9
-moyli xom ashyolarni maydalash va tarkibiy qismlarga ajratish uskunalari;
-mag’izni yanchish uskunalari;
-yanchilgan mag’izga namlik va issiqlik bilan ishlov berish uskunalari;
-presslash uskunalari;
-ekstraktsiyalash uskunalari;
-distillyatsiyalash uskunalari;
-moylarni birlamchi tozalash uskunalari;
-erituvchini regeneratsiya va rekuperatsiya qilish uskunalari va boshqalar.
Har
qanday texnologik qurilma, texnik, texnologik, estetik,
texnika xavfsizligi
va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga javob berishi kerak.
Yog’-moy sanoatida ishlatiladigan uskunalar xom shyoga nisbatan neytral
materiallardan yasalgan bo’lishi kerak: bu materiallar
tarkibida inson organizmiga
zarar yetkazadigan moddalar bo’lmasiligi, xom ashyo yoki qayta ishlanayotgan
mahsulot bilan o’zaro kimyoviy reaktsiyaga kirishmasligi kerak; zanglashga chidamli
bo’lgan materiallardan tayyorlanishi yoki maxsus qoplamalar bilan qoplanishi lozim.
Bu sohada qo’llaniladigan uskunalar asosan po’lat, cho’yan, alyuminiy, titan, mis va
shunga o’xshash materiallardan tayyorlaniladi.
Yog’-moy
sanoatida
ishlatiladigan
uskunalar
oson
boshqariladigan,
elektrenergiya, suv, bug’ kam sarflaydigan ratsional bo’lishi lozim.
1.2.Oziq-ovqat texnologiyasi jarayonlarining tavsifi
Yog’-moy sanoatning zamonaviy korxonalari murakkab texnologik jarayonlarini
bajaruvchi turli xil uskuna va jihozlar bilan ta’minlangan.
Texnologik jarayonlarni
ikkita asosiy guruhlarga ajratish mumkin:
asosiy, ko’p ishlab chiqarishlarda uchraydigan;
spetsifik (o’ziga xos), aynan shu ishlab chiqarish uchun xos.
Jarayonlarni o’tishini xarakterlovchi asosiy qonuniyatlariga bog’liq holda, bu
jarayonlar quyidagi asosiy guruhlarga bo’linadi:
mexanik va gidromexanik;
termo (issiqlik);
10
fizik-kimyoviy.
Mexanik va gidromexanik jarayonlarga quyidagilar kiradi
maydalash;
saralash;
presslash;
almashinish;
aralashtirish;
cho’ktirish;
filtrlash;
tsentrifugalash va xok.
Bu jarayonlarni harakatlantiruvchi kuchga mexanik kuchlar,
gidrostatik va
gidrodinamik bosim yoki markazdan qochma kuchlar kiradi.
Issiqlik (termo) jarayonlariga quyidagilar kiradi:
isitish;
sovitish;
bug’latish;
kondensatsiya;
sun’iy sovuqni hosil qilish va xok.
Bu jarayonlarni harakatlantiruvchi kuchlariga issiqlik almashinuvchi,
muhitlar
haroratini farqi kiradi.
Fizik - kimyoviy jarayonlarga quyidagilar kiradi:
sorbtsion jarayonlar;
ekstraktsiyash;
quritish;
haydash;
kristallash va xok.
Bu jarayonlarni harakatlantiruvchi kuchlariga o’zaro ta‘sirlanuvchi fazalardagi
moddalar orasidagi kontsentratsiyalar farqi kiradi.
11
Moyli xom ashyolar (kungaboqar, soya, kunjut, paxta chigiti va bosh.) va ularni
qayta ishlash mahsulotlari (moy, kunjara, shrot, sheluxa va bosh.)
ni ishlab
chiqarishda foydalanish vaqtida turli tuman texnologik uskunalardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: