Texnologik sxema
-
bu biror bir xom ashyoga ishlov berish, yarim tayyor
mahsulot ishlab chiqarish yoki tayyor mahsulot ishlab chiqarishda amalga
oshiriladigan jaryonlarning birin-ketinlik bilan amalga oshirilishining mashina
uskunalarini ko’rsatgan holatidagi tasviri.
Texnologik jarayon
-
bir joyda, bir vaqt oralig’ida ishlov berilayotgan xom
ashyoga ko’rsatilayotgan ta’siri.
Texnologik liniyaning unumdorligi
-
vaqt birligida (bir soatda, bir smenada
yoki bir sutkada) ishlab chiqarilgan mahsulotning maksimal miqdori.
Texnologik rejim
-
bu texnologik jarayonning holatini son qiymatlari (harorat,
namlik, bosim va boshqalar) orqali ifodalash.
Xom ashyo balansi
- biror bir mahsulot ishlab chiqarishda texnologik
jarayonlar vaqtida mahsulotni miqdorini o’zgarishi (mahsulotni chiqitga chiqishi,
yuqotishlari).
Yog’-moy sanoatida ishlatiladigan qurilmalar asosan ikki turli texnologik va
transport qurilmalaridan tashkil topgan.
Texnologik qurilma
deb - xom ashyoga yoki yarim xom ashyoga ta‘sir etib
unga strukturaviy-mexanik, fizik-kimyoviy va biologik o’zgarishlarni sodir etadigan
va mahsulotlarni qadoqlaydigan uskuna va jihozlarga aytiladi.
7
Transport qurilmasi
deb - xom ashyoni, yarim xom ashyoni va tayyor
mahsulotni bir texnologik qurilmadan ikkinchisiga, bir ishlab chiqarish bo’limidan
ikkinchisiga uzatishda, tashishda qo’llaniladigan qurilmalarga aytiladi.
Biror bir mahsulot ishlab chiqarishda texnologik va transport qurilmalarini
o’zaro birin ketinlik bilan joylashishi texnologik liniyalarni hosil qiladi. Texnologik
qurilmalar mahsulotga ta’sir etish xarakteriga ko’ra mashina va apparatlarga
bo’linadi.
Mashina
deb - xom ashyoga mexanik ta‘sir etib, uni shakli, o’lchami va boshqa
fizik parametrlarini o’zgartiradigan va bunda mahsulotni xususiyatlari o’zgarmay
qoladigan qurilmaga aytiladi. Mashinaning xarakterli tomoni unda xom ashyoga
mexanik ta’sir etadigan harakatlanuvchi qismning borligidir. Mashinaga misol qilib,
transportyorlarni, maydalagichlar va yanchish qurilmalarni, filtrlar va separatorlarni
ko’rsatish mumkin.
Apparat
deb - xom ashyoga ta’sir etib unda kimyoviy, fizikaviy, biokimyoviy
va agregat holatini o’zgartiradigan qurilmaga aytiladi. Apparatda issiqlik, modda
almashinishi, fizik-kimyoviy, biokimyoviy va boshqa jarayonlar ro’y beradi. Yog’-
moy sanoatida qo’llaniladigan apparatlarga:
-fizik-kimyoviy jarayonlar amalga oshiriladigan apparatlari (ekstraktorlar,
distilllyatorlar, qovurish qozonlari, neytralizatsiyalash qurilmalari, sovun pishirish
qozonlari va boshqalar);
-issiqlik apparatlari (isitgichlar va sovitgichlar);
-agregat holatini o’zgartiradigan apparatlarga (kondensator, deflegmator,
avtoklav va boshqalar) misol qilib ko’rsatish mumkin.
Texnologik qurilmalarni mashina va apparatlarga bo’linishi shartli bo’lib,
ko’pchilik hollarda qurilmalar mashina va apparatlar kombinatsiyasidan iborat bo’lib,
ularda mexanik, fizik-kimyoviy va issiqlik jarayonlari ro’y beradi.
O’simlik moylari ishlab chiqarish texnologiyasida hozirgi ishlab chiqarishda
amal qilayotgan moyli xom ashyolardan moy olish texnologiyasining strukturaviy
sxemasi:
Do'stlaringiz bilan baham: |