ishlab chiqariladigan kunjara va shrot
qishloq xo’jaligida oqsilga boy bo’lgan ozuqa sifatida ishlatiladi. Moyli urug’lardan
o’simlik moylardan tashqari vitaminlar, fosfatidlar va boshqa biologik faol
moddalarga boy bo’lgan mahsulotlar olinadi.
Moyli xom ashyoni qayta ishlash ratsional texnologiyasini to’g’ri
tashkil etish
orqali ishlab chiqilgan o’simlik moylarning miqdorini oshirish va uning tarkibidagi
faol, foydali komponentlarni saqlab qolishga olib keladi. Buni amalga oshirish uchun
texnologik jarayonlarni boshqaradigan mutaxassislar urug’larning fiziologik va
biokimyoviy xususuyatlari, turli xil texnologik omillarning
xom ashyo va tayyor
mahsulotlar tarkibiga ta’siri, texnologik jarayonlarni boshqarish, zamonaviy
texnologik uskuna va jihozlari haqida bilimga ega bo’lishi kerak.
Yog‘-moy tarmog’ini zamonaviy bozor mexanizmlarini keng joriy etish asosida
jadal rivojlantirishni
ta’minlash va yog’-moy sanoatini
boshqarish tizimini
takomillashtirish
maqsadida,
shuningdek,
2017-2021
yillarda
О
’zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor y
о
‘nalishi b
о
‘yicha Harakatlar
strategiyasi va
О
’zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi
vazifalariga muvofiq: yog’-moy mahsulotlarini ishlab chiqarishning
resurs bazasini
kengaytirish, yog’-moy korxonalaridagi asbob-uskunalarni modernizatsiya qilish,
ularni ishlab chiqarish jarayonini nazorat qilish va hisobini yuritishning zamonaviy
tizimlari bilan jihozlashni nazarda tutuvchi
О
’zbekiston Respublikasi yog’-moy
tarmog’ini
jadal rivojlantirish b
о
’yicha “y
о
’l xaritasi” tasdiqlandi. Bundan tashqari,
tizimidagi yog’-moy korxonalar tomonidan mavjud ishlab chiqarish texnologik
tizimlarni zamonaviy, resurstejamkor va avtomatlashtirilgan
uskunalar bilan
jihozlashga qaratilgan bir qator investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.
Shu sababdan ham “O’simlik moylari ishlab chiqarish texnologiyasi” fanini
talabalarga o’qitish ularni shu soha bo’yicha mutaxassis bo’lib yetishishlarida muhim
ahamiyatga ega.